Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan davlatimiz rahbarining PQ-1-sonli qarorining ijrosi yuzasidan Gurlan tumanidagi “Yangi asr” mahallasida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” va “Huquqiy targ`ibot kuni” loyihalari doirasida bir qator tadbirlar tashkil etildi.
Tadbir ishtirokchilariga Firibgarlik jinoyati, Kiberjinoyatchilik, “Moliyaviy piramida” va bu kabi jinoyatlardan himoyalanish bo`yicha tavsiyalar hamda javobgarlik masalalari yuzasidan ma’lumotlar berildi.
“Huquqiy avtobus” loyihasi doirasida tadbir ishtirokchilariga sayyor tartibda huquqiy va davlat xizmatlari ko`rsatildi, bandlik organlari tomonidan tumanda mavjud bo`lgan bo`sh ish o`rinlari bo`yicha mehnat yarmarkasi hamda tibbiy ko`rik tashkil etildi.
Shuningdek, davlatimiz rahbarining PQ-133-sonli qarorining mazmun-mohiyati hamda quyosh panellari, ularning imkoniyatlari va qonunchilikda belgilangan huquq va imtiyozlarni tushuntirishga qaratilgan ko`rgazmalar tashkil etilib, muqobil energiyadan foydalanish, ortiqcha qismini sotish, bu kabi uskunalarni o`rnatishda imtiyozlar bo`yicha tushuntirishlar berildi.
Gurlan tuman FHDY bo`limi tomonidan mahallada ajrimlarni oldini olish, ajrim yoqasida turgan oilalarni yarashtirish, oilaviy va maishiy zo`ravonlikka barham berish, ayollar va xotin-qizlar tazyiq va zo`ravonlikni oldini olish hamda nikohlanuvchi yoshlarga oila, nikoh, oilada taraflarning huquqlari va majburiyatlarini tushuntirish yuzasidan o`quv-seminar tashkil etildi.
Adliya vazirligi tomonidan o`tkazilayotgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida nikohi qonuniy ro`yxatdan o`tkazilmagan oilalarning nikohlari qonuniy qayd etilib, ularga nikoh guvohnomalari topshirildi.
📌 Kanalga ulanish

#Adliya_xabari
Adliya vaziri fuqarolarga koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari bilan tanishdi
Adliya vaziri A.Tashkulov Andijon viloyati Asaka tuman adliya bo'limi davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY boʻlimlari faoliyati bilan tanishdi.
Vazir tuman adliya organlari ish faoliyati, jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatish jarayoni hamda sifatini koʻzdan kechirdi. Aholiga xizmat koʻrsatishda imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda fuqarolarga qulayliklar yaratish borasida oʻz taklif va tavsiyalarini berib oʻtdi.
Shuningdek, adliya vaziri A.Tashkulov “Ziyo ulash” aksiyasi doirasida Asaka tumani davlat xizmatlari markazidagi “Ziyo ulash burchagi”ga kitoblarni topshirdi hamda barchani kitobxonlikka targ‘ib qildi.

Adliya vaziri tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Adliya vaziri A.Tashkulov tadbirkorlar va fuqarolarning huquqiy masalalari, huquqiy xizmat koʻrsatish sifatini oʻrganish maqsadida Andijon viloyatidagi tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Xususan, Asaka va Marhamat tumanlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan manzilli muloqotlar oʻtkazildi.
Adliya vaziri oʻrganish davomida hududdagi “Baror Asaka textile” yuqori sifatli tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasi hamda "Asr umidi" agrologistika markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Muloqotda tadbirkorlik faoliyati davomida yuzaga kelayotgan soliq, intellektual mulk, kommunal xizmatlar, eksport hajmini oshirish bilan bogʻliq masalalari va ularning huquqiy yechimi boʻyicha tushuntirishlar berib oʻtildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Huquqiy eksperiment to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Hozirga qadar qonunchilikda “huquqiy eksperiment” tushunchasi belgilangan bo‘lsa-da, huquqiy eksperimentni o‘tkazish bilan bog‘liq munosabatlar kompleks tarzda tartibga solinmagan. Qonun loyihasi ushbu huquqiy bo‘shliqni to‘ldirishga hamda huquqiy eksperimentlar o‘tkazishning asosiy talab va shartlarnini belgilashga qaratilgan.
Xususan, loyihada muayyan tartib-taomilni huquqiy eksperimentdan o‘tkazish vaqt, hudud va shaxslar doirasi bo‘yicha olib borilishi shuningdek, huquqiy eksprimentni o‘tkazish bosqichlari belgilanmoqda.
Bundan tashqari, huquqiy eksperiment o‘tkazish shakllari va usullari, uni tashkil etish va o‘tkazish shartlari, huquqiy eksperiment natijalarini baholash tartibi va ularni rasmiylashtirish bo‘yicha talablar o‘z aksini topmoqda.
Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi huquqiy eksperiment bo‘yicha yagona amaliyotni joriy etishga, huquqni qo‘llashdagi turlicha talqin qilish va murakkabliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov va Niderlandiyaning O‘zbekistondagi Inson huquqlari bo‘yicha Elchisi Vim Girts oʻrtasida ikki tomonlama uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov mehmonlarga so‘ngi yillarda mamlakatimizda inson huquqlari va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, fuqarolik jamiyati, so‘z erkinligi hamda sud-huquq tizimi sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirib oʻtdi.
Shuningdek, uchrashuvda BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining universal davriy hisoboti doirasida O‘zbekiston Respublikasining davriy hisobotini ko‘rib chiqish yakunlariga urg‘u berildi.
Elchi Vim Girts Janobi Oliylari, ushbu
234 ta tavsiyalardan 219 tasini O‘zbekiston qabul qilganligiga, ayniqsa majburiy mehnat, gender tenglikva oilaviy zo‘ravonlik masalalariga O‘zbekiston tomonidan mutlaqo chek qo‘yilganligiga, shuningdek, diniy bag‘rikenglik borasidagi yutuqlarga yuksak baho berdi.
Fuqarolik jamiyati institutlarining erkin faoliyati borasida amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama qilinar ekan, mazkur sohadagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilishi natijasida nodavlat-notijorat tashkilotlarining soni 10 mingtaga yetdi.
Uchrashuv yakunida, M. Ikramov O‘zbekiston inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarishni davom ettirish, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarining huquqlari va erkinliklarini himoya qilish borasidagi islohotlar ortga qaytmasligini hamda bu boradagi ishlar jadallik bilan davom ettirilishini ta’kidladi.