ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan davlatimiz rahbarining PQ-1-sonli qarorining ijrosi yuzasidan Gurlan tumanidagi “Yangi asr” mahallasida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” va “Huquqiy targ`ibot kuni” loyihalari doirasida bir qator tadbirlar tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilariga Firibgarlik jinoyati, Kiberjinoyatchilik, “Moliyaviy piramida” va bu kabi jinoyatlardan himoyalanish bo`yicha tavsiyalar hamda javobgarlik masalalari yuzasidan ma’lumotlar berildi.

“Huquqiy avtobus” loyihasi doirasida tadbir ishtirokchilariga sayyor tartibda huquqiy va davlat xizmatlari ko`rsatildi, bandlik organlari tomonidan tumanda mavjud bo`lgan bo`sh ish o`rinlari bo`yicha mehnat yarmarkasi hamda tibbiy ko`rik tashkil etildi.

Shuningdek, davlatimiz rahbarining PQ-133-sonli qarorining mazmun-mohiyati hamda quyosh panellari, ularning imkoniyatlari va qonunchilikda belgilangan huquq va imtiyozlarni tushuntirishga qaratilgan ko`rgazmalar tashkil etilib, muqobil energiyadan foydalanish, ortiqcha qismini sotish, bu kabi uskunalarni o`rnatishda imtiyozlar bo`yicha tushuntirishlar berildi.

Gurlan tuman FHDY bo`limi tomonidan mahallada ajrimlarni oldini olish, ajrim yoqasida turgan oilalarni yarashtirish, oilaviy va maishiy zo`ravonlikka barham berish, ayollar va xotin-qizlar tazyiq va zo`ravonlikni oldini olish hamda nikohlanuvchi yoshlarga oila, nikoh, oilada taraflarning huquqlari va majburiyatlarini tushuntirish yuzasidan o`quv-seminar tashkil etildi.

Adliya vazirligi tomonidan o`tkazilayotgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida nikohi qonuniy ro`yxatdan o`tkazilmagan oilalarning nikohlari qonuniy qayd etilib, ularga nikoh guvohnomalari topshirildi.

📌 Kanalga ulanish
#Adliya_xabari

Adliya vaziri fuqarolarga koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari bilan tanishdi

Adliya vaziri A.Tashkulov Andijon viloyati  Asaka tuman adliya bo'limi davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY boʻlimlari faoliyati bilan tanishdi.

Vazir tuman adliya organlari ish faoliyati, jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatish jarayoni hamda sifatini koʻzdan kechirdi. Aholiga xizmat koʻrsatishda imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda fuqarolarga qulayliklar yaratish borasida oʻz taklif va tavsiyalarini berib oʻtdi.

Shuningdek, adliya vaziri A.Tashkulov “Ziyo ulash” aksiyasi doirasida Asaka tumani davlat xizmatlari markazidagi “Ziyo ulash burchagi”ga kitoblarni topshirdi hamda barchani kitobxonlikka targ‘ib qildi.

📌 Kanalga ulanish
#Adliya_xabari

Adliya vaziri  tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Adliya vaziri  A.Tashkulov tadbirkorlar va fuqarolarning huquqiy masalalari, huquqiy xizmat koʻrsatish sifatini oʻrganish maqsadida Andijon viloyatidagi tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Xususan, Asaka va Marhamat tumanlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan manzilli muloqotlar oʻtkazildi.

Adliya vaziri  oʻrganish davomida hududdagi “Baror Asaka textile” yuqori sifatli tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish  korxonasi  hamda "Asr umidi" agrologistika markazi faoliyati bilan yaqindan  tanishdi.

Muloqotda tadbirkorlik faoliyati davomida yuzaga kelayotgan soliq, intellektual mulk, kommunal xizmatlar, eksport hajmini oshirish bilan bogʻliq masalalari va ularning huquqiy yechimi boʻyicha tushuntirishlar berib oʻtildi.

📌 Kanalga ulanish