ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

🔔 Adliya vaziri Oltinko'l tumanidagi 48-umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan “Huquq sinfi”ni borib koʻrdi.


Andijon viloyatidagi eng chekka manzillarda joylashgan 16 ta maktabda “Huquq sinfi” yoʻlga qoʻyilgan. Bu yerda huquq fanlari esa chuqurlashtirilgan holda oʻqitilmoqda.


Xususan, Oltinko'l tumanidagi 48-umumiy oʻrta taʼlim maktabida tashkil etilgan “Huquq sinfi”da bugun maktab yoshlari huquqiy bilimlarini boyitmoqda. Adliya vaziri Akbar Tashkulov ushbu sinfdagi dars mashgʻulotlarida qatnashdi. Taʼlim sifati, oʻqituvchilarning soʻngi usullardan nechogʻlik foydalanishi bilan qiziqdi.

Yoshlarda ilm olishga intilish, mamlakatdagi islohotlarga daxldorlik hissini shakllantirish hamda huquqshunoslik kasbining jozibadorligi xususida soʻz yuritildi. Shuningdek, oʻquvchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga bevosita vazirdan javob olish imkoniyatiga ega boʻldi.

📌 Kanalga ulanish
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj | Aholiga huquqiy yordam ko'rsatish tizimi takomillashmoqda

📌 Kanalga ulanish
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

❗️"Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida Farg'ona viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar

📌
Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#International_Legal_Forum

The Age of Digital Technologies: A Legal Perspective on the Future

May 29-30, 2025
IV International Legal Forum “Tashkent Law Spring”

This opportunity comes only once in 2 years.
Do not miss it.

BECOME PART OF THE FUTURE OF LAW!
Register now on the official website:

📌 Kanalga ulanish
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan davlatimiz rahbarining PQ-1-sonli qarorining ijrosi yuzasidan Gurlan tumanidagi “Yangi asr” mahallasida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” va “Huquqiy targ`ibot kuni” loyihalari doirasida bir qator tadbirlar tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilariga Firibgarlik jinoyati, Kiberjinoyatchilik, “Moliyaviy piramida” va bu kabi jinoyatlardan himoyalanish bo`yicha tavsiyalar hamda javobgarlik masalalari yuzasidan ma’lumotlar berildi.

“Huquqiy avtobus” loyihasi doirasida tadbir ishtirokchilariga sayyor tartibda huquqiy va davlat xizmatlari ko`rsatildi, bandlik organlari tomonidan tumanda mavjud bo`lgan bo`sh ish o`rinlari bo`yicha mehnat yarmarkasi hamda tibbiy ko`rik tashkil etildi.

Shuningdek, davlatimiz rahbarining PQ-133-sonli qarorining mazmun-mohiyati hamda quyosh panellari, ularning imkoniyatlari va qonunchilikda belgilangan huquq va imtiyozlarni tushuntirishga qaratilgan ko`rgazmalar tashkil etilib, muqobil energiyadan foydalanish, ortiqcha qismini sotish, bu kabi uskunalarni o`rnatishda imtiyozlar bo`yicha tushuntirishlar berildi.

Gurlan tuman FHDY bo`limi tomonidan mahallada ajrimlarni oldini olish, ajrim yoqasida turgan oilalarni yarashtirish, oilaviy va maishiy zo`ravonlikka barham berish, ayollar va xotin-qizlar tazyiq va zo`ravonlikni oldini olish hamda nikohlanuvchi yoshlarga oila, nikoh, oilada taraflarning huquqlari va majburiyatlarini tushuntirish yuzasidan o`quv-seminar tashkil etildi.

Adliya vazirligi tomonidan o`tkazilayotgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida nikohi qonuniy ro`yxatdan o`tkazilmagan oilalarning nikohlari qonuniy qayd etilib, ularga nikoh guvohnomalari topshirildi.

📌 Kanalga ulanish
#Adliya_xabari

Adliya vaziri fuqarolarga koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari bilan tanishdi

Adliya vaziri A.Tashkulov Andijon viloyati  Asaka tuman adliya bo'limi davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY boʻlimlari faoliyati bilan tanishdi.

Vazir tuman adliya organlari ish faoliyati, jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatish jarayoni hamda sifatini koʻzdan kechirdi. Aholiga xizmat koʻrsatishda imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda fuqarolarga qulayliklar yaratish borasida oʻz taklif va tavsiyalarini berib oʻtdi.

Shuningdek, adliya vaziri A.Tashkulov “Ziyo ulash” aksiyasi doirasida Asaka tumani davlat xizmatlari markazidagi “Ziyo ulash burchagi”ga kitoblarni topshirdi hamda barchani kitobxonlikka targ‘ib qildi.

📌 Kanalga ulanish