Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqizimida
Maxsus reportaj | Prezident qarorlari - hayotda va nazoratda
“Prezident qarorlari – hayotda va nazoratda” rukni ostida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining aholi salomatligini ta’minlashga qaratilgan tibbiyot sohasini yanada takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan hujjatlari ijrosi Buxoro viloyati misolida.
📌 Kanalga ulanish

Qashqadaryoda 18 nafar fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan uy-joylariga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi.
Joriy yilning 10-aprel kuni Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining navbatdagi o`ninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur sessiyada Jami 18 nafar, shundan Nishon tumanidan 14 nafar, Chiroqchi tumanidan 3 nafar va G`uzor tumanidan 1 nafar fuqarolarning yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan huquqlarini e'tirof etish bo‘yicha xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining qarori qabul qilindi.
Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarining mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq hujjatlarni ishlab chiqishdagi muammolar kamayadi, bozorda qonuniy kapital aylanmasi paydo bo‘ladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qonun ijrosi Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan doimiy nazoratga olingan bo‘lib, kelgusida ham viloyatning barcha hududlarida reja-grafik asosida huquqlarini e’tirof etish ishlari davom ettiriladi.

Dunyoga mashhur "Pandora" brendining kontrafakt nusxalari sotuviga chek qo'yildi.
Daniyaning "Pandora AS" kompaniyasi murojaatini o'rganish davomida 2 nafar tadbirkorlik subyektlari tomonidan "Pandora" zargarlik buyumlarining kontrafakt nusxalari savdoga taklif etilayotgani aniqlandi.
Qonun buzilish holatlari yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan bajarilishi majburiy bo'lgan taqdimnomalar kiritilib, kontrafakt mahsulotlarning sotuvdan olib tashlanishi ta'minlandi.
"Forbes" ma'lumotlariga ko'ra, "Pandora" kompaniyasining 2024-yil yakunlari bo'yicha daromadi 4,2 mlrd AQSh dollariga teng bo'lib, 100 dan ortiq mamlakatda 7800 dan ortiq rasmiy savdo nuqtalari mavjud.
📌 Kanalga ulanish
Daniyaning "Pandora AS" kompaniyasi murojaatini o'rganish davomida 2 nafar tadbirkorlik subyektlari tomonidan "Pandora" zargarlik buyumlarining kontrafakt nusxalari savdoga taklif etilayotgani aniqlandi.
Qonun buzilish holatlari yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan bajarilishi majburiy bo'lgan taqdimnomalar kiritilib, kontrafakt mahsulotlarning sotuvdan olib tashlanishi ta'minlandi.
📌 Kanalga ulanish
Samarqandda 30 nafar shaxsga tegishli yer hamda bino va inshootlarga boʻlgan huquqlar eʼtirof etildi.
Bugun Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oʻninchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiyada “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi qonun ijrosi yuzasidan Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Salohiddin Sattarov axboroti eshitildi.
Tadbir davomida Kattaqoʻrgʻon tumanida 10 nafar, Bulungʻur tumanida 10 nafar, Payariq tumanida 6 nafar, Kattaqoʻrgʻon shahrida 2 nafar, Toyloq tuman 1 nafar, Narpay tumanida 1 nafar fuqarolarning yer uchastkalari va ularda qurilgan uy-joylarga nisbatan huquqlarini eʼtirof etish yuzasidan Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining qarori qabul qilindi hamda mazkur fuqarolarga ushbu hujjat tantanali topshirildi.

- Qirq yil ilgari «Qiyot« mahallasidan yer olib, uy-joy solib hozirgacha yashab kelyapmiz, — deydi Kattaqoʻrgʻonlik 69 yoshli Nurmahmud ota Rizanov. — Ammo ushbu uyimizga nisbatan mulk huquqi yoʻq edi. Yillar davomida shu kunlarni kutib yashadik. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan bugundan mazkur uy-joyimizning qonuniy egasi boʻldik.
📌 Kanalga ulanish
Elektron hamkorlik yoʻlga qo'yiladi
Adliya vazirligi hamda Oliy sud vakillari tomonidan sud va FHDY organlarida elektron ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida sudlarda fuqarolik holati dalolatnomalari bilan bog‘liq ishlarni ko‘rish hamda FHDY organlarida sud qarorlari asosida fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda hujjatlar aylanishini to‘liq elektron ko‘rinishga o‘tkazish masalalari ko'rib chiqildi.
Shu bilan birga, axborot tizimlarini ikki tomonlama integratsiya qilish orqali aholiga xizmat ko‘rsatish sifati va tezkorligini yanada oshirish yuzasidan kelgusi rejalar belgilab olindi.

Adliya vazirligi vakillari Xitoy Xalq Respublikasining (XXR) Pekin shahrida “Bir makon, bir yo‘l” dasturi doirasida XXR Savdo vazirligining Xalqaro savdo xodimlarini tayyorlash akademiyasi (AIBO) tashabbusi bilan joriy yilning 10-23-aprel kunlari tashkil etilayotgan malaka oshirish kursida ishtirok etmoqda.
Mazkur tadbirda O‘zbekistondan tashqari Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston hamda Armaniston Adliya vazirliklari, Investitsiya va savdo vazirliklari hamda Savdo-sanoat palatalari delegatsiyalari qatnashmoqda.
Malaka oshirish kurslari doirasida ishtirokchilar intellektual mulk sohasini rivojlantirish hamda uni tijoratlashtirish usullari bo‘yicha Xitoy tajribasini o‘rganish belgilangan.
Tashrif davomida vazirlik xodimlari tomonidan AIBOning Xalqaro kadrlarni tayyorlash dasturlarini amalga oshirish bo‘limi boshlig‘i Vu Xao bilan ham qisqa uchrashuv o‘tkazilib, intellektual mulk sohasida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha muhokama qilindi.

Adliya vazirligi xodimlari tomonidan Termiz davlat pedagogika institutida "Intellektual mulk huquqini himoya qilishning huquqiy asoslari" mavzusida seminar tashkil etildi.
Mazkur tadbirda institut professor-o’qituvchilari va talabalarga Intellektual mulk obyektlari, ularni ro’yxatdan o’tkazish va huquqiy himoya qilish tartiblari, kontrafakt mahsulotlarini aslidan farqlash, huquq egasining ruxsatisiz uning intellektual mulkidan foydalanish natijasida kelib chiqadigan oqibatlar, qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari hamda hozirgi vaqtda intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq qonunchilikdagi o‘zgartirishlar to‘g‘risida axborot berildi.
Shuningdek, vazirlikning im.adliya.uz sayti orqali EHM uchun yaratilgan dasturni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomani to‘g’ri topshirish bo‘yicha master-klass o’tib berildi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
O‘zbekiston va Rossiya adliya vazirlari telefon orqali muloqot qildilar.
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Tashkulov bilan Rossiya Federatsiyasi adliya vaziri Konstantin Chuychenko o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.
Ikki davlat adliya vazirlari suhbat davomida adliya va huquq sohasidagi hamkorlik aloqalarini muhokama qilishdi.
Tomonlar joriy yilning 19-21-may kunlari Sankt-Peterburg shahrida hamda 29-30-may kunlari Toshkent shahrida tashkil etilayotgan xalqaro yuridik forumlarida ikki vazirlik delegatsiyalarining ishtiroki huquqning zamonaviy tendensiyalarini muhokama qilish va hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga xizmat qilishini bildirishdi.

Fuqarolar o‘zaro muloqotda davlat tilidan foydalanishga majburmi?
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek tilida muloqot qilish masalasida bahs-munozaralar kuzatilmoqda. Shu munosabat, bilan mazkur sohadagi ayrim qonunchilik hujjatlari haqida quyidagilar eslatib o‘tiladi.
Bugungi kunda, o‘zbek tilining davlat tili sifatida qo‘llanilishini tartibga soluvchi asosiy hujjat “Davlat tili haqida”gi Qonun hisoblanadi.
Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e’lon etiladi. Bu hujjatlarning tarjimalari boshqa tillarda ham e’lon qilinadi.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritiladi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi ta’minlanadi.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi, ishlovchilarining ko‘pchiligi o‘zbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkin.
“Reklama to‘g‘risida”gi Qonunga asosan O‘zbekiston Respublikasi hududida reklama davlat tilida tarqatiladi. Bunda, reklama mazmunining tarjimasini boshqa tillarda takror berilishiga yo‘l qo‘yiladi.
“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq tovar (ish, xizmat) to‘g‘risidagi ma’lumot iste’molchiga davlat tilida taqdim etiladi. Mazkur ma’lumot qo‘shimcha ravishda boshqa tillarda ham taqdim etilishi mumkin.
Shu bilan birga, fuqarolar o‘zaro muloqot jarayonida foydalanadigan til bo‘yicha qonunchilikda qat’iy va majburiy talablar ko‘rsatilmagan.
O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va tolerantlikni ta’minlash, har bir millat va elatning o‘ziga xosligini hurmat qilish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Bunda, barcha fuqarolarga o‘z ona tilida gapirish, ta’lim olish va madaniy boyliklarni rivojlantirishda teng huquqlilik ta’minlanadi.
Xususan, “Davlat tili haqida”gi Qonunga ko‘ra, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi.
Zero, Konstitutsiyaga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.
Yuqoridagilarga ko‘ra, millatlararo munosabatlarga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan masalalarni yoritishda, O‘zbekiston qonunchiligi, shuningdek umuminsoniy va professional etika normalariga rioya etilishini ta’minlash maqsadga muvofiq.
Shu bilan birga, O‘zbekiston fuqarolarining tildan foydalanish huquqlarini kamsitish, shu asosda nizo qo‘zg‘atish javobgarlikka sabab bo‘lishi ham eslatib o‘tiladi.

👍1