#adliya_aralashgach
Tadbirkor foydasiga 140 197 451 so‘m pul mablag‘i undiriladigan bo'ldi
Taraflar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga asosan da’vogar tomonidan javobgarga jami 140 197 451 so‘mlik mahsulotlar yetkazib berilgan hamda tegishli xizmatlar ko‘rsatilgan. Biroq, javobgar tomonidan shartnomaviy majburiyatlar lozim darajada bajarilmasdan, yetkazib berilgan va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati to‘liq to‘lab berilmaganligi oqibatida, da’vogar oldida qarzdorlik yuzaga kelgan.
▶️Batafsil👈
📌 Kanalga ulanish

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi
Aziz yurtdoshlar!
Barchangizni shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi – Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz.
Yurtimizda tinchlik va xotirjamlik bardavom, adolat hamisha barqaror bo'lsin!
Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

She’rlari ko‘plab san’atkorlarni mashhur qilgan shoir xonanda Botir Qodirov ustidan Adliyaga shikoyat qildi
Аdliya vazirligi tomonidan xalqimiz orasida "Shamsiddin Sadoiy" tahallusi bilan tanilgan shoir Shamsiddin To'rayevning murojaati asosida "Davlating borida”, “Omonat” va “Tingla do‘stim” nomli she’rlari xonanda Botir Qodirov tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda mualliflik haqini to‘lamasdan foydalanilganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.
Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 177 prim 1-moddasining birinchi qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 5 (besh) baravari miqdorida – 1.875.000 (bir million sakkiz yuz yetmish besh ming) so‘m jarima jazosi tayinlandi.
Qayd etish kerak, avvalroq xonanda Yulduz Turdiyeva ham shoirning “Ishqingda kuygan” she’rini uning ruxsatisiz “Kuymaslar” nomi ostida kuylab kelgani uchun Adliya vazirligiga murojaat qilib tomonlar kelishuviga erishilgan edi.
Eslatib o'tamiz, O‘zbekiston Respublikasi "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida"gi Qonunining 65-moddasiga asosan muallif yoki mutlaq huquqlarning boshqa egasi huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda to‘lanishi lozim bo‘lgan tovonni to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.

Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan navbatdagi tovar belgilari bilan tanishing.
Brend - kompaniya nufuzi, mahsuloti haqida ma'lumot berib, iste'molchi e'tiborini jalb qiladi. Ayniqsa tovar nomi jarangdor boʻlsa yanada yaxshi, chunki Sizning mahsulotingiz boshqalarnikidan ajralib turadi.
🔹Yuqoridagi rasmda “Miran Di”, “Dilim”, “Al Qasr” kabi tovar belgilarini ko'rishingiz mumkin.
Ⓜ️ Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish brendni himoya qilish va biznesni rivojlantirish uchun muhim omildir.
🧐 Unutmang tovar belgisi BIRINCHI BOʻLIB HUJJAT TOPSHIRGAN shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.
📘”Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.
🌐Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

Mualliflik huquqini buzgan veb-sayt faoliyati cheklandi.
Uzbeklar.biz veb-sayti “Turnir” nomli serialni huquq egasining ruxsatisiz foydalanganligi uchun bloklandi.
Adliya vazirligi tomonidan holat bo'yicha o'rganish o'tkazilib, "Turnir" nomli serial Uzbeklar.biz veb-saytida noqonuniy joylashtirilganligi aniqlandi va bu bo'yicha tegishli xulosa berildi.
Vazirlikning xulosasi asosida vakolatli organ tomonidan ushbu veb-sayt faoliyati cheklandi.
Eslatib o'tamiz, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning 12-1-moddasiga asosan qo'shiqlar, filmlar, video materiallar va boshqa asarlarni muallif yoki boshqa huquq egasining ruxsatisiz veb-saytlarda yoki ijtimoiy tarmog'lardagi sahifalarda joylashtirilishi o'sha veb-sayt yoki ijtimoiy tarmog'dagi profil faoliyatining cheklanishiga sabab bo'ladi.

Xushxabar!
Uy-joylarga huquqlarni e'tirof etish boshlandi
Davlat Rahbarining topshiriqlariga asosan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar
va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e'tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan edi.
Mazkur tarixiy ahamiyatga ega Qonun ijrosining ilk natijalari ko‘rina boshladi.
Xususan, joriy yilning 1-aprel kuni respublikada birinchi bo‘lib Jondor tumanidagi 5 nafar fuqarolarning yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan huquqlarini e'tirof etish bo‘yicha xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashining qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror Jondor tuman hokimi, Buxoro viloyati adliya boshqarmasi hamda Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi rahbaryati tomonidan o'z egalariga tantanali ravishda topshirildi.
Qonun bilan fuqarolar va tadbirkorlarning mulkka bo‘lgan huquqlari tan olinadi, bozorda qonuniy kapital aylanmasi paydo bo‘ladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi.
Shuningdek, aholining ijtimoiy muammolari (doimiy ro‘yxatga qo‘yish, moddiy yordam olish, maktab, bog‘chaga joylashtirish) hamda bino va inshootlarni kommunal tarmoqlarga ulash bo‘yicha masalalar hal bo‘ladi.
Qonun ijrosi doimiy nazoratga olingan bo‘lib, respublikaning barcha hududlarida reja-grafik asosida huquqlarni e'tirof etish bo‘yicha mahalliy Kengashlarning qarorlari qabul qilinadi.
Ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil axborotni https://etirof.kadastr.uz sayti orqali olishingiz mumkin.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash
Kitob javonda emas, qalblarda yashashi kerak!
“Ziyo ulash” aksiyasi — bu shunchaki kitob alishish emas, bu bilim, ilhom va ziyo ulashish demakdir!
📍Davlat xizmatlari markaziga keling.
📖 Kitob tanlang va oʻqing.
📌 Kanalga ulanish
Kitob javonda emas, qalblarda yashashi kerak!
“Ziyo ulash” aksiyasi — bu shunchaki kitob alishish emas, bu bilim, ilhom va ziyo ulashish demakdir!
📍Davlat xizmatlari markaziga keling.
📖 Kitob tanlang va oʻqing.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Vazir o'rinbosari mahallalardagi o'rganishlar davomida Qarshi shahridagi "Amir Temur" mahallasida joylashgan "SANAM" tikuvchilik MCHJ da bo'lib, fabrika faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Kiyim - kechak fabrikasida 150 ga yaqin ishchilar bo'lib, asosan ustki kiyim bosh mahsulotini tayyorlashadi. Hozirgi kunda fabrika mahsulotlari Rossiya davlatiga ham eksport qilinmoqda.
Shu kuni vazir o'rinbosari A.Karimov "Haramjo'y" mahallasida ham bo'lib, fuqarolarga davlat tomonidan subsidiyalar, nafaqalar yoki moddiy yordam ko‘rsatish, malaka oshirish kurslari, ish bilan ta’minlash dasturlari orqali odamlarga bir qator daromad topish imkonini berish, azon yoki bepul tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, turar joy, suv, elektr energiyasi kabi asosiy ehtiyojlarni ta’minlash haqida o'z tavsiyalarini berdi.

Adliya vazirligida “ACWA Power” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yil 1-aprel kuni adliya vaziri o‘rinbosari M.Ikramov Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi “ACWA Power” kompaniyasi bosh direktori Jon Zaidi bilan uchrashdi.
Tomonlar O‘zbekistonda xorijiy investorlarning huquqlarini kafolatlash, investitsiya muhitini yanada yaxshilash hamda adliya sohasidagi islohotlarni muhokama qilishdi.
“ACWA Power” vakillari O‘zbekiston va Saudiya Arabistonining 2030-yilgacha bo‘lgan strategiyalari hamohangligini qayd etib, yashil energetikani rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Uchrashuv so‘ngida M.Ikramov ACWA Power vakillarini “Tashkent Law Spring 2025” IV Xalqaro yuridik forumida ishtirok etish uchun taklif qildi.