ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_hisobot_beradi

Bugun, 27-mart kuni Adliya vazirligida "Ochiq eshiklar" kuni hamda OAV va jamoatchilik vakillari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda vazirlikning 2024 yilgi faoliyati va istiqboldagi rejalari yuzasidan hisoboti tinglandi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 19-mart kuni qabul qilingan vazirlik huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori haqida ham to‘xtalib o‘tildi.

Matbuot anjumanida jamoatchilik va OAV vakillariga ularni qiziqtirgan savollariga vazirlik mas’ullari tomonidan batafsil javob berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Respublika vakili Adliya vazirining orinbosari Sh.Rabiyev Bekobod shahridagi tadbirkorlar bilan uchrashmoqda.

Ishchi guruh tomonidan "BEKOBOD OGNEUPOR" QK rahbarlari va ishchilari bilan uchrashib mamlakatimizda tadbirkorlik sohasida yaratilgan shart-sharoitlar va qonunchilik hujjatlari haqida suhbatlashildi.

Suhbat jarayonida, korxona tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, aholi bandligini ta'minlashga kòproq e'tibor qaratish yuzasidan tegishli tavsiya va kòrsatmalar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_xabari

Kambag‘allikdan farovonlik sari”  davlat dasturini amalga oshirish maqsadida Adliya vazir o‘rinbosari Alisher Karimov Qashqadaryodagi xizmat safari davomida  Qarshi shahrining "Haramjo'y" mahalla fuqarolar yig'inida mahalla yettiligi hamda mahalla faollari bilan uchrashdi.

Vazir o'rinbosari mahalladagi o'zini o'zi band qilgan fuqarolar xonadonlarida bo'lib, ular bilan yaqindan tanishdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlarga intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish hamda asl va kontrafakt mahsulotlarni farqlash boʻyicha joyiga chiqqan holda amaliy yordam koʻrsatilmoqda.

Xususan, joriy yilning 26-martida "Ixtisoslashgan Yangiyo'l shahar dehqon bozori"da faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti xodimlari tomonidan asl va kontrafakt mahsulotlarni bir-biridan farqlash hamda tovar belgisiga ega boʻlishning afzalliklari hamda uning huquqiy himoyasi toʻgʻrisida joyiga chiqqan holda huquqiy tushuntirishlar berildi va yangi nashrdagi 40 dan ortiq kontrafakt mahsulotlar kataloglari tarqatildi.

Shuningdek, shahar erkin iqtisodiy zonasida joylashgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishildi va ular tomonidan xizmat koʻrsatish belgisi sifatida foydalanilayotgan ro'yxatdan o'tkazilmagan belgilarni xizmat koʻrsatish belgisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish afzalliklari haqida ma'lumot berildi.

Intellektual mulk obyektlarini himoya qilish uchun tegishli davlat organlariga murojaat qilish, tovar belgilariga nisbatan huquqbuzarlik uchun javobgarlik choralari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot ham berildi.

📌 Kanalga ulanish