ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Qarshi shahrining “Aralovul” mahallasida sayyor qabul oʻtkazdi

Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov ishtirokida “Aralovul” mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi.

Unda fuqarolarni qiziqtirayotgan asosiy masalalar — ishga joylashish, ijtimoiy himoya, kadastr va shaxsga doir hujjatlarni rasmiylashtirish, bandlik, moddiy yordam, sogʻlomlashtirish maskanlariga yoʻllanma olish hamda oilaviy munosabatlar bilan bogʻliq masalalarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

20 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari tinglanib, 10 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi hamda 8 ta murojaatlar ish yurituviga olindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_podkast

Sunʼiy intellekt xavfi: shaxsiy maʼlumotlar himoyasiz qolmoqda(mi?)

Sunʼiy intellekt bilan bogʻliq eng katta xavf-xatarlar nimalardan iborat? Uni tartibga solish va nazorat qilish uchun qonunchilik asoslari qanday? Sunʼiy intellekt Oʻzbekiston jamiyatida qanday axloqiy va huquqiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin?

“Ayollar koʻrsin”ning navbatdagi sonida dolzarb mavzuning huquqiy tomonlari muhokama qilindi.

Toʻliq video 👉 https://youtu.be/nqoNim1gUb0

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Intellektual_mulk

🔖 Geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tgan dunyoning eng mashhur pichoqlari

Geografik ko‘rsatkichlar nafaqat mahsulotning kelib chiqishini, balki uning sifati va an’analarini ham himoya qiladi. Dunyo bo‘ylab ko‘plab mashhur pichoqlar bor bo‘lib, ular o‘ziga xos shakli, pichoqlash texnikasi va yuqori sifati bilan ajralib turadi.

🌍Mashhur geografik ko‘rsatkichli pichoqlar:
Laguiole pichoqlari (Fransiya 🇫🇷)
Fransiyaning Laguiole hududida ishlab chiqariladigan ushbu pichoqlar o‘zining nafis dizayni va qo‘l mehnati bilan mashhur. Ularning dastasi odatda shox yoki yog‘ochdan yasaladi.

Toledo pichoqlari (Ispaniya 🇪🇸)
Ispaniyaning Toledo shahri qadimdan o‘zining temirchilik san’ati bilan mashhur bo‘lib, ushbu pichoqlar mustahkamligi va o‘tkirligi bilan dunyoga tanilgan.

Solingen pichoqlari (Germaniya 🇩🇪)
Germaniyaning Solingen shahri "Pichoqlar shahri" sifatida tanilgan. Ushbu hududda ishlab chiqarilgan oshxona va harbiy pichoqlar yuqori sifatli po‘lat va uzoq xizmat muddati bilan mashhur.

Damashq pichoqlari (Suriya 🇸🇾)
Damashq po‘latidan ishlangan pichoqlar qadimiy hunarmandchilik usullari bilan yasaladi va o‘zining ajralib turuvchi naqshlari bilan tanilgan. Ular mustahkamligi va o‘tkirligi bilan afsonaviy hisoblanadi.

Qo‘qon pichoqlari ( O‘zbekiston 🇺🇿)
Qo‘qon pichoqlari ham rasmiy ravishda geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Bu esa, ularning sifatini, an’anaviy ishlab chiqarish usulini va o‘ziga xosligini xalqaro darajada tan olinishini anglatadi!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_teleloyiha

⚡️Adliya vazirligining “YURIDIK KLINIKA” koʻrsatuvi boshlandi.

Mavzu: Merosga oid huquqlar

Mavzu yuzasidan oʻz savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti yoki toʻgʻridan-toʻgʻri efir vaqtida 71-233-75-74 telefon raqamiga bogʻlanish orqali orqali yuborishingiz mumkin.

📹 Onlayn translyatsiya: https://www.youtube.com/watch?v=LqsaMdNX7r4

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

Adliya koʻmagida tadbirkor foydasiga 2,1 mlrd soʻmga yaqin mablagʻ undirilishi taʼminlandi


Bektemir tumani adliya boʻlimiga “MS” MCHJ tomonidan tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan qarzdorlik toʻlanmasdan kelinayotganligidan norozi boʻlib, ushbu qarzdorliklarni undirib berish yuzasidan murojaati kelib tushgan.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

📣 Diqqat e’lon

Hurmatli fuqarolar! Ayni vaqtda Sergeli tumani davlat xizmatlari markazida ID-kartasini rasmiylashtirishda texnik nosozliklar kuzatilgani bois, 26—28-mart kunlari markaz fuqarolarga ushbu xizmat turini ko’rsata olmasligi ma’lum qilinadi.

Davlat xizmatlari markazi faoliyati fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’iy nazar, boshqa tumanlarda ham xizmat ko’rsatilishi belgilangan.

❗️Siz bu vaziyatda Toshkent shahridagi boshqa tuman davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishingiz mumkin. Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hududlarda ommaviy sayyor qabullar davom etmoqda

Adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev tomonidan "Bekobod shahar Politexnikum" binosida sayyor qabul oʻtkazildi. Tegishli mutasaddi tashkilotlar masʼullari qatnashib, 30 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari tinglandi

Sayyor qabul davomida 2 ta murojaat joyida hal etildi, 11 ta murojaat koʻrib chiqish uchun ish yurituvga olindi, qolgan masalalar yuzasidan tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.

Qabul davomida davlat xizmatlari koʻrsatilib, 3 ta oilaning farzandi maktabgacha taʼlim tashkilotiga navbatga qoʻyilishi taʼminlandi.

"Oʻzbekiston" MFY fuqarosi M.Fazilovga turar-joy obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish va ularga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻrkazish boʻyicha ariza kiritib berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Bugun adliya vaziri oʻrinbosari A.Karimov tomonidan Qarshi shahridagi 64 ta MFYlardagi mavjud kambagʻal oilalarga biriktirilgan masʼul rahbarlar ishtirokida tanqidiy yigʻilish oʻtkazildi.

Shu kuni vazir oʻrinbosari Qarshi shahridagi “Gulshan” va “Darvozatutak” mahallasida boʻlib, fuqarolar va “mahalla yettiligi” bilan suhbatlashdi, sohaga oid qonunchilik toʻgʻrisida tushuntirishlar berdi.

Shuningdek, ijtimoiy ahvoli ogʻir aholi qatlamining hayotini yaxshilash uchun — chorvachilik va parrandachiliknirivojlantirishda imtiyozli kreditlar taqdim etish, aholiga byudjet yuritish va hokazolar haqida oʻz takliflarini berdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM