ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#muddatlar

🪪 O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi qancha muddatga beriladi?


📆 Fuqarolarga ID-karta quyidagi muddatlarga beriladi:

🔹 1 yoshgacha bo'lgan bolalarga — 2 yil muddatga;

🔹 1 yoshdan 16 yoshgacha — 5 yil muddatga;

🔹 16 yoshdan — 10 yil muddatga.

Bola tug‘ilgandan boshlab 16 yoshga to‘lguniga qadar ID-karta ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko‘ra beriladi.


Eslatma: fuqaro ID-kartasi amal qilish muddati tugaganda va tegishli yoshga to‘lgandan so‘ng bir oy muddatda ID-karta olish uchun murojaat qilishi lozim.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son Farmoni.

🌟 Foydali ma'lumotlarni yaqinlaringiz bilan ulashing va bizni kuzatishda davom eting!

📌 Kanalga ulanish 🌐 Telegram 🔹Facebook 🔸Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

📹 Davlat xizmatlari kengaymoqda: Samarqand shahar davlat xizmatlari markazi faoliyati timsolida

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Huquqiy axborotni tarqatish samaradorligini oshirish masalasi muhokama qilindi


Adliya vazirligining Huquqiy axborot boshqarmasi tomonidan hududiy adliya organlari ishtirokida huquqiy axborotni tarqatish masalasiga bag‘ishlangan onlayn yig‘ilish o‘tkazildi. Unda boshqarma vakillari, tegishli hududiy adliya organlari rahbarlari hamda mutaxassislari qatnashdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son Farmoni bilan adliya organlariga yuklatilgan yangi vazifalar, xususan, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, huquqiy axborotni yetkazish ishlarini yanada tizimli tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, hududiy adliya organlarining huquqiy axborotni tarqatish borasidagi faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va kelgusidagi rejalar tahlil qilindi.

“Mahalla yettiligi” aʼzolariga huquqiy axborotni muntazam yetkazish, aholining huquqiy bilimlarini oshirishda innovatsion yondashuvlardan foydalanish hamda bu jarayonda ijtimoiy tarmoqlarning rolini oshirish masalalari boʻyicha fikr almashildi.

Huquqiy axborotni tarqatish shuʼbalari uchun ushbu yoʻnalishdagi faoliyatni ustuvor vazifa sifatida belgilash, ijtimoiy tarmoqlar orqali keng ommaga tezkor va aniq huquqiy maʼlumotlarni yetkazish zarurligi taʼkidlandi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

Tender yutib olingan obyektga xizmat koʻrsatishni boʻyniga olgan qiziltepalik tadbirkorning murojaati 4 yil davomida hal etilmagan. Tadbirkor xizmat haqqi oʻz vaqtida toʻlanmagani uchun turli tashkilotlarga murojaat qilgan. Ammo natija boʻlmagan. Adliya aralashuvi bilan tadbirkorga 170 million soʻm sud orqali undirib berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

📹 Xorazm viloyatda “Ziyo ulash” ijtimoiy loyihasi davom etmoqda

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xotin_qizlar_huquqi #Huquqiy_axborot_minbari

📣 “Oilaviy nizolarning huquqiy yechimlari” mavzusida ekspertlar bilan suhbat o‘tkaziladi


Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” aksiyasi doirasida “Oilaviy nizolarning huquqiy yechimlari” mavzusida ekspertlar bilan suhbat tashkil etiladi.

🗓 Ovozli chat 26-mart kuni soat 16:00 da Huquqiy axborot telegram kanalida boshlanadi.

🎙Suhbat spikerlari: Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari (FHDY) xodimlari hamda sudyalar.

📥 Savollaringizni @mehnatpodkast_bot telegram boti orqali oldindan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn muloqot vaqtida berishingiz mumkin.

❗️Mazmunan bir-biriga yaqin savollarga umumlashtirilgan holda javob beriladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Aksiya sabab farzandiga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini olishga muvaffaq boʻladi

Margʻilon shahar FHDY boʻlimi tomonidan fuqaro Muslimaxon Muhammedovaning huquqiy muammosi ijobiy hal etildi. “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida FHDY organining amaliy koʻmagi bilan dalolatnoma yozuviga oʻzgartirish kiritilib, turmush oʻrtogʻining vafot etganligi rasmiylashtirib berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlarga tovar belgisini ro’yxatdan o‘tkazish va ularni himoya qilish bo’yicha tushuntirish ishlari amalga oshirilmoqda

Bugun, Toshkent viloyati Chirchiq shahrida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga adliya va soliq organlari xodimlari hamkorlikda intellektual mulk huquqlariga rioya qilish bo’yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Xusasan, Chirchiq texnoparkida faoliyat yurituvchi "Rodium Polymer" MCHJga tegishli "RHP" va "Bionovatic Agro" MCHJga tegishli "Bionovatic" belgilarni tovar belgisi sifatida ro’yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma topshirishda amaliy yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, "Chirchiq Dehqon bozori" MCHJ hududida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlariga kontrafakt mahsulotlarni sotish qonunchilikda belgilangan javobgarliklarni keltirib chiqarishi bo’yicha tushuntirishlar berib o‘tildi va kontrafaktni asl mahsulotdan farqlash bo’yicha 30 dan ortik kontrafakt mahsulotlar kataloglari tarqatildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi takomillashtirilmoqda


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_muhim

📣 Hurmatli hamyurtlar!

Adliya vazirligining 1008, 1148 – “Ishonch telefonilari” bugun “Yer soati” ijtimoiy aksiyasi o’tkazilishi sababli 17:00 dan 18:00 ga qadar vaqtinchalik toʻxtatilishi ma’lum qilinadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Qarshi shahrining “Aralovul” mahallasida sayyor qabul oʻtkazdi

Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov ishtirokida “Aralovul” mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi.

Unda fuqarolarni qiziqtirayotgan asosiy masalalar — ishga joylashish, ijtimoiy himoya, kadastr va shaxsga doir hujjatlarni rasmiylashtirish, bandlik, moddiy yordam, sogʻlomlashtirish maskanlariga yoʻllanma olish hamda oilaviy munosabatlar bilan bogʻliq masalalarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

20 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari tinglanib, 10 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi hamda 8 ta murojaatlar ish yurituviga olindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_podkast

Sunʼiy intellekt xavfi: shaxsiy maʼlumotlar himoyasiz qolmoqda(mi?)

Sunʼiy intellekt bilan bogʻliq eng katta xavf-xatarlar nimalardan iborat? Uni tartibga solish va nazorat qilish uchun qonunchilik asoslari qanday? Sunʼiy intellekt Oʻzbekiston jamiyatida qanday axloqiy va huquqiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin?

“Ayollar koʻrsin”ning navbatdagi sonida dolzarb mavzuning huquqiy tomonlari muhokama qilindi.

Toʻliq video 👉 https://youtu.be/nqoNim1gUb0

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM