#Adliya_aralashgach
Adliya vazirligining tashabbusi bilan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi oʻtkazilmoqda
Adliya organlarining bevosita aholi muammolarini hal etish va ularga amaliy yordam koʻrsatish borasidagi faoliyatini samaradorligi oshirish maqsadida joriy yilning 3-martidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasiga start berilgan.
Aksiya davomida “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida JShShIR shakllantirish orqali fuqarolarning oila tarkibini shakllantirish choralari koʻriladi.
“Hujjatlarni tekshirish va xatoliklarni tuzatish” burchaklarida tashrif buyuruvchilarning oila tarkibi tekshirilib, xatoliklar aniqlangan taqdirda tuzatish choralari koʻriladi.
Davlat xizmatlari markazlari va FHDY boʻlimlarida tashkil etilgan “Hujjatlarni tekshirish va xatoliklarni tuzatish” burchaklarida bugungi kunga qadar 16,5 ming nafar fuqarolar tashrif buyurib, 14,6 ming nafar shaxsning oilaviy tarkibidagi xatoliklar toʻgʻrilandi.
Shuningdek, huquqiy aksiya doirasida 15 ming 590 nafar shaxsning “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida JShShIR shakllantirish orqali oila tarkibi shakllantirildi.
Bundan tashqari, “Adliya — mahalla” platformasi orqali kelib tushgan murojaatlar asosida 779 ta tugʻilishni qayd etish, 58 ta ID-karta rasmiylashtirib berish, 434 ta oʻlimni qayd etish, 688 ta tugʻilganlik haqida takroriy guvohnoma, 910 ta tadbirkorlik subyektlari roʻyxatdan va qayta roʻyxatdan oʻtkazish va boshqa tegishli hujjatlar rasmiylashtirib berildi.
Huquqiy aksiya 31-avgustga qadar davom etadi.
📌 Kanalga ulanish

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun muhokama qilingan dolzarb masalalar: raqobatbardosh boʻlish, yangi bozorlarga kirib borish, standart, yangiliklarga oʻqitish, brend yaratish, startaplarni yuzaga chiqarib, koʻpaytirish uchun Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi.
Kichik biznes bilan ishlashga mahalladagi hokim yordamchisi, mahalla bankiridan tortib, banklar, bandlik vaziri hamda Bosh vazir oʻrinbosarlarigacha juda katta tizim safarbar qilingani taʼkidlandi.
Mutasaddilarga, viloyat hokimlariga kichik biznes vakillari bilan samarali muloqotni yoʻlga qoʻyib, ular koʻtargan tizimli masalalarni tezkor hal qilib borish topshirildi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Intellektual_mulk
“Kontrafaktsiz oy” oyligi davomida “Xanskiy” brendidan noqonuniy foydalanish holati bartaraf etildi
Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi tekshiruv davomida “Xanskiy” va “Haqiqiy” nomi ostida kontrafakt sir va goʻsht mahsulotlarini ishlab chiqarish holatlari aniqlandi.
Huquqbuzar tadbirkorlik subyektlariga nisbatan BHMning 200 baravari (75 mln soʻm) miqdorida jarima va huquqbuzarlikni bartaraf etish boʻyicha taqdimnoma qoʻllandi.
⚠️ Hurmatli isteʼmolchilar! Kontrafakt oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilishdan saqlaning, oʻzingiz va yaqinlaringiz sogʻligini xavf ostiga qoʻymang.
📌 Kanalga ulanish
“Kontrafaktsiz oy” oyligi davomida “Xanskiy” brendidan noqonuniy foydalanish holati bartaraf etildi
Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi tekshiruv davomida “Xanskiy” va “Haqiqiy” nomi ostida kontrafakt sir va goʻsht mahsulotlarini ishlab chiqarish holatlari aniqlandi.
Huquqbuzar tadbirkorlik subyektlariga nisbatan BHMning 200 baravari (75 mln soʻm) miqdorida jarima va huquqbuzarlikni bartaraf etish boʻyicha taqdimnoma qoʻllandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing
Bugun, 19-mart kuni AOKAda Adliya vazirligi Axborot xizmati rahbari Hayotjon Qilichev ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi. Unda “Kontrafaktsiz oy” doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berildi.
👉Batafsil
📌 Kanalga ulanish
Bugun, 19-mart kuni AOKAda Adliya vazirligi Axborot xizmati rahbari Hayotjon Qilichev ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi. Unda “Kontrafaktsiz oy” doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berildi.
👉Batafsil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Hududlarda ommaviy sayyor qabullar davom etmoqda
Adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev tomonidan Bekobod shahar “Navroʻz” MFYda sayyor qabul oʻtkazildi. Tegishli mutasaddi tashkilotlar masʼullari qatnashib, 30 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari tinglandi
Sayyor qabul davomida 3 ta murojaat joyida qanoatlantirildi, 12 ta murojaat koʻrib chiqish va hal etish uchun ish yurituvga olindi, qolgan masalalar yuzasidan tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.
Davlat xizmatlari markazi tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilib, 2 ta oilaning farzandi maktabgacha taʼlim tashkilotiga navbatga qoʻyilishi taʼminlandi. Mahalla hududida yashovchi ijtimoiy ogʻir ahvoldagi oilaga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazilib, yordam koʻrsatildi.

Adliya vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼullari ishtirokida yigʻilish oʻtkazilib, vazirlik faoliyati yoʻnalishlarida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Asosiy eʼtibor Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish, raqamlashtirishga oid ishlar koʻlamini kengaytirish, aholiga xizmatlar koʻrsatilishi sifatini, huquqiy axborotni yetkazish borasidagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratildi.
Shuningdek, yigʻilishda adliya vazirining bevosita davlat xizmatlari yoʻnalishi boʻyicha yangi tayinlangan vazir oʻrinbosari N.Muhammadiyev jamoaga tanishtirilib, asosiy vazifalar yuzasidan tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berildi.

ADLIYA YANGILIKLARI
#Xotin_qizlar_huquqi #Huquqiy_axborot_minbari ❗️ “Xotin-qizlarning ta'lim huquqlari” mavzusida ekspertlar bilan suhbat oʻtkaziladi Adliya vazirligi tomonidan o'tkazilayotgan “Xotin-qizlarga huquqiy koʻmak ” aksiyasi doirasida “Xotin-qizlarning ta'lim huquqlari”…
#Xotin_qizlar_huquqi #Huquqiy_axborot_minbari
Suhbat spikerlari: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi masʼul xodimlari.
📥 Savollaringizni @mehnatpodkast_bot telegram boti orqali onlayn muloqot vaqtida berishingiz mumkin.
Suhbatga ulanish 👉 https://t.me/huquqiyaxborot
📌 Kanalga ulanish
⚡️ “Xotin-qizlarning ta'lim huquqlari” mavzusida ekspertlar bilan suhbat boshlandi
Suhbat spikerlari: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi masʼul xodimlari.
📥 Savollaringizni @mehnatpodkast_bot telegram boti orqali onlayn muloqot vaqtida berishingiz mumkin.
Suhbatga ulanish 👉 https://t.me/huquqiyaxborot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
“Kambagʻallikdan farovonlik sari” davlat dasturini amalga oshirish maqsadida adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov Qarshi shahrining “Magʻzon” mahallasida “yettilik” va mahalla faollari bilan uchrashdi.
Mahallada 7004 nafar aholi mavjud boʻlib, ishsizlar 47 nafarni tashkil qiladi. Kambagʻal oilalar soni 83 nafar boʻlib, shu kunga qadar ijtimoiy ahvoli ogʻir oilalarga yordam koʻrsatilmoqda.
Xususan, 12 nafar nogironligi bor fuqarolarga davlat tomonidan reabilitatsiya mahsulotlari taqdim etilgan, mahalla tomonidan 12 turdagi oziq ovqat mahsulotlari doimiy daromadga ega boʻlmagan nogironligi bor fuqarolarga yetkazib turiladi.
Vazir oʻrinbosari oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar xonadonlarida boʻlib, ular bilan ochiq muloqot oʻtkazdi. Misol uchun, Rahimov Salohiddin 17 mln kredit olib, 3 bosh qoramol boqib oldi. Mansur Daminov 100 mln kredit olib “SAFID GOLD” ichimlik suvi ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyib, YTT sifatida oʻzini oʻzi band qildi.
Shuningdek, Alisher Karimov mahalladagi “Lider MTT” da boʻlib, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Navroʻzi olam asrlar davomida bahor, ezgulik, mehr-oqibat, mehnat va bunyodkorlik ramzi sifatida el-yurtimizning ijtimoiy-maʼnaviy hayotida beqiyos oʻrin tutib kelmoqda.
Adliya vaziri oʻrinbosari M. Ikramov Qoʻqon shahridagi “Yoshlar bogʻi”da Navroʻz bayramiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.
Navroʻz umumxalq bayramiga bagʻishlangan barcha tadbirlarni milliy qadriyat va anʼanalarimiz hamda bugungi islohotlarimizning mazmun-mohiyatiga mos holda, yuksak darajada tashkil etish, ularda yurtdoshlarimizning faol ishtirokini taʼminlash yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.