ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev Sirdaryo viloyatining Oqoltin va Sardoba tumanlaridagi mahallalarda “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi asosida olib borilayotgan ishlarni oʻrgandi.

“Mahalla yettiligi” va mutasaddi rahbarlar bilan tashkil etilgan suhbatlar chogʻida dastur doirasida aholini qoʻllab-quvvatlash, bandlikni taʼminlash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va infratuzilmani yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi boʻyicha tasdiqlangan “yoʻl xarita” ijrosi monitoring qilinib, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib aholining turmush darajasini yanada yaxshilash, “fuqaro – mahalla – adliya” tizimi asosida aholiga huquqiy yordam koʻrsatilishini taʼminlash, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini oshirish yuzasidan kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Hududlarda ommaviy sayyor qabullar davom etmoqda

Adliya vaziri oʻrinbosari M.Ikramov va Qoʻqon shahar hokimi tomonidan Qoʻqon shahar "Mingtut" MFYda sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda tegishli boshqarma va tashkilotlar masʼullari qatnashib, 40 nafarga yaqin jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabul davomida 5 ta murojaat joyida qanoatlantirildi, 7 ta murojaat ko‘rib chiqish va hal etish uchun ish yurituvga olindi, 17 ta masala yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Sherzod Rabiyev Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan axborot tahlil va media markazlar faoliyati bilan tanishdi

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida axborot tahlil va media markazlari ish boshladi.

Axborot tahlil markazida barcha dasturiy tizimlarni bir joydan turib elektron tarzda sohaviy nazorat qilish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, viloyat kriminogen portreti yaratilgan bo‘lib, bunda jinoyatchilik bo'yicha "qizil" va "sariq" hududlar yuzasidan tahliliy ma'lumotlar jamlangan.

Media markazda adliya organlari faoliyatining o‘ziga xos jihatlari, qonunchilikdagi yangiliklarga oid media materiallar tayyorlanib, efir va ijtimoiy tarmoqlarda uzatiladi.

Adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev Sirdaryo viloyatida xizmat safari davomida markazlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari “Qavali” mahallasidagi aholisining ijtimoiy-huquqiy muammolarni oʻrganmoqda


Adliya vaziri oʻrinbosari A.Karimov Qarshi shahrida Prezidentning F-18-son farmoyishi ijrosi doirasida bahor mavsumiga tayyorgarlik koʻrish, shahardagi obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish harakatlari va “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrgandi.

Vazir oʻrinbosari ishchi guruh bilan birgalikda Qarshi shahridagi “Qavali” mahallasida boʻlib, fuqarolar va “mahalla yettiligi” bilan ochiq muloqot oʻtkazdi, sohaga oid qonunchilik toʻgʻrisida tushuntirishlar berdi.

Shuningdek, ijtimoiy ahvoli ogʻir aholi qatlamining hayotini yaxshilash uchun mahalliy biznes va hunarmandchilikni rivojlantirish orqali bandlikni oshirish, kichik biznesga soliq yengilliklari berish va imtiyozli kreditlar taqdim etish, aholiga byudjet yuritish va hokazolar haqida oʻz takliflarini berdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tanlov

📣 “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi

Mazkur ko‘rik-tanlov Adliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning mart–may oylarida tashkil etilmoqda.

Ko‘rik-tanlov quyidagi 3 bosqichda o‘tkaziladi:
1️⃣ tuman (shahar) bosqichi – mart oyida;
2️⃣ hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar) bosqichi – aprel oyida;
3️⃣ respublika bosqichi – may oyida.

Koʻrik-tanlov gʻoliblari:
🥇o‘rin uchun 30 million;
🥈o‘rin uchun 20-million;
🥉o‘rin uchun 10 million pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.


⚠️ Koʻrik-tanlov shartlari quyidagicha:
1-shart blits savol-javoblar;
Bunda ishtirokchilar bittadan blits savollarga javob beradi. Maksimal 10 balldan eng yuqori natija qayd etgan 20 nafar ishtirokchilar tanlovning 2-shartida qatnashadilar.
2-shart taqdimot;
Bunda umumiy to‘planishi mumkin bo‘lgan ball 30 balldan eng yuqori natija qayd etga 3 nafar ishtirokchilar tanlovning keyingi bosqichiga yo‘l oladi.

Hurmatli oʻqituvchilar!
📥Tanlovda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining barcha “Davlat va huquq asoslari” fani o‘qituvchilari hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlariga murojaat qilish orqali ishtirok etishlari mumkin.


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifingi

📣 Bugun, 19-mart kuni AOKAda Adliya vazirligi Axborot xizmati rahbari Hayotjon Qilichev ishtirokida brifing boʻlib oʻtadi.

Mavzu: “Kontrafaktsiz oy” doirasida amalga oshirilgan ishlar.

Vaqti: 14:00

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

Adliya vazirligining tashabbusi bilan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi oʻtkazilmoqda

Adliya organlarining bevosita aholi muammolarini hal etish va ularga amaliy yordam koʻrsatish borasidagi faoliyatini samaradorligi oshirish maqsadida joriy yilning 3-martidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasiga start berilgan.

Aksiya davomida “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida JShShIR shakllantirish orqali fuqarolarning oila tarkibini shakllantirish choralari koʻriladi.

“Hujjatlarni tekshirish va xatoliklarni tuzatish” burchaklarida tashrif buyuruvchilarning oila tarkibi tekshirilib, xatoliklar aniqlangan taqdirda tuzatish choralari koʻriladi.

Davlat xizmatlari markazlari va FHDY boʻlimlarida tashkil etilgan “Hujjatlarni tekshirish va xatoliklarni tuzatish” burchaklarida bugungi kunga qadar 16,5 ming nafar fuqarolar tashrif buyurib, 14,6 ming nafar shaxsning oilaviy tarkibidagi xatoliklar toʻgʻrilandi.

Shuningdek, huquqiy aksiya doirasida 15 ming 590 nafar shaxsning “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida JShShIR shakllantirish orqali oila tarkibi shakllantirildi.

Bundan tashqari, “Adliya — mahalla” platformasi orqali kelib tushgan murojaatlar asosida 779 ta tugʻilishni qayd etish, 58 ta ID-karta rasmiylashtirib berish, 434 ta oʻlimni qayd etish, 688 ta tugʻilganlik haqida takroriy guvohnoma, 910 ta tadbirkorlik subyektlari roʻyxatdan va qayta roʻyxatdan oʻtkazish va boshqa tegishli hujjatlar rasmiylashtirib berildi.

Huquqiy aksiya 31-avgustga qadar davom etadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM