ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

“Kambagʻallikdan farovonlik sari” davlat dasturini amalga oshirish maqsadida adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov Qashqadaryo viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari davomida Qarshi shahrining “Xudoyzod” mahallasi “yettiligi” hamda mahalla faollari bilan uchrashdi.

Alisher Karimov bu yerda olib borilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishdi. Hududda 5473 ta xonadonlar mavjud, aholisi asosan ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadi.

Vazir oʻrinbosari mahalladagi oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar xonadonlarida boʻlib, ularda yaratilgan issiqxonalarni koʻzdan kechirdi, tikuvchilik va boshqa faoliyat turlariga ixtisoslashgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan uchrashdi. Ularga turli yoʻnalishlar boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berildi. Xususan, Hadicha Eshonqulova hamda Gulshan Haqberdiyevalarning issiqxonasida yetishtirilayotgan koʻkat mahsulotlariga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Intellektual_mulk

Tovar belgisidan ruxsatsiz foydalanib kelgan tadbirkorga nisbatan moliyaviy jarima qoʻllanildi

“Kontrafaktsiz oy” oyligi davomida oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida bir qator tadbirkorlik subyektlari tomonidan intellektual mulk huquqlariga rioya qilmaslik holatlar aniqlandi.

Xususan, adliya organlariga “Buroq” MChJga tegishli “BUROQ” tovar belgisidan huquq egasining roziligisiz noqonuniy foydalanib kelinganligi boʻyicha murojaat kelib tushdi.

Murojaatlari asosida “B.P” MChJda belgilangan tartibda tekshiruv oʻtkazilganda, haqiqatdan ham “BUROQ” soʻzidan transport vositalari, jumladan skuterlar, mototsikllarda, savdo doʻkoni peshtoqida, ijtimoiy tarmoqlarda huquq egasining roziligisiz foydalanganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan tadbirkorga nisbatan intellektual mulk sohasi boʻyicha qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritilganligiga qaramasdan huquqbuzarlik toʻxtatilmagan.

Shundan soʻng, huquqbuzarlikni bartaraf etish maqsadida “B.P” MChJga oʻzganing tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari (37 500 000 mln soʻm) miqdorida moliyaviy jarima solindi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuning 371-moddasiga koʻra, tovar belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki ular bilan adashtirib yuboradigan darajada oʻxshash boʻlgan bir turdagi tovarlar uchun belgilardan qonunga xilof ravishda foydalanish yuridik shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Qarshi shahridagi ijtimoiy-huquqiy muammolarni oʻrganmoqda


Adliya vaziri oʻrinbosari A.Karimov tomonidan Qarshi shahridagi “Aral” mahallasidagi “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganishda davom etmoqda.

Mahallada 2 ming 400 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ular orasida kam taʼminlangan va ehtiyojmand oilalar ham yoʻq emas. Aholining turmush darajasini yaxshilash va bandligini taʼminlash maqsadi qator amaliy choralar koʻrilmoqda.

Xususan, Gulxayo Sultanova subsidiya olib, goʻzallik salonida ish boshladi. Hozirda oilasiga yaxshigina daromad olib kelmoqda.

Abbos Rustamovga esa sogʻligini tiklash uchun pul mablagʻlari ajratilib, ikki nafar farzandiga xayriya sunnat toʻyi oʻtkazilib berildi. Ayoli Mahbuba Qulmurodova “Monomarkaz”da oʻqitilib, unga tikuv mashinasi olib berildi.

Vazir oʻrinbosari fuqarolar va “mahalla yettiligi” bilan ochiq muloqot oʻtkazdi, sohaga oid qonunchilik boʻyicha tushuntirishlar berdi, ularni qiynab kelayotgan savollarga atroflicha javob berdi.

Shuningdek, Alisher Karimov “Xudoyzod” mahallasidagi tadbirkor Mirjalol Sultonovning issiqxonasida boʻldi. U 9 sotix yer maydoniga bodring mahsulotlarini ekib, xalqimiz dasturxoniga yetkazib bermoqda.

Vazir oʻrinbosari “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida shahardagi yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida oʻtkazilgan aksiyada ishtirok etib, mevali daraxt koʻchatlarini ekdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | «Huquqiy mahalla» loyihasi murojaatlarni manzilli oʻrganish mexanizmi

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev tomonidan Bekobod shahridagi “Andijon” mahallasida fuqarolar bilan muloqot va sayyor qabul oʻtkazildi.

Mahalladagi aholi muammolari tinglandi, huquqiy maslahat berilib, murojaatlar nazoratga olindi.

Davlat xizmatlari markazi tomonidan sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilishi taʼminlandi.

Ushbu mahallada “Huquqiy mahalla” tadbiri oʻtkazilib, aholining huquqiy muammolari oʻrganildi. Huquqiy hujjatlar tayyorlanishiga amaliy koʻmaklashildi.

Shu bilan birga, Bekobod shahrida “Navroʻz” tadbiri oʻtkaziladigan “Yoshlar bogʻi”dagi obodonlashtirish va tayyorgarlik ishlari koʻrib chiqilib, shahar mutasaddilariga tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi
doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganish davomida adliya vazir oʻrinbosari A.Karimov Qarshi shahridagi “Qavali” ishlab chiqarish kichik sanoat zonasida ham boʻldi.

“YEVROPLAST” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishib, tadbirkorni qiynab kelayotgan huquqiy muammolarga yechim berdi.

Shuningdek, “Qavali” mahalla “yettiligi” bilan uchrashib, ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Sohaga oid qonunchilik toʻgʻrisida tushuntirishlar berdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM