ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tashabbusi
bilan Yangi O‘zbekistonda ilk bor “Nodavlat notijorat tashkilotlari bog‘lari”ni yaratishga start berildi.

2025-yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” davlat dasturi hamda “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida joriy yilning 15-mart kuni Adliya vazirligi tomonidan O‘rmon xo‘jaligi agentligi va nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokida ijtimoiy sheriklik asosida “Nodavlat notijorat tashkilotlari bog‘i” ijtimoiy loyihasi amalga oshirildi.

Loyihaning dastlabki bosqichida 50 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari Toshkent viloyati Ohangaron tumanida “Nodavlat notijorat tashkilotlari bog‘i”ni tashkil etishda faol ishtirok etishdi. Mazkur bog‘ qariyib 2 gektar maydonni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ushbu bog‘ga 2 mingdan ortiq iqlimga mos manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekish ishlari amalga oshirildi.

“Nodavlat notijorat bog‘lari”da har bir tashkilot uchun alohida hudud belgilab beriladi va ko‘chatlar parvarishi doimiy nazoratda olindi.

Mamlakatimizda yashil maydonlarni kengaytirish maqsadida boshlangan mazkur ezgu loyiha doirasida respublikamizning qolgan barcha hududlarida ham “NNTlar bog‘i”ni yaratish maqsad qilingan.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_loyiha

❗️Shaxslarning tasvirga boʻlgan huquqlarini mustahkamlashga qaratilgan qonun loyihasining jamoatchilik muhokamasida ishtirok eting!


Fuqarolik kodeksiga koʻra, shaxslarning tasvirga boʻlgan huquqi daxlsiz. Shunga qaramay, kishilarning ushbu huquqini taʼminlash borasida qonunchilikda boʻshliqlar mavjud.

Insonlarning tasvirga boʻlgan huquqini mustahkamlash maqsadida Adliya vazirligi tomonidan milliy huquqni qoʻllash amaliyoti va 30 ga yaqin xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilinib, tegishli qonun loyihasi ishlab chiqildi hamda aholi fikrini oʻrganish maqsadida jamoatchilik muhokamasiga joylashtirildi.

❗️Loyihaga koʻra, endilikda, umumiy qoida tariqasida, har qanday kishining foto yoki video tasvirga olish yoki ushbu tasvirdan foydalanish uchun uning roziligi talab qilinadi.


Shu bilan birga, loyihada quyidagilar belgilanmoqda:
16 yoshdan boshlab oʻsmirlar ularni tasvirga olish, tasvirdan foydalanish uchun mustaqil rozilik bera oladi;
jamoat joylarida va ommaviy tadbirlarda tasvirga olish uchun ruxsat talab qilinmaydi;
davlat xizmatchilarini xizmat vazifasida cheklovsiz tasvirga olish va tasvirdan foydalanish mumkin;
noqonuniy harakatlarni tasvirga olish uchun rozilik shart emas;
videokuzatuv tizimlari haqida ogohlantiruvchi belgilar oʻrnatilishi shart;
kishilarning qisman yoki toʻliq kiyimsiz boʻlishni taqozo etadigan joylarda (tibbiyot xonasi, hammom, kiyim almashtirish xonalari va boshqa) videokuzatuvni amalga oshirish taqiqlanadi.

❗️Agar tasvirdan rozilik berilgan maqsaddan boshqa maqsadda yoki inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadigan tarzda foydalanilsa, rozilik chaqirib olinishi mumkin.


Loyihaning toʻliq matni bilan quyida tanishingiz mumkin
👇
https://regulation.adliya.uz/project/4745/9962?contentLang=oz

💬 Fikr va takliflaringizni kutib qolamiz!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Keling, ko‘chat ekamiz!

Adliya vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Nodavlat notijorat tashkilotlari bog‘i”da sportchilar, san’atkorlar, quvnoqlar va zukkolar, faol yoshlar jam bo‘lishdi. Yo‘nalishlari turli xil bo‘lgan 50 dan ortiq NNTlar bir maqsad yo‘lida birlashdi. Biz musaffo tabiat tarafdorimiz!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | O‘zbekistonda ilk bor “Nodavlat notijorat tashkilotlari bog‘i” yaratildi

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud-kompyuter texnikaviy ekspertizasi boʻlimi faoliyati haqida umumiy maʼlumot 👉 infografikada.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o’rinbosari Bekobod shahridagi ijtimoiy-huquqiy muammolarni o’rganmoqda


Adliya vaziri o’rinbosari Sh.Rabiyev Toshkent viloyatining Bekobod shahrida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining F-18-son farmoyishi ijrosi doirasida bahor mavsumiga tayyorgarlik ko’rish, shahardagi obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish harakatlari va “Kambag’allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o’rganmoqda.

Vazir o’rinbosari ishchi guruh bilan birgalikda Bekobod shahridagi og’ir taifadagi "Andijon" va "Navro’z" mahallalarda bo’lib, fuqarolar va mahalla yettiligi bilan uchrashib suhbatlashdi, sohaga oid qonunchilik to’g’risida tushuntirishlar berdi.

"Yashil makon" dasturi doirasida "Paxtakor" mahallasida kichik bog’ tashkil etilib, daraxt ko’chatlari ekildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

💬 ai.lex.uzsunʼiy intellekt javob beradi

Savol: Oliy oʻquv yurtini yaqinda tamomlab bir vazirlikka ishga hujjat topshirgan edim sinov muddati bilan ishga olishibdi shu toʻgʻrimi?

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Adliya vazirligida yangi tayinlovlar

Adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan:

Akbarjon Radjapov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Akbarjon Radjapov 1992-yilda Urganchda tugʻilgan. Maʼlumoti oliy: 2013-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan (mutaxassisligi — huquqshunos).

U Adliya vazirligidagi mehnat faoliyatini 2017-yilda Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan. 2017–2023-yillarda ushbu boshqarmada turli lavozimlarda ishlagan. 2023–2025-yillarda Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi boshligʻi boʻlgan.

Xidirali Sodiqov — Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Xidirali Sodiqov 1990-yilda Surxondaryo viloyatining Qumqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy: 2019-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan (mutaxassisligi — huquqshunos).

U Adliya vazirligidagi mehnat faoliyatini 2019-yilda Jinoiy, maʼmuriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan. 2019–2023-yillarda ushbu boshqarmada turli lavozimlarda ishlagan. 2023–2025-yillarda Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi Transport, arxitektura va qurilish, uy-joy va kommunal xoʻjalik sohasidagi qonunchilik boʻlimi boshligʻi boʻlgan.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

“Ziyo ulash” aksiyasini yanada ommalashtirish orqali kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishda sanʼatkorlar ham faol ishtirok etmoqda.


Ayni kunlarda ular Yunusobod tumani davlat xizmatlari markaziga kitoblar topshirib, barcha uchun kitoblardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish tashabbusini qoʻllab-quvvatladilar.

Loyihaga oʻz hissasini qoʻshmoqchi boʻlgan har bir yurtdoshimiz oʻziga yaqin hududdagi davlat xizmatlari markaziga oʻzi oʻqigan kitoblardan olib kelib, “bukkrossing” burchagida qoldirishi va oʻrniga boshqasini olishi mumkin. Shu tariqa kitoblar almashinuvi orqali ilm va ziyo tarqatilishiga erishamiz.


💡 Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tanlov

Adliya vazirligi tomonidan “Best IP – 2025” eng yaxshi intellektual mulk obyektlari tanlovi oʻtkaziladi

Tanlovda so‘nggi uch yil (2022—2024-yillar) davomida muhofaza hujjatlari olingan va amalda saqlab turilgan eng yaxshi ixtiro yoki foydali model, eng yaxshi seleksiya yutug‘i, eng yaxshi sanoat namunasi nominatsiyalari bo‘yicha qabul qilinadi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

Kitob javonda emas, qalblarda yashashi kerak!


“Ziyo ulash” aksiyasi — bu shunchaki kitob alishish emas, bu bilim, ilhom va ziyo ulashish demakdir!

📍Davlat xizmatlari markaziga keling.
📖 Kitob tanlang va oʻqing.
📎Oʻqib boʻlgach, qaytaring yoki oʻrniga boshqasini qoldiring.

Qisqa vaqtda ushbu tashabbus orqali koʻngillilar tomonidan 20 mingdan ortiq kitob yigʻildi va ularning 11,3 ming donasi yangi egalarini topdi.

💡 Kitob — inson hayotini oʻzgartirishi mumkin! Siz ham bilim ulashing, “bukkrossing”ga marhamat!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Intellektual_mulk

Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan navbatdagi tovar belgilari bilan tanishing.

Brend — kompaniya nufuzi, mahsuloti haqida maʼlumot berib, isteʼmolchi eʼtiborini jalb qiladi. Ayniqsa tovar nomi jarangdor boʻlsa yanada yaxshi, chunki Sizning mahsulotingiz boshqalarnikidan ajralib turadi.

Yuqoridagi rasmda “Mumtoz”, “Sharq gavhari”, “Mehri” kabi tovar belgilarini koʻrishingiz mumkin.

❗️Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish brendni himoya qilish va biznesni rivojlantirish uchun muhim omildir.

⚠️ Unutmang tovar belgisi BIRINCHI BOʻLIB HUJJAT TOPSHIRGAN shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

“Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.

Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun Adliya vazirligining 📎im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM