ADLIYA YANGILIKLARI
16.5K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.48K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Xodimga ish kuni davomida dam olish uchun qancha tanaffus berilishi kerak

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“Samarqand noni”ni milliy brend sifatida shakllantirish masalalariga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi


Bugun, 3-mart kuni Samarqand shahrida Adliya vazirligi tomonidan Samarqand viloyati hokimligi bilan hamkorlikda “Samarqand noni”ni milliy brend sifatida shakllantirish masalalari bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Ushbu uchrashuvda mahalliy nonvoylarga mahsulotni geografik ko‘rsatkich sifatida muhofaza qilish orqali undan qo‘shimcha daromad manbai sifatida foydalanishning yo‘llari va afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ma’lumot uchun: Adliya vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi o‘rtasida “Samarqand noni” geografik ko‘rsatkichini targ‘ib qilish va rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️DIQQAT EʼLON‼️

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan “Oʻzbek ayoli - oʻtmish, nafosat, kelajak ramzi” nomli an'anaviy IV Respublika fotokoʻrgazmasiga taklif etamiz!

Joriy yilning 6-10-mart kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi hamda Toshkent Fotosuratlar Uyi hamkorligida “Oʻzbek ayoli – oʻtmish, nafosat, kelajak ramzi” shiori ostida "SPORT TARIXIDA MATONATLI AYOL SIYMOSI!" nomli IV Respublika fotoko‘rgazmasi tashkil etilmoqda.

Fotokoʻrgazmaning tantanali ochilish marosimi 6-mart kuni soat 11.00 da Toshkent Fotosuratlar uyida tashkil etiladi.

Manzil: Toshkent Fotosuratlar uyi, Toshkent shahri Istiqbol koʻchasi 4 uy.
Moʻljal: Toshkent kurantlari yonida.

📍Fotoko‘rgazma 10-martgacha davom etadi.

—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | YouTube
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida yangi xodimlarning adaptatsiya bosqichi amaliyotga tatbiq etildi

Adaptatsiya — xodimning yangi ish joyiga tez va samarali moslashuvini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmui.

Yangi xodimlar ilk ish kunida:
Inson resurslari boshqarmasi tomonidan jamoaga tanishtiriladi;
maʼmuriy binoga ekskursiya tashkil qilinadi;
birlamchi yo‘l-yo‘riqlarni tushuntirishga qaratilgan amaliy instruktajlar o‘tkaziladi;
vazirlikning asosiy faoliyat yo‘nalishlari hamda qadriyatlari tushuntiriladi;
funksional vazifalar hamda amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatish uchun mentor biriktiriladi.

Adaptatsiya haqida 👉batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi faoliyati haqida umumiy maʼlumot 👉infografikada

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TashkentLawSpring

⚡️Toshkent yuridik forumi – 2025: raqamli davr va huquqiy kelajak muammolari

May oyida Toshkent yana huquq va yurisprudensiya sohasidagi yetakchi mutaxassislarni o‘ziga jalb etuvchi markazga aylanadi.

29–30-may kunlari O‘zbekiston poytaxtida navbatdagi “Tashkent Law Spring” xalqaro yuridik forumi bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi forumning asosiy mavzusi — “Raqamli texnologiyalar davri: kelajakka huquqiy nazar”.

Forum an’anaviy tarzda turli mamlakatlardan davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar, yetakchi huquqshunoslik kompaniyalari, ilmiy hamjamiyat vakillari va mutaxassislarni bir maydonda jamlaydi.

Ishtirokchilar raqamli davrning asosiy huquqiy muammolari, sun’iy intellektni tartibga solish, kiberxavfsizlik, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, elektron tijorat va raqamlashtirish sharoitida huquqni qo‘llash amaliyotining o‘zgarishi masalalarini muhokama qiladilar.

“Tashkent Law Spring” uzoq vaqtdan beri o‘zini huquq sohasida tajriba almashish va zamonaviy yondashuvlarni ishlab chiqish uchun muhim xalqaro maydon sifatida ko‘rsatib kelmoqda.

Forum yangiliklarini quyidagi saytda kuzatib boring 👉https://tashkentlawspring.uz/

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xotin_qizlar_huquqi

❗️“Xotin-qizlarning mehnat huquqlari” mavzusida ekspertlar bilan suhbat o'tkaziladi


Adliya vazirligi tomonidan o'tkazilayotgan “Xotin-qizlarga huquqiy ko'mak ” aksiyasi doirasida “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari” mavzusida ekspertlar bilan suhbat tashkil etiladi.

Ovozli chat 5-mart kuni soat 16:00 da Huquqiy axborot telegram kanalida boshlanadi.

🎙Suhbat spikerlari: O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti mas'ul xodimlari.

📥 Savollaringizni @mehnatpodkast_bot telegram boti orqali oldindan yoki to'g'ridan to'g'ri onlayn muloqot vaqtida berishingiz mumkin.

Mazmunan bir-biriga yaqin savollarga umumlashtirilgan holda javob beriladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kontrafaktsiz_oy

“Kontrafaktsiz oy” oyligi davomida intellektual mulkni himoya va muhofaza qilish boʻyicha sayyor uchrashuvlar oʻtkazilmoqda

Joriy yilning 15-fevralidan “Kontrafaktsiz oy” oyligiga start berildi. Oylikdan koʻzlangan maqsad nafaqat kontrafakt mahsulotlarni realizatsiya qilayotgan shaxslarni javobgarlikka tortish, balki intellektual mulk huquqiga rioya qilish yuzasidan huquqiy madaniyatni kuchaytirish va kontrafaktga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirishdan iborat hisoblanadi.

Adliya vazirligi va Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan hududda faoliyat yuritayotgan bir necha tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Xususan, “Sardor Jamshid” MCHJ ishlab chiqarayotgan “Gʻisht tashish” uchun moʻljallangan texnika vositasi va “TUPLOFF”MCHJ ishlab chiqarayotgan “Isitish moslamasi”ni intellektual mulk obyektini bir turi boʻlgan foydali model yoki sanoat namunasi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma topshirish tartibi, shuningdek, “Navroʻz total textile” MCHJga oʻz tovar belgisiga ega boʻlishning afzalliklari haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, “Leon Universal” MCHJga tegishli boʻlgan “Leon” tovar belgisidan noqonuniy foydalanish holatini oldini olish boʻyicha uslubiy yordam koʻrsatildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor boʻldi

Gulruxsorabegim Abdusaidova — Toshkent davlat yuridik universitetining jinoiy odil sudlov fakulteti 4-bosqich talabasi — Prezident qarori bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Gulruxsorabegim Abdusaidova kuchli bilim sohibasi, chet (rus, ingliz, yapon va nemis) tillarida mukammal soʻzlashadi. Koʻplab respublika va xalqaro miqyosda oʻtkazilgan nufuzli bellashuvlar, musobaqalar va tanlovlarda munosib qatnashib, faxrli oʻrinlarni egallagan. Xususan, Niderlandiya qirolligi Gaaga shahrida oʻtkazilgan IBA International Criminal Court Moot Court Competition 2024 xalqaro musobaqasida xalqaro jinoiy huquq sohasidagi yozma ishi uchun 100 balldan 93 ballni qoʻlga kiritib, xalqaro sertifikat bilan taqdirlangan.

U Yaponiyaning Nagoya universitetiga 2024-yilgi bahorgi semestrni oʻqishi uchun tanlovda ishtirok etib, universitetning talabalar orasidan chet elga toʻliq grant asosida oʻqishga qabul qilingan yagona vakil. Yaponiyada oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlagan va Nagoya universitetining xalqaro sertifikati bilan taqdirlangan.

Germaniyaning Regensburg universitetiga 2024-yilgi kuzgi semestr oʻqishi uchun eʼlon qilingan tanlovda Gulruxsorabegim TDYUU talabalari orasidan gʻolib chiqqan va toʻliq grant asosida oʻqishga qabul qilingan. Shuningdek, Berlin shahridagi Buyuk Britaniyaning konsulligida International English Language Testing System (IELTS) xalqaro imtihonini muvaffaqiyatli topshirib, 8.0 (S1) darajali IELTS xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritgan.

AQSHning dunyo reytingida kuchli 100 talikdan joy olgan PennState Dickinson Law universitetiga 2025/2026-oʻquv yiliga magistraturada tahsil olishga eʼlon qilingan xalqaro tanlovda ishtirok etib, 45 ming dollari grant yutib olgan va universitetga oʻqishga qabul qilingan. Shu kabi AQSHning dunyo reytingida kuchli 20 talikdan joy olgan Cornell, Berkeley va Boston universitetlariga magistratura bosqichiga qabul qilingan.

Surxondaryolik Gulruxsorabegim Termiz shahridagi “Bogʻzor” mahallasida 2023-yil yoz faslida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida “Huquqiy madaniyat” toʻgaragini tashkil etgan.

Adliya vazirligi jamoasi Gulruxsorabegimni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tilaydi!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

“Klinika” so‘zini eshitganimizda, birinchi navbatda odamlar davolanadigan joy xayolimizga keladi.

Biroq Toshkent davlat yuridik universitetida kasalliklarni davolamaydigan, aksincha huquqiy masalalarni tushunishga yordam beradigan o‘ziga xos klinika faoliyat yuritmoqda.

Yuridik klinika haqida batafsil 👉 videoda

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM