ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_munosabati

Нотариусларни қонунга риоя этишини ва фуқаролар ҳуқуқларини таъминлаш мақсадида ҳар бир ҳаракатни электрон дастурда тасдиқлашдан олдин тушунтириш учун битимнинг мураккабилигига қараб 3 дақиқадан 10 дақиқагача вақт белгиланди.

Бугун республикада 900 яқин нотариус фаолият юритаётган бўлиб, битта нотариусга кунига ўртача 15 тадан нотариал ҳаракат тўғри келмоқда ва бу аҳоли эҳтиёжларини тўлиқ қондиришга етарлидир.

👉Батафсил

@adliyangiliklari
#Adliya_munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 1-oktabridan respublikaning barcha tuman va shaharlarida tashkil etiladigan yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatiga oid turli xil fikrlarga Adliya vazirligi o‘z munosabatini bildirgan edi.

Yuridik xizmatlar ko‘rsatish markazlari tashkil etilganligiga ham mana 2 oydan ortiq vaqt o‘tdi.

Xo‘sh yuridik xizmatlar ko‘rsatish markazlari hozirgi kunga qadar nimalarni amalga oshirdi?

Yuridik xizmatlar ko‘rsatish markazlari faoliyati yuzasidan ma'lumotlarga e'tibor bersak.
Respublikadagi jami markazlarga kelib tushgan hujjatlar soni qisqa 2 oydan ortiq vaqt ichida 138 265 tani tashkil qilmoqda.

Shundan:
▫️ huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib ijobiy xulosa berilgan hujjatlar soni 101 045 ta;
▫️shartnomaviy munosabatlarga oid hujjatlar soni 32 597 ta;
▫️sudgacha hal etish yuzasidan kiritilgan talabnomalar soni 74 ta;
▫️ tashkilot manfaatlarini ko‘zlab sudga kiritilgan da'vo arizalari soni 61 tani tashkil qiladi.

Markazlarda faoliyat yuritayotgan xodimlari tomonidan 835 ta murojaatlar ko‘rib chiqilgan, 187 ta o‘rganishlar va 412 ta monitoringlar o‘tkazilgan, aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 147 ta xabarnomalar berilgan.

Shuningdek, markazlar xodimlari tomonidan 100 mingdan ortiq huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, soha faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan 1 000 dan ortiq takliflar kiritilgan.

Ma'lumot uchun: markazlar respublikaning barcha hududlarida joriy etilishidan avval 3 ta hududda: Namangan shahri, Qarshi va Marhamat tumanlarida 1 yil davomida eksperiment tariqasida ishga tushirilgan. Eksperimentning ijobiy natijalaridan kelib chiqib, markazlar respublikaning barcha hududlarida tashkil etilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari to‘g‘risida aniq qaysi markazligini ko‘rsatmayotgan holda fikr qoldirayotgan fuqarolarimizga Adliya vazirligi istalgan vaqtda ular bilan uchrashib har qanday murojaatlarni ko‘rib chiqishga hamda ularning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni muhokama qilishga tayyorligini ma'lum qiladi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
#Adliya_munosabati

Adliya vaziri Senatda shaxslar emas, holatlar bo'yicha axborot berdi.

2021-yil 4-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisida adliya vaziri R.Davletovning 2021-yilda davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.

Adliya vaziri o‘z axborotida bir qator muhim masalalar xususan, 2021-yil davomida vazirlikka huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan 2 554 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalarining 88 foizi (2 246 ta) huquqiy ekspertizadan o‘tkazilganligi va 12 foizi (308 ta) ekspertiza o‘tkazilmasdan qaytarilganligi, loyihalarning 640 tasi (28 foiz) e’tirozlar bilan qaytarilganligi haqida ma‘lumot berdi.

Shuningdek, gilotina usulini qo‘llash, hududlarda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash bo‘yicha joriy etilgan “BUSINESS INDICATOR” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi, hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlash bo‘yicha “Huquq ustuvorligi” avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishga tushirilganligi haqida ham axborot berildi.

Adliya vaziri o‘z axborotida yana bir muhim masala - yer ajratish borasida ham ma‘lumotlarni taqdim etdi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda yer ajratish allaqachon auksion orqali amalga oshirish tizimiga o‘tilgan bo'lsada, baribir to‘g‘ridan-to‘g‘ri yer ajratishga urinishlar uchrab turibdi. Bu masala bo‘yicha tushuntirishlar berildi, yer ajratishga oid ko‘pchilik narsalar, xususan registratsiya kitoblarini yuritish mahalliy davlat hokimiyati organlaridan olib qo‘yilgan.

Lekin Toshkent viloyatida 2021-yil oktyabr oyida 781 gektar yer maydoni MChJga shundoq berib yuborilganliga haqida ma’lumot berildi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Adliya vaziri tomonidan yuqoridagi Toshkent viloyatida bo‘lgan yer ajratish bo‘yicha holatlar biror subyekt yoki shaxs tomonidan sodir etilganligi yoxud sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish masalasi bo‘yicha hech qanday ma’lumot berilmagan.

Faqatgina bu kabi holatlarni oldini olish kerakligi, yer ajratishda yanada e’tiborli bo‘lish lozimligi va bu sohadagi islohotlarni davom ettirish joizligi haqida aytib o‘tilgan.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

31-yanvar
▪️ Adliya vazirligi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

1-fevral
▪️ Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston biatlon federatsiyasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

▪️ Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining majlisida Adliya vazirligi axboroti dastlabki tarzda eshitildi.

▪️ 2021-yil yakuni boʻyicha nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida “Ochiqlik indeksi” natijalari e’lon qilindi.

2-fevral
▪️ Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

3-fevral
▪️ AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Adliya vazirligi matbuot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan Adliya vazirligi faoliyatiga oid hamda boshqa masalalar bo‘yicha ko‘tarilgan savol va murojaatlarga javob berdi.

▪️ Yuristlar malakasini oshirish markazida yuriskonsult va advokatlar uchun malaka oshirish kurslari boʻlib oʻtmoqda.

4-fevral
▪️Oliy Majlis Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisida adliya vaziri Ruslanbek Davletov “Norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyotining holati” bo‘yicha axborot berdi.

▪️ Adliya vazirligining Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi Suxrob Yusupov yanvar oyning eng yaxshi xodimi deb topildi.

▪️ Tadbirkorlik sohasida ko'rsatiladigan davlat xizmatlari" mavzusida ovozli chat boʻlib oʻtdi.

▪️ “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oyi” doirasida “Huquqiy axborot minbari” ruknida gender tenglik, oilaviy zo‘ravonlik va huquqiy madaniyatni oshirish bo‘yicha audio podkast tashkil etildi.

5-fevral
▪️ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston: adolat solnomasi” hujjatli filmning ilk namoyishi bo‘lib o‘tdi.

▪️ Adliya vazirligi va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining tashabbusi bilan “Paxta xom ashyosi yetishtirish hamda xarid qilish bo‘yicha fyuchers shartnoma” loyihasi fermerlar va mas'ul idoralar vakillari ishtirokida muhokama qilindi.
___________

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

▫️ 2022-yil 1-fevraldan boshlab qonunchilikda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
___________

#Adliya_munosabati

▫️ Adliya vaziri Senatda shaxslar emas, holatlar bo'yicha axborot berdi.

@adliyangiliklari
#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

17-may
▪️ Adliya vazirligi hamda “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining O‘zbekistondagi filiali bilan hamkorlikda tayyorlangan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlar to‘plami” taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

▪️ Gender masalalari bo‘yicha trenerlarni tayyorlovchi o‘quv seminarlariga start berildi.

▪️ Davlat boshqaruvi organlarining hududiy masalalarni hal qilishdagi mas'uliyati va javobgarligini kuchaytirish hamda ularning strategik yo‘nalishlarini rejalashtirishga qaratilgan yangi tizim yaratish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

18-may
▪️ Adliya vaziri ommaviy sayyor qabulda Toshkent viloyat aholisi murojaatlarini qabul qildi.

19-may
▪️ Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov Buxoro viloyatida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati, davlat organlari va tashkilotlariga huquqiy xizmat ko‘rsatish sifati, ishni samarali tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.

▪️ Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov Buxoro viloyatidagi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan uchrashdi.

▪️ Adliya vaziri o'rinbosari ommaviy sayyor qabulda Toshkent viloyat aholisi murojaatlarini qabul qildi.

20-may
▪️ Davlat xizmatlari markazlariga keluvchilarning 90 foizi rozi – so‘rovnoma natijasi.

▪️ Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida qonunchilikdagi yangiliklarga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

21-may
▪️ Adliya vaziri xizmat safari davomida Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan nodavlat-notijorat tashkilotlari vakillari, jurnalistlar hamda blogerlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

▪️ Ichki ishlar va adliya organlari xodimlaridan iborat maxsus shtablar tashkil etiladi.

▪️ Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi talabalari bilan uchrashdi.

▪️ Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Angor tumanida davlat xizmatlari markazi uchun qurilgan yangi binoda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

▪️ Adliya vaziri Sherobod va Bandixon tumanlaridagi adliya idoralari bilan tanishdi.
____________

#Adliya_munosabati

▫️Haydovchilik guvohnoma almashtirish muddati uzaytirilishi DXMlarga haydovchilar oqimini 10 barobardan ko‘proq kamaytirdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_munosabati

Rasmiy munosabat

Adliya vazirligi tizimida ishlayotgan xodimlarning, xususan, rahbarlarning davlat xizmatchisi obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan har qanday xatti-harakat sodir etishdan tiyilishi, ularni jamiyat o‘rnatilgan axloq normalariga rioya qilishi yuzasidan muntazam choralar ko‘rib boradi. Shu bilan birga, ko‘p ming sonli xodimlarning har birini ishdan tashqari vaqtda odob-ahloq qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish imkoniyati cheklangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarda qayd etilgan vazirlik hududiy boshqarmasi rahbarining na qonunlarga, na axloq va qadriyatlarga mos kelmaydigan harakatlari bizni chuqur larzaga soldi. Ushbu jinoiy harakat haqidagi bizga ma'lum bo‘lgan vaqtidayoq u lavozimidan ozod etilgan. Unga nisbatan tegishli sud hukmi chiqarilib, jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Qonunchilikka ko‘ra, sudlar o‘z faoliyatini davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda olib boradi, o‘z hukm-qarorlarini mustaqil ravishda chiqaradi. Shu sababli Adliya vazirligi sobiq xodimga nisbatan sud hukmini sharhlash vakolatiga ega emas.

Takidlash joizki, yaqinda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ayollar hamda voyaga yetmaganlarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan o‘zgartirishlar to‘plami, keng jamoatchilik vakillari bilan bamaslahat, maromiga yetkazilgan holda qabul qilindi.

Ushbu o‘zgartirishlarga asosan, jinsiy jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlik yanada kuchaytirilmoqda, mazkur shaxslar uchun jazo tayinlashni yengillashtiruvchi holatlar, shu jumladan, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni qo‘llash taqiqlanmoqda.

Mazkur qonun hozirda Senatda ko‘rib chiqish uchun tayyorlanmoqda.

Adliya vazirligi jamiyatda xotin-qizlar, xususan, voyaga yetmagan va imkoniyati cheklanganlarni huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan barcha faollar bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma'lum qiladi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
#Adliya_munosabati

Adliya vazirligi huzuridagi sobiq Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan byudjet mablag‘larini talon-taroj qilganlik holati yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma'lumotlar yuzasidan Adliya vazirligi quyidagilarni ma'lum qiladi.

Vazirlikning ichki audit xizmati 2022-yil dekabr – 2023-yil fevral oylarida 2019–2022-yillarda davlat xizmatlari ko‘rsatishda noto‘g‘ri to‘langan yoki xizmatdan foydalanilmagan mablag‘larni yuridik va jismoniy shaxslarga qaytarishda belgilangan tartibga rioya etilishi o‘rganilgan. O‘rganishda cobiq Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasida 864 mln so‘m va Samarqand viloyat boshqarmasida 394 mln so‘m jismoniy va yuridik shaxslarga qaytarishi lozim bo‘lgan mablag‘lar ayrim buxgalteriya va davlat xizmati markazi xodimlari tomonidan o‘zlashtirilganligi aniqlangan.

Ko‘rilgan choralar natijasida o‘zlashtirilgan mablag‘lar to‘liq qaytarilishi ta'minlangan. Aybdor 7 nafar xodim lavozimidan ozod etilgan hamda jinoiy javobgarlik masalasini hal etish uchun to‘plangan meteriallar shu yil fevral oyida prokuratura organlariga yuborilgan.

Shu o‘rinda ta'kidlash kerakki, davlat xizmatlari markazlari aholiga yiliga 11,5 mlndan ortiq xizmat ko‘rsatadi va bu xizmatlar uchun 1,1 trln so‘m to‘lovlar undiriladi, xato o‘tkazilgan yoki xizmatdan foydalanmagan 4 mingga yaqin shaxsga to‘langan mablag‘lar qaytariladi.

Barcha jarayon maxsus elektron dasturda amalga oshadi va xodimlar suiste'mol qilishi holatini aniqlash va oldini olish choralari ko‘rib boriladi.

Adliya tizimida faoliyat yuritayotgan har bir xodim o‘z vazifasini halol va vijdonan bajarishi eng yuksak qadriyat hisoblanadi. Bu qadriyatga rioya qilmagan har qanday xodimga nisbatan keskin choralar ko‘riladi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
#Adliya_munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Yuridik yordam” axborot tizimida texnik muammolar kuzatilayotganligi haqidagi xabarlar yuzasidan
Adliya vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21-noyabrdagi 774-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali advokatni tanlashning mexanizmlari belgilangan. Shunga koʻra, tizim tergov va sud organlarining tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilinib, advokatni elektron tanlash funksiyasi ishga tushirilgan.

“Yuridik yordam” axborot tizimi imkoniyatlari takomillashtirilib borilayotganligi, bu borada amaliyotdagi muammolarni aniqlash va ularni tezkorlik bilan bartaraf qilish maqsadida vazirlik tomonidan “Telegram”messenjerida “e-advokat.uz” guruhi tashkil qilingan va ushbu guruhda yoʻllanayotgan masalalarga vazirlik masʼul xodimlari qisqa fursatlarda javob berib kelmoqda.

Bugungi kunda respublika boʻyicha 1 799 nafar advokat davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish haqida ixtiyoriy ravishda adliya organlari bilan “Yuridik yordam” axborot tizimida shartnoma tuzib, tizimga kiritilgan. Hozirda davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatuvchi advokatlar ushbu advokatlar orasidan elektron shaklda tanlanmoqda.

Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish masalasida tizimning muntazam ishlashi masalasi Adliya vazirligining hayʼat majlisida ham muhokama qilinib, masʼul xodimlarga tizimni doimiy monitoring qilib, uzluksiz ishlashini taʼminlab borish vazifasi berilgan.

“Yuridik yordam” tizimining ishlashi unga integratsiya qilingan boshqa axborot tizimlari bilan bogʻliq boʻlib, ulardagi uzilishlar “Yuridik yordam” axborot tizimiga ham taʼsir koʻrsatadi. Xususan, joriy yilning 7—8-fevral kunlari “E-imzo” tizimida texnik uzilishlar kuzatilganligi sababli, advokatlar orderlarni imzolashda texnik muammolarga duch kelgan. Hozirda ushbu muammo “E-imzo” tizimiga masʼul organlar tomonidan bartaraf etilgan.

Foydalanuvchilarga qulayliklar yaratish, ishni osonlashtirish va tizim samaradorligini oshirish maqsadida boshqa davlat organlarining platformalarini yangi hisoblangan “Yuridik yordam” tizimiga integratsiya jarayoni davom etmoqda. Ushbu davrda baʼzan texnik nosozliklar yuz berishi mumkin. Adliya vazirligi foydalanuvchilar bilan muloqotga ochiqligi, muammo yuzaga kelganda uni tezkorlik bilan hal qilishga tayyorligini maʼlum qiladi.

❗️Tizim boʻyicha savol yoki muammolar vujudga kelganda, “Telegram” messenjeridagi
“e-advokat.uz” guruhi yoki vazirlikning 71-207-04-51 (ichki 1159) telefon raqamlari orqali murojaat qilish mumkin. Bu tizimni yanada takomillashtirish imkonini beradi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM