ADLIYA YANGILIKLARI
16.5K subscribers
24.9K photos
2.74K videos
39 files
9.48K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Adliya vazirligi va Koreya intellektual mulk idorasi huzuridagi Koreya patent ma’lumotlari instituti (KIPI) vakillari tomonidan “O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish” loyihasi bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.

Ushbu tadbir doirasida Adliya vazirligida Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) O‘zbekistondagi idorasi rahbari Myon Sop Shin boshchiligidagi delegatsiya va adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramovboshchiligidagi vazirlik vakillari o‘rtasida yakuniy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda KOICA, KIPI va vazirlik vakillari o‘rtasida “O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish” loyihasi bo‘yicha hafta davomida olib borilgan tadqiqot natijalari, loyiha yo‘nalishlari va amalga oshirish muddatlari, shuningdek, kelajakdagi istiqbollar muhokama qilindi.

Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov o‘z kirish so‘zida KOICAga loyihani qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirib, mamlakatimizda intellektual mulk sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish jarayonlarida xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish hamda intellektual mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishdagi davlat xizmatlari haqida ma’lumot berdi.

O‘z navbatida, KOICA  idorasi rahbari janob Shin ushbu loyihaning davlat xizmatlarini raqamlashtirish, xususan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan maqsadlarni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi va loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi soha bo‘yicha O‘zbekistonning mintaqada yetakchi davlatlardan biriga aylanishiga imkon yaratishini ta’kidlab o‘tdi.

Ta’kidlash joizki, Adliya vazirli 2024-yil iyun oyida KOICA tomonidan “Mamlakatlar bo‘yicha loyihalar va dasturlar” dasturi doirasida “O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish” loyihasi g‘olib deb topildi.

Loyihani amalga oshirish uchun 9,73 mln. AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“Kontrafaktsiz oy” oyligiga start berildi

Bugun, 17-fevral kuni Adliya vazirligi tomonidan “Kontrafaktsiz oy” oyligi yuzasidan matbuot anjumani oʻtkazildi. Tadbirda Adliya vazirligi masʼul xodimlari bilan bir qatorda soha boʻyicha masʼul vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.

Taʼkidlangandek, mazkur oylik davomida aholi oʻrtasida intellektual mulk huquqiga rioya qilish, kontrafakt mahsulotlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, mualliflik sohasida qaroqchilikka, shu jumladan “plagiatga” qarshi kurashish maqsadida ishlab chiqaruvchi, sotuvchi, nashriyot va koʻngil ochar maskanlarda huquqbuzarlikni oldini olishga qaratilgan profilaktika chora-tadbirlar, xususan, ogohlantirish va noqonuniy harakat uchun javobgarlik mavjudligi haqidagi targʻibotni kuchaytirish yoʻlga qoʻyiladi.

Shuningdek, isteʼmolchilarda kontrafakt tovarni aslidan farqlash koʻnikmasini hosil qilish maqsadida tushuntirish ishlari olib boriladi. Fuqarolarning mazkur sohada huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan targʻibot tadbirlari oʻtkaziladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

Adliya vazirligining bir qator xodimlari kitob almashish tashabbusini qoʻllab-quvvatlab, Yunusobod tumani davlat xizmatlari markaziga oʻnlab huquqiy nashrlar va badiiy adabiyotlarni olib kelishdi. Endi DXMga tashrif buyuruvchilar kitob olib, bilimlar dunyosiga shoʻngʻishi va xohlasa, oʻz kitobini almashtirib qoldirishi mumkin.

“Ziyo ulash” aksiyasi shunchaki kitob almashinuvi emas, balki jamiyatni ilm-maʼrifat atrofida birlashtiruvchi harakatdir. Zero, har bir oʻqilgan sahifa — bu yangi qarash, gʻoya, rivojlanish va boshqalarni ilhomlantirish imkoniyatidir.

Kitoblar javonlarda chang bosib yotmasligi kerak — ular yashashi va insonlarni oʻzgartirishi lozim. “Ziyo ulash” aksiyasiga qoʻshiling, sevimli asarlaringizni ulashing va jamiyatda bilim aylanmasini yaratishga hissa qoʻshing!

Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

💬 ai.lex.uzsunʼiy intellekt javob beradi

Savol: Kimlar davlat hisobidan bepul yuridik yordam olishlari mumkin?

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan Yashnobod tumanida joylashgan “Ishga marhamat” monomarkazi binosida Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek va Mirobod tumanlarida aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, mahallalarda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish yuzasidan ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda 132 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etib, 103 ga yaqin murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi. Shuningdek, 49 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirish berildi, 31 ta murojaat bo‘yicha sayyor davlat xizmatlari hamda 10 ta notarial xizmatlar ko‘rsatildi.

Murojaatlar asosan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, pensiya, kommunal to‘lovlar, imtiyozli kredit, meros, uy-joyga subsidiya olish, ijtimoiy himoya masalalari yuzasidan bo‘ldi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

Gulbahor Yalgasheva Xatirchi tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar markazida mental arifmetika boʻyicha toʻgarak rahbari. Unga 2024-yilda Birlashgan Arab Amirliklarida oʻtkazilgan tanlovda oʻquvchisi bilan qatnashgan safar xarajatlari toʻlab berilmagan. Yalgashevaning murojaati adliya ish yurituviga olinib, muammo sud orqali hal etildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Aholi va tadbirkorlar uchun yana bir qulaylik: qurilishga ruxsat olish muddati 40%ga qisqardi

Adliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan Toshkent shahrida eksperiment tariqasida qurilishga ruxsat berish va arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini (ART) ishlab chiqish davlat xizmatlari kompozit tarzda koʻrsatish boʻyicha qoʻshma qaror tasdiqlandi.

Mazkur hujjatga asosan 2025-yil 15-fevraldan boshlab, qurilishga ruxsat berish va arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan muddatlar va koʻrib chiqish bosqichlari sezilarli darajada qisqartirildi.

Xususan, umumiy muddat 20 ish kunidan 12 ish kuniga, koʻrib chiqish bosqichlari 11 dan 7 taga qisqartirildi va yigʻim miqdori
BHMning 1,5 baravardan 0,5 baravariga tushirildi.

Muqaddam mazkur davlat xizmatlaridan foydalanish uchun talabgorlar jami 5 marotaba (ruxsatnoma uchun ariza yuborish, ruxsatnomani olish, ART uchun ariza yuborish, ART toʻlovini amalga oshirish hamda ARTni olish) davlat xizmatlari markazlariga kelishlari lozim boʻlgan boʻlsa, hozirda ushbu raqam 3 marotabagacha qisqardi (YIDXPdan yuborilsa kelish shart emas).

Bu oʻzgarishlar nafaqat ortiqcha ovoragarchilikni, balki vaqt va mablagʻni tejashga ham yordam beradi. Bitta ariza bilan qurilishga ruxsatnoma va ART hujjatlarini olish imkoniyati yaratildi.

Eksperiment 2025-yil oxiriga qadar Toshkent shahrida olib boriladi va natijalari boʻyicha respublika miqyosida joriy qilish uchun Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etiladi.

Yangi tartib shahar va respublikadagi qurilish sohasini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam boʻlib, aholi va tadbirkorlar uchun qulayliklar yaratishga xizmat qiladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

“Handalak” kulgi jamoasi aʼzosi, qiziqchi Ortiq Sultonov “Ziyo ulash” loyihasi doirasida Urgut tumani davlat xizmatlari markazida tashkil etilgan kutubxona burchagiga sevimli kitoblarini taqdim etdi:

“Inson hayotida hech kimni koʻrgisi, eshitgisi kelmaydigan damlar boʻladi. Ana shunaqa paytlarda faqat kitobdan maʼnaviy ozuqa olib, inson ruhi taskin topadi. Mutolaa shunchaki bilim emas, bu — kuch. Kitob oʻqiydigan inson doimo bir qadam oldinda boʻladi”.


💡Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xalq_orasida

Kafillik shartnomasini bekor qilsa boʻladimi? Oʻzganing kreditini toʻlagan kafil pullarini qaytarib olishi mumkinmi?

Bu savollarga mutaxassis javob berdi.

Batafsil 👉 videoda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

Adliya vazirligi xodimlari “Ziyo ulash” aksiyasi doirasida kitoblar bilan o‘rtoqlashishni davom ettirmoqdalar. Navbatdagi manzil — Yashnobod tumani davlat xizmatlari markazi.

Endi markazga tashrif buyurgan har bir kishi kitob olib o‘qishi va keyinchalik o‘z kitobini boshqalar bilan baham ko‘rishi mumkin.

Tashabbusga qoʻshilmoqchimisiz?
Yagona sharti: oʻqib boʻlgach, boshqaga bering. Kitoblaringizni eng yaqin davlat xizmatlari markaziga topshiring. Ehtimol, aynan sizning kitobingiz kimnidir yangi yutuqlarga ilhomlantirishi mumkin.

💡Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yil 18-fevral kuni hududiy adliya organlarida 2025-yilga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlarni (KPI) bajarishda e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan masalalar, adliya bo‘limlari faoliyatida “Sirdaryo tajribasi”ni tatbiq etishning tashkiliy va amaliy jihatlariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Vazir kotibiyati boshlig‘i A.Sarabekov raisligida tashkil etilgan ushbu seminarda Markaziy apparatning hududiy adliya organlari bilan bevosita ish olib boradigan boshqarmalari boshliqlari, hududiy adliya organlari rahbarlari, adliya bo‘limlari tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etdi.

Seminar ishtirokchilariga maqsadli ko‘rsatkichlar erishish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish, alohida ahamiyat qaratish zarur bo‘lgan masalalar yuzasidan zarur ko‘rsatma va tavsiyalar, ishtirokchilarning mavzu bo‘yicha savollariga atroflicha javob berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM