#Adliya_xabari
Qoraqalpogʻistonda tadbirkorlarga intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish va huquqiy muhofaza qilish boʻyicha koʻmak koʻrsatish davom etmoqda.
Adliya vazirligi masʼul xodimlari tomonidan Nukus shahrida joylashgan “Modern biznes klub” tadbirkorlar klubida “Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish va huquqiy muhofaza qilish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish va huquqiy muhofaza qilish tartiblari toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Shundan soʻng mebel ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “MURATBEK MEBEL” MCHJga borilib, tadbirkorga tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish va uning afzalliklari tushuntirildi. Shu joyning oʻzida tadbirkorga tegishli “MURATBEK MEBEL” brendini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma topshirildi.
Shuningdek, Qoraqalpogʻistonning uzoq yillik tarixi, urf-odat va qadriyatlari bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan “Qaraqalpaq qara uyi” – oʻtovni geografik koʻrsatkich sifatida roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha tushunchalar berildi.
📌 Kanalga ulanish

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mening_adliyam #Mehr_ulash
👍 Donor sifatida mehr ulashing va hayotlarni saqlab qoling!
Bugun Adliya vazirligida “Mehr ulashish” aksiyasi doirasida xodimlar qon topshirish orqali qon quyishga muhtoj kishilarga yordam berishga tayyor ekanliklarini namoyish etdilar. Axir qon — bu shunchaki biologik suyuqlik emas, balki hayot qutqarish imkoniyatidir!
Inson tanasida qancha miqdorda qon bor? Qonning barcha aʼzolarni aylanib chiqishi uchun qancha vaqt kerak boʻladi? Bir marta qon topshirish nechta insonning hayotini saqlab qolishi mumkin?
Aksiya ishtirokchilari mana shu va boshqa savollarga javob berdilar. Bu haqida batafsil 👉 navbatdagi videomizda.
📌 Kanalga ulanish
Bugun Adliya vazirligida “Mehr ulashish” aksiyasi doirasida xodimlar qon topshirish orqali qon quyishga muhtoj kishilarga yordam berishga tayyor ekanliklarini namoyish etdilar. Axir qon — bu shunchaki biologik suyuqlik emas, balki hayot qutqarish imkoniyatidir!
Inson tanasida qancha miqdorda qon bor? Qonning barcha aʼzolarni aylanib chiqishi uchun qancha vaqt kerak boʻladi? Bir marta qon topshirish nechta insonning hayotini saqlab qolishi mumkin?
Aksiya ishtirokchilari mana shu va boshqa savollarga javob berdilar. Bu haqida batafsil 👉 navbatdagi videomizda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Vazirlik xodimlari uchun psixolog ishtirokida trening oʻtkazildi
Bugun Adliya vazirligida psixolog Parizoda Kuraxmedova ishtirokida xodimlar uchun trening tashkil etildi. Unda inson psixologiyasi, ichki kuchlarni tiklash usullari va hayotiy vaziyatlarga ijobiy munosabatni shakllantirish haqida maʼlumot berildi.
Trening davomida xodimlar samarali ishlash uchun zarur boʻlgan asosiy ichki resurslar, stress bilan kurashish va quvvatni tiklash yoʻllari haqida bilim oldilar. Psixolog ishtirokchilarga oʻz his-tuygʻularini qanday boshqarish va samaradorlikni saqlab qolishni chuqurroq tushunishga yordam beradigan hayotiy misollar keltirdi.
Kasbiy charchashning oldini olish, oʻz imkoniyatlaridan oqilona foydalanish hamda ish va shaxsiy hayot oʻrtasidagi muvozanatni saqlashning muhimligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Bu kabi treninglarni tashkil etish — xodimlarning yuqori darajadagi ruhiy farovonligini taʼminlash, yanada barqaror va gʻayratli jamoa yaratish yoʻlidagi qadamdir.

Bugun, 14-fevral kuni poytaxtning Shayxontohur tumanida yangi davlat xizmatlari markazining tantanali ochilishi boʻlib oʻtdi. Tadbirda adliya vaziri Akbar Toshqulov ishtirok etdi.
Markazga tashrif buyuruvchilar endilikda zamonaviy sharoitlarda 410 dan ortiq davlat xizmatlaridan bir kunda 1500 nafarga yaqin fuqaro foydalanishi mumkin. Bu esa aholiga vaqt va resurslarini tejash imkonini beradi.
Bino milliy va zamonaviy meʼmorchilik anʼanalarining uygʻunligida qurildi. Fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratilgan boʻlib, bu yerda bolalar maydonchasi, ovqatlanish burchagi (kafe), Wi-Fi zonasi tashkil etilgan, shuningdek, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish uchun zamonaviy kiosklar oʻrnatilgan.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mehr_ulash
👍 Adliya vazirligida Respublika qon quyish markazi bilan hamkorlikda “Mehr ulash” nomli donorlik qonini topshirish aksiyasi o‘tkazildi.
Tafsilotlar 👉 videoda
📌 Kanalga ulanish
Tafsilotlar 👉 videoda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash
Zokir Ochildiyev “Ziyo ulash” aksiyasini qoʻllab-quvvatladi:
Tashabbusga qoʻshilmoqchimisiz? Yagona sharti: oʻqib boʻlgach, boshqaga bering. Kitoblaringizni eng yaqin davlat xizmatlari markaziga topshiring. Ehtimol, aynan sizning kitobingiz kimnidir yangi yutuqlarga ilhomlantirishi mumkin.
Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi.
📌 Kanalga ulanish
Zokir Ochildiyev “Ziyo ulash” aksiyasini qoʻllab-quvvatladi:
“Bilim javonlarda changlanib yotmasligi kerak — uni boshqalar bilan baham koʻrish lozim. “Ziyo ulash” aksiyasi oʻsish va rivojlanishni istagan har bir kishiga kitoblarni yetkazishga yordam beradi.
Hamkasblarimiz bilan birga kitoblarimizni oʻqib tugatganimizdan keyin farzandlarimizga, ulardan keyin shogirdlarimizga va muxlislarga ulashishni odat qildik. Kitob oʻqing. Oʻqib boʻlgach, yoshlarga ulashing! Axir bitta kitob tafakkurni oʻzgartirishi, oʻzgargan tafakkur esa inson taqdirini oʻzgartirishi mumkin“.
Tashabbusga qoʻshilmoqchimisiz? Yagona sharti: oʻqib boʻlgach, boshqaga bering. Kitoblaringizni eng yaqin davlat xizmatlari markaziga topshiring. Ehtimol, aynan sizning kitobingiz kimnidir yangi yutuqlarga ilhomlantirishi mumkin.
Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
Maxsus reportaj | Prezident qarorlari hayotda va nazoratda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmonida belgilangan topshiriqlar ijrosi Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan doimiy nazorat qilib borildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezident qarorlari va farmonlari ijrosi yuzasidan tayyorlangan koʻrsatuv “Oʻzbekiston 24” telekanalida.

Adliya vazirligi va Koreya intellektual mulk idorasi huzuridagi Koreya patent ma’lumotlari instituti (KIPI) vakillari tomonidan “O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish” loyihasi bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.
Ushbu tadbir doirasida Adliya vazirligida Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) O‘zbekistondagi idorasi rahbari Myon Sop Shin boshchiligidagi delegatsiya va adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramovboshchiligidagi vazirlik vakillari o‘rtasida yakuniy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda KOICA, KIPI va vazirlik vakillari o‘rtasida “O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish” loyihasi bo‘yicha hafta davomida olib borilgan tadqiqot natijalari, loyiha yo‘nalishlari va amalga oshirish muddatlari, shuningdek, kelajakdagi istiqbollar muhokama qilindi.
Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov o‘z kirish so‘zida KOICAga loyihani qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirib, mamlakatimizda intellektual mulk sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish jarayonlarida xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish hamda intellektual mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishdagi davlat xizmatlari haqida ma’lumot berdi.
O‘z navbatida, KOICA idorasi rahbari janob Shin ushbu loyihaning davlat xizmatlarini raqamlashtirish, xususan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan maqsadlarni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi va loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi soha bo‘yicha O‘zbekistonning mintaqada yetakchi davlatlardan biriga aylanishiga imkon yaratishini ta’kidlab o‘tdi.
Ta’kidlash joizki, Adliya vazirli 2024-yil iyun oyida KOICA tomonidan “Mamlakatlar bo‘yicha loyihalar va dasturlar” dasturi doirasida “O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish” loyihasi g‘olib deb topildi.
Loyihani amalga oshirish uchun 9,73 mln. AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.

“Kontrafaktsiz oy” oyligiga start berildi
Bugun, 17-fevral kuni Adliya vazirligi tomonidan “Kontrafaktsiz oy” oyligi yuzasidan matbuot anjumani oʻtkazildi. Tadbirda Adliya vazirligi masʼul xodimlari bilan bir qatorda soha boʻyicha masʼul vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.
Taʼkidlangandek, mazkur oylik davomida aholi oʻrtasida intellektual mulk huquqiga rioya qilish, kontrafakt mahsulotlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, mualliflik sohasida qaroqchilikka, shu jumladan “plagiatga” qarshi kurashish maqsadida ishlab chiqaruvchi, sotuvchi, nashriyot va koʻngil ochar maskanlarda huquqbuzarlikni oldini olishga qaratilgan profilaktika chora-tadbirlar, xususan, ogohlantirish va noqonuniy harakat uchun javobgarlik mavjudligi haqidagi targʻibotni kuchaytirish yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, isteʼmolchilarda kontrafakt tovarni aslidan farqlash koʻnikmasini hosil qilish maqsadida tushuntirish ishlari olib boriladi. Fuqarolarning mazkur sohada huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan targʻibot tadbirlari oʻtkaziladi.