ADLIYA YANGILIKLARI
16.5K subscribers
24.9K photos
2.74K videos
39 files
9.48K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Tadbirkorlarga intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va huquqiy himoya qilish bo'yicha joyiga chiqqan holda amaliy yordam ko'rsatilmoqda

Adliya vazirligining Intellektual mulk departamenti xodimlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlik subyektlariga tovar belgisiga ega boʻlishning afzalliklari hamda uning huquqiy himoyasi toʻgʻrisida joyiga chiqqan holda huquqiy tushuntirishlar berildi.

Xususan, “LONG WATER” MCHJ hamda “NO‘KIS VINOZAVODI” AJ faoliyati bilan tanishildi. Ularga tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va uning afzalliklari, kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurash, intellektual mulk huquqlarini buzganlik uchun javobgarlik choralari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga tegishli “Chilpiq” va “Qarataw” tovar belgilarini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma topshirishga ko‘maklashildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-2-moddasiga muvofiq Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2025-yil 5-fevraldagi 1-sonli yigʻilish qaroriga asosan:

▫️Shirin shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius M.Shukurovning xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyasi amal qilishi 2025-yil 10-fevraldan 1 oy muddatga toʻxtatildi.
_________________

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2025-yil 7-fevraldagi 1-son yigʻilish qaroriga asosan Navoiy viloyat adliya boshqarmasining 2025-yil 11-fevraldagi tegishli buyrugʻi bilan:

▫️Karmana tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius J.Mahmudovga xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyasi amal qilishi 2025-yil 12-fevraldan 2 oy muddatga toʻxtatildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

Adliya vazirligi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan “Ziyo ulash” aksiyasi Oʻzbekistonning barcha hududlarini qamrab olmoqda. Aksiyaga koʻplab davlat idoralari va parlament vakillari qoʻshilmoqda.

Xususan, bugun Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Ulugʻbek Shermatov Chilonzor tumanidagi davlat xizmatlari markaziga kitoblar topshirib, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va barcha uchun kitoblardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi.

Agar sizda ham oʻqib boʻlgan va uyda turgan kitoblaringiz boʻlsa, oʻzingizga yaqin davlat xizmatlari markazi yoki boshqa adliya organlariga olib boring. “Ziyo ulash” javoniga qoʻying va javondan oʻzingizga yoqqan kitobni shunday olib ketavering. Oʻqib boʻlgach, qaytib olib keling va yana boshqa kitobga almashtirib ketsangiz ham boʻladi.

💡Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tanlov

Adliya vazirligi tomonidan “Best IP – 2025” eng yaxshi intellektual mulk obyektlari tanlovi oʻtkaziladi

Tanlovda so‘nggi uch yil (2022—2024-yillar) davomida muhofaza hujjatlari olingan va amalda saqlab turilgan eng yaxshi ixtiro yoki foydali model, eng yaxshi seleksiya yutug‘i, eng yaxshi sanoat namunasi nominatsiyalari bo‘yicha qabul qilinadi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
qonunchilik_hujjatlari_va_ularning_loyihalarini_tartibga_solish.pdf
587.3 KB
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini tartibga solish taʼsirini baholash tizimi boʻyicha 2024-yil yakunlari yuzasidan axborot eʼlon qilindi

Mazkur axborotda O‘zbekistonda qonunchilik hujjatlarini tartibga solish taʼsirini baholash (TSTB) tizimining joriy etilishi, rivojlanishi va 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar qamrab olingan.

Axborotda qonunchilik hujjatlari loyihalarini va amaldagi hujjatlarni baholash natijalari, tizimni takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar va xalqaro hamkorlik masalalari yoritilgan.

Xususan, 2024-yil yakunlariga ko‘ra, TSTB hisoboti bilan taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ulushi 77 foizga yetgan.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

Bugungi kunda "Ziyo ulash" loyihasi O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab olmoqda va ishtirokchilar soni kundan-kunga ortib bormoqda.

Sanʼatkorlar ham “Ziyo ulash” aksiyasiga qoʻshilmoqdalar. Ular poytaxtdagi davlat xizmatlari markazlaridan biriga kitoblar topshirib, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va barcha uchun kitoblardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish tashabbusini qoʻllab-quvvatladilar.

Tashabbusga qoʻshilmoqchimisiz? Yagona sharti: oʻqib boʻlgach, boshqaga bering. Kitoblaringizni eng yaqin davlat xizmatlari markaziga topshiring. Ehtimol, aynan sizning kitobingiz kimnidir yangi yutuqlarga ilhomlantirishi mumkin.

Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi.


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Yangi Namangan tumanida respublika ishchi guruhining sayyor qabuli oʻtkazildi. Unda mutasaddilar Namangan shahar, Davlatobod va Yangi Namangan tumanlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlarini qabul qildi.

Adliya vazirligi masʼullari va viloyat boshqarmasi rahbariyati tomonidan 18 nafar fuqaroning murojaatlari tinglanib, 5 nafariga joyida huquqiy tushuntirish berildi. Oʻrganishni talab etadigan 2 ta murojaat ish yurituvga olindi.

Shu kuni 10 nafardan ziyod fuqaroga davlat xizmatlari markazi mutaxassislari va notariuslar tomonidan xizmatlar koʻrsatildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mehr_ulash

👍 Adliya vazirligi tashabbusi bilan Respublika qon quyish markazi bilan birgalikda 14-fevral kuni “Mehr ulash” qon topshirish xayriya aksiyasi oʻtkaziladi.

Aksiyada adliya organlari va muassasalari xodimlari bilan birga Toshkent shahri aholisi va mehmonlari ham ishtirok etishlari mumkin.

❗️Eslatma: donor boʻlish uchun pasportning (ID) asli yoki elektron shakli kerak boʻladi.

Qon va qon mahsulotlari murakkab tibbiy va jarrohlik muolajalarni boshdan kechirayotganlarga va baxtsiz hodisalar oqibatida jarohatlanganlarga samarali yordam koʻrsatishda juda muhim manbadir. Donor bemorlarni hayotini saqlab qolishi, unga yangi hayot tuhfa qilishi mumkin.

Adliya vazirligi jamoasi “Donor sifatida mehr ulashing va hayotlarni saqlab qoling” chaqirigʻi bilan qolganlarni ham ushbu xayriya aksiyasiga qoʻshilishga chorlaydi.

🗓 Vaqti va sanasi: 14-fevral, 09:30 — 13:00

📍 Manzil: Toshkent shahri, Sayilgoh, 5 (Adliya vazirligi binosi).

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

💬 ai.lex.uzsunʼiy intellekt javob beradi

Savol:
Og‘ir turmush sharoitidagi xotin-qizlarning uy-joyini taʼmirlash uchun qancha miqdorda pul beriladi?

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Obyektiv

Maktab direktori buyrugʻini yurist bekor qilishi mumkinmi?

Yuridik xizmat koʻrsatish markazlarining vazifalari nimalardan iborat, markazlarga ishga kirish uchun qanday talablar mavjud, ushbu markazlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgandan keyin qanday ijobiy natijalarga erishildi, yuridik xizmat yuristlar uchun qanchalik jozibador? Bu gal “Obyektiv”ning tahliliy-huquqiy nigohi yuridik xizmat faoliyati sohasiga qaratildi.

Toʻliq video 👉 https://youtu.be/K-rU2cBVuHA

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Andijonda intellektual mulk masalalariga bagʻishlangan sayyor qabul tashkil etildi

Intellektual mulk sohasini rivojlantirish, aholi va tadbirkorlarning murojaatlarni koʻrib chiqish, ularning sohaga oid qonunchilik hujjatlari va yangiliklar haqida xabardorligini oshirish maqsadida “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi rahbariyati ishtirokida Andijonda sayyor qabul oʻtkazildi.

Sayyor qabul tadbirkorlik subyektlari, manfaatdor shaxslar, mualliflar, hammualliflar oʻrtasida ochiq muloqot tarzida boʻlib oʻtdi. Unda sohaga oid muammolar oʻrganildi va ularni yechish yoʻllari muhokama qilindi. Bir nechta jismoniy shaxslarga oʻzlari ishlab chiqaradigan ijod namunalariga muhofaza hujjati olish uchun talabnoma topshirishda professional yuridik yordam koʻrsatildi.

Shu bilan birga, intellektual mulk obyektlari muhofazasini taʼminlash, ularni samarali himoya qilish mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish va amalga oshirish hamda bu yoʻnalishdagi amaliyotni takomillashtirish toʻgʻrisida ham tushuntirishlar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

Vohidjon Isoqov, xonanda:
“Kitoblarni oʻqish — cheksiz imkoniyatlarga ega boʻlishdir. “Ziyo ulash” aksiyasi bilimni har bir insonga yaqinlashtiradi“.


Tashabbusga qoʻshilmoqchimisiz? Yagona sharti: oʻqib boʻlgach, boshqaga bering. Kitoblaringizni eng yaqin davlat xizmatlari markaziga topshiring. Ehtimol, aynan sizning kitobingiz kimnidir yangi yutuqlarga ilhomlantirishi mumkin.

Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi.


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM