ADLIYA YANGILIKLARI
16.5K subscribers
24.9K photos
2.74K videos
39 files
9.49K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

TIQQM vakillarining intellektual mulk sohasi boʻyicha bilim va koʻnikmalarni oshirishga qaratilgan 2-bosqich trening mashgʻulotlari yakunlandi

Adliya vazirligi huzuridagi «Intellektual mulk markazi» davlat muassasasi mutaxassislari tomonidan Fanlar akademiyasi, Oliy taʼlim muassasalari, Ilmiy-tadqiqot institutlari va Erkin iqtisodiy zonasi direksiyalari huzurida faoliyat yuritayotgan Texnologiya va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazlari (TIQQM) masʼul vakillarining intellektual mulk sohasi boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan treninglar oʻtkazildi.

Mashgʻulotlar davomida TIQQM faoliyatini tashkil etish va taʼminlash (yuritish) boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirilganligi toʻgʻrisida hisobotni toʻgʻri shakllantirish, IMO haqida tushunchalar va ularga talabnoma topshirish qoidalari batafsil tushuntirildi.

Ushbu treningning ajralib turuvchi jihati shundaki, unda asosan endigina oʻz faoliyatlarini boshlagan TIQQMlarning masʼul vakillari ishtirok etmoqdalar. Bu esa yangi tashkil etilgan markazlar masʼul vakillariga intellektual mulk sohasiga oid zarur bilim va koʻnikmalarni egallash imkonini beradi. Ishtirokchilar oʻzaro tajriba almashish, yangi bilimlarni egallash va intellektual mulk sohasida amaliy koʻnikmalarni shakllantirish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Tinglovchilarga mashgʻulotlar yakuni boʻyicha sertifikatlar topshirildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📣 Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan 2025-yilning 6-fevral kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazilishi munosabati bilan malaka imtihoni jarayoni soat 10-00 dan boshlab videotasvirga olinib, Internet tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Qoʻshrabot tumanida aholi bilan ochiq muloqot oʻtkazdi

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Samarqand viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari doirasida Qoʻshrabot tumanidagi mahallalarda boʻlib, aholi bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

— Taqdimotlar, rejalar oʻz yoʻliga, menga oʻzingiz duch kelayotgan muammo, turmush sharoitingizni yanada yaxshilash yoʻli, farovonlikka chiqish uchun bizdan nima yordam kerakligi haqida gapiring, — dedi adliya vaziri A.Toshqulov “Navkat” mahallasida oʻtkazilgan ochiq muloqotda. Shundan soʻng uchrashuv samimiy suhbatga aylandi. Eʼtiborlisi, adliya vaziri mahalladagi kambagʻal oilalarni qoʻllab-quvvatlashda hududning ixtisoslashuviga eʼtibor qaratishni ilgari surdi.

Muloqot yakuni boʻyicha mahallada yoʻl boʻyi qoʻshimcha xizmat koʻrsatish, bola parvarishi bilan band boʻlgan xotin-qizlarni qoʻshimcha daromad topishga qaratilgan loyihalar belgilab olindi. Jumladan, boʻsh turgan binoda hudud aholisi va yoshlari uchun kasb-hunar oʻrgatuvchi markazga aylantirish tashabbusini bildirildi.

“Doʻstlik” mahallasida ham bu jarayonlar davom etdi. Akbar Toshqulov mahalla binosida, ogʻir sharoitda yashayotgan aholi xonadonlarida boʻldi, fuqarolarning muammolari, huquqiy, ijtimoiy masalalarini tingladi. Ularga zarur texnikalarni topshirdi.

Viloyatda “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasidagi amaliy ishlar davom etmoqda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

Hasanboy Doʻsmatov “Ziyo ulash” aksiyasiga qoʻshildi

Ikki karra olimpiya chempioni Hasanboy Doʻsmatov Andijon shahar davlat xizmatlari markaziga kitoblar bilan kirib keldi.

Butun respublika boʻylab Adliya vazirligining Ziyo ulash” aksiyasi davom etmoqda. Yagona sharti: oʻqib boʻlgach, boshqaga bering.

Agar sizda ham oʻqib boʻlgan va uyda turgan kitoblaringiz boʻlsa, oʻzingizga yaqin davlat xizmatlari markazi yoki boshqa adliya organlariga olib boring. Ziyo ulash” javoniga qoʻying va javondan oʻzingizga yoqqan kitobni shunday olib ketavering. Oʻqib boʻlgach, qaytib olib keling va yana boshqa kitobga almashtirib ketsangiz ham boʻladi.

Bu ijtimoiy loyiha, kitoblardan foydalanish bepul. Kitoblar soni ortib ketsa, kam taʼminlangan oilalarga ham sovgʻa qilamiz. Ehtimol, aynan sizning kitobingiz kimnidir yangi yutuqlarga ilhomlantirishi mumkin. Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi Axborot xizmatiga yangi rahbar tayinlandi


Adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan, Xayotjon Odilovich Klichev Axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Xayotjon Klichev 1987-yilda Buxoro shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 2010-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, huquqshunos. 2-darajali adliya maslahatchisi.

Xayotjon Klichev adliya tizimida 2011-yilda ishlay boshlagan. Hududiy adliya boshqarmalari va Adliya vazirligi markaziy apparatida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. Xususan, 2019-yilda Huquqiy targʻibot va maʼrifat boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari boʻlgan. 2019–2022-yillarda Prezident Administratsiyasi masʼul xodimi sifatida faoliyat olib borgan.

Maʼlumot uchun, lavozimga tayinlov Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga koʻra amalga oshirildi.

Adliya vazirligi jamoasi Xayotjon Klichevni mazkur masʼuliyatli tayinlov bilan qutlaydi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov xizmat safarining ikkinchi kunida Qoʻshrabot tumanidagi “Mayintepa” mahallasida boʻldi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan oilalar, fuqarolarning muammolari, huquqiy masalalarini oʻrgandi. Mahallada kambagʻallikni kamaytirish, bu borada ichki resurslardan foydalanish yuzasidan tavsiyalar berdi. Hududdagi ichki imkoniyatlarni borib koʻrdi. Ishlab chiqarish orqali daromad topayotgan yoshlar bilan muloqot qilib, ularning muammolariga quloq tutdi.

Mahalla ahli hududda til oʻrganish kursi, IT-markazi tashkil etishda amaliy koʻmak soʻradi. Buning uchun alohida bino ajratilib, zarur sharoitlar yaratilishi aytildi.

“Qiyqim” mahallasidagi oʻrganishlar ham samimiy suhbatga ulandi. Aholi adliya vaziriga nafaqat muammolari, balki takliflarini ham bildirdi. Muloqotlar chogʻida mahallada tadbirkorlik orqali shaxsiy daromadga kirishni istovchilar koʻpligi oydinlashdi. Ularning aksariyatini joy bilan bogʻliq muammosi bor.

Misol uchun, N.Safarova tadbirkorlik qilish yoʻlida duch kelayotgan masalasi adliya aralashuvi bilan sud tartibida koʻrib chiqiladigan boʻldi. Xonadonida kichik issiqxona tashkil qilgan A.Isroilovning shu yoʻnalishdagi faoliyatini kengaytirish masalasi oʻrganib chiqiladi. Muloqot davomida koʻtarilgan huquqiy muammolar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Stokgolm savdo palatasi Arbitraj institutining bosh kotibi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Bugun, 4-fevral kuni Adliya vazirligida Stokgolm savdo palatasi (SCC) Arbitraj institutining bosh kotibi Karoline Falkoner bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda adliya va huquq sohasida hamkorlik aloqalari, xususan, nizolarni hal qilishning muqobil imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Dastavval, Oʻzbekistonda arbitraj institutini rivojlantirishda amalga oshirilayotgan ishlar, soʻnggi tendensiyalar haqida maʼlumot berildi. Jumladan, 2021-yilda yangi “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisidagi”gi Qonun qabul qilinib, unda tijorat nizolarini hal qilish tartibiga jiddiy oʻzgartirishlar kiritilganligi qayd etildi. Ushbu qonun arbitraj jarayonlariga ishonchni oshirishga va arbitraj institutlarini rivojlantirishga qaratilgan.

K. Falkoner, oʻz navbatida Oʻzbekistonda arbitraj institutini rivojlantirish sohasidagi islohotlarni yuqori baholadi. Stokgolm savdo palatasi arbitraj institutining afzalliklari haqida batafsil maʼlumot berdi. Jumladan, SCC arbitraj institutining nizomi oʻzbek tiliga tarjima qilinib, institutning rasmiy saytiga joylanganini aytib oʻtdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM