ADLIYA YANGILIKLARI
16.6K subscribers
24.9K photos
2.74K videos
39 files
9.49K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_va_yoshlar

Adliya vaziri oʻrinbosari Andijonda yoshlar bilan uchrashdi

Adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari bilan uchrashdi. Muloqot davomida vazir oʻrinbosari bugungi kunda yurtimizda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, shaxsiy huquq va erkinliklari hamda ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini ragʻbatlantirish masalalariga toʻxtalib oʻtdi.

Shuningdek, adliya organlarining ish faoliyati, tizimga ishga kirish uchun taʼlim yoʻnalishlari hamda bitiruvchi yoshlarga berilgan imtiyozlar haqida asosli tushuntirishlar berildi.

Ochiq muloqot formatida boʻlib oʻtgan uchrashuvda yoshlar bir qator takliflarni ilgari surdilar hamda oʻzlarini qiziqtirgan savollarini toʻgʻridan-toʻgʻri vazir oʻrinbosariga yoʻllashdi.

Uchrashuv yakunida universitet rahbariyati bilan kelgusidagi ishlar muhokama qilinib, vazifa va rejalar belgilab olindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“Ijro intizomi — samaradorlik omili”

Prezident Administratsiyasi va Adliya vazirligi masʼullaridan iborat respublika ishchi guruhi ishtirokida Xorazm viloyat hokimligida “Ijro intizomi — samaradorlik omili” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlarida hamda shahar va tuman hokimliklarida ijro intizomiga masʼullar ishtirok etdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son farmoni hamda 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorining mazmun-mohiyati va joriy etilgan tizimning alohida jihatlari haqida maʼlumot berildi.

Respublika ishchi guruhi vakillari ijro intizomini tartibga solishning huquqiy asoslari bilan bir qatorda, “Ijro.gov.uz” tizimi orqali viloyatda nazoratga olingan topshiriqlar ijrosi haqida toʻxtalib oʻtdi.

Ishtirokchilar faoliyati davomida joriy qilinayotgan yangiliklar, qiyinchilik tugʻdirayotgan baʼzi holatlar yuzasidan masʼullardan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.

Shuningdek, hududda tarmoqlararo ijro intizomini tashkil etishda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan taklif-mulohazalar bildirildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Xususiy bogʻcha uchun toʻlangan toʻlovlardan daromad soligʻini qaytarib olish mumkinligi haqida bilarmidingiz?

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Andijon viloyatida tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatiladigan davlat xizmatlarining sifatini oshirish, ulardagi muammolarni aniqlash masalalari yuzasidan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.

Maʼlumki, tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda joylardagi davlat xizmatlari markazlari alohida ahamiyat kasb etadi.

Adliya vaziri oʻrinbosari SH.Rabiyev hamda vazirlik masʼullari ishtirokida Andijon viloyat adliya boshqarmasida 22 nafar tadbirkorlarning takliflari va muammolari oʻrganildi.

Tadbirkorlik faoliyatidagi soliq qonunchiligiga oid masalalar, jumladan yangi joriy etilgan soliq imtiyozlarini amaliyotda qoʻllanilishi, soliq hisobotlarini topshirishdagi muammolar, tadbirkorlik faoliyatni tugatish yoki vaqtincha faoliyatini toʻxtatib turishdagi muammoli masalalar yuzasidan takliflar bildirildi.

Shuningdek, uchrashuv yakunida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvarda qabul qilingan “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-son qarori mazmun mohiyati tushuntirib o'tildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Bugun, 22-yanvar kuni Adliya vazirligida tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatilishida yuzaga kelayotgan muammolarni oʻrganish boʻyicha ochiq muloqot oʻtkazildi. Unda 90 nafarga yaqin tadbirkorlar ishtirok etdi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Hududlarda oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish masalalariga bag'ishlangan seminarlar tashkil etildi

Adliya vazirligi “Oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun talablarini joylarda ijro etish va belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida bajarish boʻyicha saʼy-harakatlarini kuchaytirdi. Ushbu tashabbus doirasida vazirlik xodimlaridan iborat ishchi guruhlar barcha hududlarda qonun ijrosini oʻrgandi.

Asosiy eʼtibor qonunni amalga oshirishga masʼul davlat tuzilmalarini oʻqitishga qaratildi. Xizmat safarlari davomida mahalliy hokimiyat organlari va tashkilotlar xodimlari uchun maxsus seminarlar tashkil etildi. Mazkur tadbirlar qonunni hayotga tatbiq etishning amaliy jihatlarini tushuntirish, davlat organlari va tashkilotlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlab borish, shu jumladan xatlov davomida toʻplangan maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish masalalariga qaratildi.

Shuningdek, oʻrganish davomida hududlardagi xatlov jarayonlari bilan tanishildi. Xatlov jarayonlari tasdiqlangan reja-jadval asosida amalga oshirish hamda qonunda belgilangan muddatlarga qatʼiy amal qilish lozimligi yuzasidan tushuntirish berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM