ADLIYA YANGILIKLARI
16.6K subscribers
24.9K photos
2.74K videos
39 files
9.49K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Forish tumanida tadbirkorlar bilan uchrashdi

Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev Jizzax viloyatining Forish tumanida joylashgan “ROCKFIBER” zavodi faoliyati bilan tanishdi.

Bazalt va boshqa koʻplab bazalt kompozit qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mazkur zavod oʻz faoliyatini 2015-yilda boshlagan. Zavodda 725 nafar mahalliy aholi ish bilan taʼminlangan.

Uchrashuvda mavjud imkoniyatlar va imtiyozlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shu bilan birga, Forish tumanida adliya boʻlimi, yuridik xizmat koʻrsatish markazi, davlat xizmatlari markazi hamda FHDY boʻlimlari xodimlari bilan ham suhbat tashkil etilib, mazkur yilda erishilgan yutuqlar va yangi yildagi rejalar haqida oʻrtoqlashildi.

Sohada olib borilayotgan yangiliklardan xodimlarning xabardorlik darajasi oʻrganildi. Oʻz faoliyatida xalqimizga xizmat qilishning ahamiyati va masʼuliyati haqida ham taʼkidlandi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_sarhisob

🖥 Adliya vazirining 2024-yil faoliyati sarhisobi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_sarhisob

🖥 Joriy yilda “Adliya yangiliklari” kanali kuzatuvchilarining soni 3,6 ming nafarga oshdi. Bizni tanlaganingiz uchun minnatdorlik bildiramiz!

Kanaldagi ma'lumotlar 2024-yil davomida 12,8 milliondan ortiq (2023-yilda 7,2 millionga yaqin) marta o‘qilib, 290 ga yaqin iqtibos qilingan.

Kanal faoliyatiga oid statistika bilan yuqoridagi rasmda batafsil tanishishingiz mumkin.

✔️ 2025-yilda ham biz bilan bo‘ling va adliya tizimi bilan bog‘liq axborotni ishonchli manbadan oling!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyihasi

Ehtiyot boʻling! Oʻrmonda qaroqchi

Oʻrmondagi kalamush elektr energiyasini oʻgʻirlab, undan noqonuniy foydalanayotgan edi. Bundan esa butun oʻrmon ahli aziyat chekardi. Sanʼatkor maymundan tortib, qassob ayiqqacha hammaning holiga voy boʻldi. Lekin kunlarning birida bir voqea sodir boʻldi, shundan soʻng oʻrmonda…

Videoni koʻrish👉 https://youtu.be/_pGnuG-F0qc

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Sharof Rashidov tumanida sayyor qabul oʻtkazdi

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev tomonidan Sharof Rashidov tumanining “Qo’shko’prik” mahallasida sayyor qabul tashkil etilib, aholi muammolari oʻrganildi.

Xususan, 28 ta murojaat qabul qilindi. Ularning aksariyatini kadastr, kredit, tibbiyot, subsidiya, pensiya masalalari bilan bogʻlik boʻlgan muammolar tashkil etdi. Soha bilan bogʻlik boʻlgan 2 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi, oʻrganish talab etiladigan muammolar ish yurituvga qabul qilindi hamda ayrimlari tegishli tashkilotlarga yoʻnaltirildi.

Shuningdek, fuqarolarga sayyor davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Shu bilan birga adliya vaziri oʻrinbosari “mahalla yettiligi” vakillari bilan uchrashib, ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflari bilan oʻrtoqlashdi.

Muloqot davomida mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, aholi bandligini taʼminlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlash orqali ularga huquqiy yordam koʻrsatish, ajrimlar va oilaviy zoʻravonliklarni oldini olish boʻyicha tavsiyalar berilib, bu borada “mahalla yettiligi” aʼzolarining ham fikr-mulohazalari tinglandi.

Shu kunning oʻzida X.Meliyev tuman adliya boʻlimi faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, xodimlar bilan muloqot oʻtkazdi va belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida tavsiyalar berdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mening_adliyam

2024-yildan 2025-yilga ADLIYA BILAN


2024-yil Adliya vazirligi xodimlari uchun qanday voqealar bilan yodda qoldi? Ular yangi yildan nimalarni kutmoqda? 2025-yil uchun qanday rejalar tuzishyapti?

Bularning barchasi haqida navbatdagi 👉 videoroligimizda so‘z yuritamiz.

P.S.: Davomi bor. Bizni kuzatib boring 😉

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM