ADLIYA YANGILIKLARI
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.5K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi va Kriminologiya tadqiqotinstituti oʻrtasida hamkorlik yoʻlga qoʻyildi

Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi va Kriminologiya tadqiqotinstituti oʻrtasida sud ekspertlik faoliyati sohasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi.

Memorandumga asosan
ilm-fan va texnologiyalar ilgʻor yutuqlaridan kriminologik va sud-ekspertlik faoliyati samaradorligini oshirishdafoydalanish,
xalqaro va xorijiy tashkilotlar grantlarini jalb etish,
sud-ekspertlik faoliyatini ilmiy jihatdan taʼminlashda uslubiy yordam koʻrsatish asosiy maqsad qilib olindi.

Tomonlar ilmiy hamkorlik dasturlari tuzish, hamkorlikda tadbirlarni amalga oshirish, ijobiy ish tajribalarini almashish, shu jumladan, oʻzaro amaliyot va maslahatlashuvlarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Davlatobod tumanida sayyor qabul oʻtkazdi

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev ishtirokida Davlatobod tumanida sayyor qabul oʻtkazildi. Unda fuqarolarni qiynayotgan asosiy masalalar- kadastr va shaxsga doir hujjatlarni rasmiylashtirish, bandlik, moddiy yordam, sogʻlomlashtirish maskanlariga yoʻllanma olish hamda oilaviy munosabatlar bilan bogʻliq masalalarga qonuniy yechim izlandi.

Kun davomida 40 nafardan ziyod fuqaro qabul qilinib, ularning 30 dan ortiq masaladagi murojaati tinglandi. 12 ta murojaat boʻyicha huquqiy tushuntirish berildi, 13 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi.

Jumladan, “Irvadon” mahallasida yashovchi fuqaroning subsidiya asosida tikuv mashinasi berishni soʻrab qilgan murojaati hal etilib, zamonaviy tikuv mashinasi berildi. Shu bilan birga, 8 nafar fuqaroning murojaati oʻrganish talab etganligi sababli tuman adliya boʻlimi ish yurituviga olindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev Yangi Namangan tumani adliya boʻlimi faoliyati bilan tanishdi.

Vazir oʻrinbosari tomonidan adliya organlarining asosiy vazifasi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, aholining huquqiy madaniyatini oshirishda mahallalardagi faollar imkoniyatidan foydalanish, “mahalla yettiligi” bilan bevosita hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, aholining huquqiy ongini oshirishga xizmat qilishi taʼkidlab oʻtildi.

Yangi Namangan tumani, davlat xizmatlari markazlari hamda yuridik xizmat koʻrsatish markaziga borib, jismoniy va yuridik shaxslarni davlat xizmatlaridan tez va sifatli foydalanishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni koʻzdan kechirdi.

Xodimlar bilan suhbat davomida aholiga xizmat koʻrsatishda tezkorlik va aniqlikka alohida eʼtibor qaratish lozimligi tushuntirildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

⚠️ADLIYA OGOHLANTIRADI

Kontrafaktni asl mahsulotdan qanday farqlash mumkin?

Kontrafakt — bu tovar belgisidan huquq egasining ruxsatisiz hamda isteʼmolchini adashtirish darajasida foydalanishdir. Koʻpchilik tadbirkorlar oʻzgalarning mashhur brendlaridan foydalanib, xaridorni jalb qilishga urinadi. Bu esa huquqbuzarlik sanaladi.

📣 Hurmatli xaridorlar! Kontrafakt mahsulotlarga aldanib qolmang!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Akbar Tashkulov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌐 Энди lex.uz да ҳуқуқий саволларга сунъий интелект жавоб беради.

🌐 AI will answer to legal questions in lex.uz platform

🌐 Теперь искусственный интеллект будет отвечать на правовые вопросы в lex.uz.

Facebook | Instagram | LinkedIn
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

Adliya vazirligi tomonidan Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasidagi hujjatlar asosida onlayn javob berishga moʻljallangan “LexAI” chat-boti ishga tushirildi.

“LexAI” chat-boti imkoniyatlari haqida batafsil 👉 rolikda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari tomonidan Chinoz tumanining “Qozi” mahallasida sayyor qabul tashkil etildi

Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov ishtirokida Toshkent viloyati Chinoz tumanida sayyor qabul oʻtkazildi. Unda fuqarolarni qiziqtirayotgan asosiy masalalar — ishga joylashish, ijtimoiy himoya, kadastr va shaxsga doir hujjatlarni rasmiylashtirish, bandlik, moddiy yordam, sogʻlomlashtirish maskanlariga yoʻllanma olish hamda oilaviy munosabatlar bilan bogʻliq masalalarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Sayyor qabullar davomida 53 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari tinglanib, shundan 27 tasi joyida hal etildi, 16 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi hamda 10 ta murojaatlar ish yurituviga olindi.

Shu joyning oʻzida markaz xodimlari tomonidan 20 ga yaqin sayyor davlat xizmatlari ham koʻrsatildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM