ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.5K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Toshkentda “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — erkin va farovon hayot garovi” mavzusida konferensiya boʻlib oʻtdi

Bugun, 3-dekabr kuni Toshkent davlat yuridik universitetida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ─ erkin va farovon hayot garovi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.

Tadbirda Oliy Majlis, Konstitutsiyaviy sud, vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda AQSh, Finlyandiya, Buyuk Britaniya va Polsha kabi rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi huquqshunos olimlari ishtirok etdi.

Konferensiyada soʻzga chiqqan adliya vaziri oʻrinbosari Sh. Rabiyev yangi tahrirdagi Konstitutsiyada davlat qurilishining yangi strategik maqsadi ─ ijtimoiy davlat qurish ekanligi belgilab berilgani, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari joriy etilganligi, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning mutlaqo yangi mexanizmlarini nazarda tutuvchi konstitutsiyaviy asoslar mustahkamlanganligi haqida toʻxtalib oʻtdi.

Tadbir davomida mahalliy va xorijiy olimlarning yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, shuningdek “Oʻzbekiston─2030” strategiyasi doirasida belgilangan tub islohotlar yuzasidan maʼruzalari tinglandi.

Xususan, soʻnggi yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa turli sohalarda amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar natijalarini mustahkamlashda Konstitutsiyaning oʻrni va rolini ilmiy jihatdan tadqiq etish muhimligi alohida taʼkidlandi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Huquqiy targʻibot aʼlochilari aniqlandi

Jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga munosib hissa qoʻshgan davlat organlari va tashkilotlarning bir guruh xodimlari hamda jamoatchilik faollari “Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur koʻkrak nishoni “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni asosida taʼsis etilgan.

Koʻkrak nishoni Konstitutsiya kuni arafasida tantanali ravishda oʻz egalariga topshiriladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Navoiydagi davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Navoiy shahar adliya boʻlimi davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi. Dastlab fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanishda yaratilgan qulayliklar koʻzdan kechirildi.

Vazir oʻrinbosari aholi uchun qulay va sifatli davlat xizmati koʻrsatilishi borasida markazga kelayotgan murojaatchilarning fikri bilan qiziqib, ular bilan muloqotda ham boʻldi.

Shuningdek, davlat xizmatlari markazida yoʻlga qoʻyilgan haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish, ID-karta hamda xorijga chiqish uchun “qizil” pasport rasmiylashtirish imkoniyatlarini oʻrgandi.

Markazda bir kunda 600—800 nafar fuqaroga davlat xizmati koʻrsatayotgan xodimlarning bilim koʻnikmalari, aqliy salohiyat, raqamlashtirilgan elektron tizimdan foydalanish, davlat xizmati koʻrsatish, muomala madaniyati boʻyicha kerakli tavsiyalar ham berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Viktorina

❓ Konstitutsiyaga koʻra, inson huquq va erkinliklari har kimga pasport olganidan boshlab tegishli boʻladi.

✅ Toʻgʻri
❌ Notoʻgʻri.

Shu va boshqa qiziqarli savollarga 2024-yil 4-dekabr kuni 13-30 “O‘zbekiston” radiokanalida o‘tkaziladigan viktorina dasturida javob bering va gʻolib bo‘ling.

Dasturda ishtirok etish uchun ☎️ 71-233-92-04 va 71-286-31-32 raqamlariga qo‘ngʻiroq qilishingiz mumkin.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan jamiyatdagi eng dolzarb muammolarni oʻzida aks ettirgan, hayotiy real voqealar asosida suratga olingan qisqa metrajli “Eʼtibor” filmini endi YouTubeʼda ham koʻrishingiz mumkin.

Maʼlumot uchun: “Eʼtibor” filmi “Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha 2024-2028-yillarga moʻljallangan milliy strategiya” doirasida psixotrop, tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari hamda yangi turdagi sintetik giyohvandlik moddalarining aylanishini oldini olish va barchani ogohlikka chaqirishni nazarda tutuvchi mediareja asosida suratga olingan.

Filmni tomosha qilish 👉 https://youtu.be/caw8AXO4-7M

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Fuqarolik jamiyati haftaligining uchinchi kunida Ayollar nodavlat tashkilotlari forumi
bo‘lib o‘tdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari KOICA vakillari bilan uchrashdi

Joriy yil 3-dekabr kuni adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Toshkent davlat yuridik universitetida Markaziy Osiyo Raqamli huquq markazini tashkil etish masalalari hamda Adliya vazirligi tomonidan bir qator dasturlarda sun'iy intellektni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar ikki davlat oʻrtasidagi huquqiy hamkorlik aloqalari jadal rivojlanib kelayotganligi taʼkidladilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar mavjud idoralararo munosabatlarni yanada chuqurlashtirish va mustahkamlash maqsadida hamkorlikda oʻzaro tadbirlarni davom ettirishga va jadallashtirishga, tajriba almashishga qaratilgan qator amaliy ishlarni oʻtkazishga kelishib oldilar.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_mahalla

Adliya vazirligi tashabbusi bilan Fargʻona viloyati Quvasoy shahar “Moʻyan” MFYda “Huquqiy mahalla” loyihasi amalga oshirilmoqda.


Bugungi kunda mahallada 185 ta xonadonda 3 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Ularning 1,5 mingga yaqinini 30 yoshgacha boʻlganlar tashkil etadi.

Loyiha doirasida “mahalla yettiligi” hamkorligida fuqarolarning huquqiy muammolari oʻrganilib, bir qator masalalarga yechim topilmoqda. Jumladan, fuqarolarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, ularning huquqlariga oid muhim normalar xususida huquqiy tushuntirishlar berib borilyapti.

Aholini qiynayotgan asosiy masalalar — kadastr va shaxsga doir hujjatlarni rasmiylashtirish, meros, bandlik, subsidiya olish, taʼlim krediti, uy-joy taʼmiri, moddiy yordam hamda oilaviy munosabatlar bilan bogʻliq murojaatlar oʻrganilmoqda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_adliya

📣📣 Adliya vazirligida Ochiq eshiklar kuni o‘tkaziladi

Ertaga, 5-dekabr kuni Adliya vazirligi binosida Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tadi. Tadbirda adliya tizimidagi faoliyatga oid turli burchaklar tashkil qilinadi.

Mazkur burchaklarda sud-ekspertizaga oid jihozlar, davlat xizmatlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar, Toshkent davlat yuridik universitetning ta'lim jarayoniga tegishli tarqatma materiallar, arxiv hujjatlaridan na'munalar, intellektual mulkka tegishli ixtiro, foydali model, sanoat namunalari, Lex.uz faoliyati, “Adolat” Milliy huquqiy axborot markazi tomonidan nashr etilayotgan eng so‘nggi qo‘llanma, kitoblar bilan tanishib, mahoratli gidlar yordamida vazirlikka oid qiziqarli ma'lumotlarga ega bo‘lasiz.

Shuningdek, mehmonlar adliya tarixi, kutubxona, muzey, media markaz faoliyati bilan tanishadi.

🗓 Sanasi va vaqti: 5-dekabr, 10:00.

📍Manzil: Toshkent sh., Sayilgoh ko‘chasi, 5, Adliya vazirligi binosi.

Ro‘yxatdan o‘tish
📎@adliya_axborot, 0(371)-207-04-38

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“Huquq bilimdonlari — Umummilliy Konstitutsiya imtihoni” gʻoliblari aniqlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi va TDYUning Maqsadli kapital (Endowment fund) jamoat fondi hamkorligida Huquq bilimdonlari – Umummilliy Konstitutsiya imtihoni oʻtkazildi.

Imtihonda respublikaning barcha hududlaridan, shuningdek, xorijiy davlatlarda boʻlib turgan jami 37 ming 764 nafar fuqaro ishtirok etdi.

Tanlov quyidagi 3-bosqichda tashkil etildi:
✔️1-bosqichda ishtirokchilar @huquqiyaxborot kanaliga oʻz yaqinlarini taklif qilib, reytingda eng yuqori 1 – 100 oʻringacha boʻlgan ishtirokchilar 2-bosqichga oʻtdi.
✔️2-bosqich — test.adliya.uz saytida joriy yilning 27-noyabr kuni oʻtkazildi. Unda qatnashchilar 20 ta test savollariga javob berdi. Test savollariga eng koʻp va tez javob bergan 10 nafar ishtirokchi 3-bosqichga oʻtdi.
✔️3-bosqich — suhbat shaklida tashkil etilib, tezkor savol-javob hamda kazuslardan iborat boʻldi.

Baholash natijasiga koʻra, eng yuqori ball toʻplagan 3 nafar ishtirokchi tegishliligiga koʻra gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Gʻoliblar diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

1-oʻrin — Rahimov Hasan Jamshid oʻgʻli (Qashqadaryo viloyati, maktab oʻquvchisi) — 20 mln soʻm;
2-oʻrin — Hakimov Doniyor Joʻraqul oʻgʻli (Sirdaryo viloyati, litsey oʻquvchisi) — 12 mln soʻm;
3-oʻrin — Amanbayev Azamat Asqarbek oʻgʻli (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, maktab oʻquvchisi) — 8 mln soʻm.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM