ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.5K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev maktabning mehmonlar kutubxonasi uchun ilk kitobni sovgʻa qildi

Navoiyda boʻlib turgan adliya vaziri oʻrinbosari X. Meliyev ingliz tili, matematika va IT sohalariga yoʻnaltirilgan 500 oʻrinli xususiy maktab imkoniyatlari bilan tanishdi.

Bu yerda yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Samimiy va mazmunli oʻtgan muloqotda oʻquvchilar huquqiy bilimlarini mustahkamladilar. Oʻz oʻrnida adliya vaziri oʻrinbosari ham yoshlar qiziqishi va salohiyatiga eʼtibor qaratdi.

Xususiy taʼlim muassasasida yangi anʼanaga start berildi — mehmonlar uchun kutubxona tashkil etilgan. Bu oʻquv dargohiga tashrif buyurgan mehmon maktabga kitob hadya qilish imkoniyatiga ega. Adliya vaziri oʻrinbosari bu anʼanani ilk ishtirokchisi boʻldi va “Amir Temur va Fransiya” kitobini kutubxonaga sovgʻa qildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_tanlov

❗️“Huquq bilimdonlari — Umummilliy Konstitutsiya imtihoni” 3-bosqich ishtirokchilari aniqlandi

Tanlovning 2-bosqichida test savollarini eng koʻp va eng tez yechgan 10 nafar ishtirokchilar 3-bosqichga yoʻl oldi.

Tanlovning 3-bosqichi Adliya vazirligi binosida ertaga, 4-dekabr kuni soat 10-00 dan boshlab oʻtkaziladi.

⚠️ Ishtirokchilariga telefon orqali xabar beriladi.

3-bosqich bevosita suhbat tarzida boʻlib, ishtirokchilar orasidan quyidagi 2 shart asosida gʻoliblar aniqlanadi.
➖Tezkor savol-javob: har bir ishtirokchiga konstitutsiyaviy huquq boʻyicha 2 ta savol beriladi. Har bir savolga berilgan javob 5 ballik mezonda baholanadi.
➖Kazus: har bir ishtirokchiga umumiy qonunchilik, shu jumladan konstitutsiyaviy huquq boʻyicha 1 ta kazus (muammoli holat) beriladi. Har bir savolga berilgan javob 5 ballik mezonda baholanadi.

‼️ Suhbat yakuniga koʻra, umumiy ikki shart boʻyicha eng yuqori natijani qayd etgan 3 nafar ishtirokchilar gʻoliblikni qoʻlga kiritadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi qonun qayta koʻrib chiqilmoqda

Fuqarolik jamiyati haftaligining ikkinchi kunida Jamoatchilik kengashlari forumi boʻlib oʻtdi. Tadbirning kirish qismida Adliya vazirligining Nodavlat notijorat tashkilotlari boshqarmasi boshligʻi Xayrullo Sabirov sohaga oid qonunchilikka toʻxtalib oʻtdi.

Xususan, taʼkidlanishicha, “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilanganidek, “Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi Qonuni jamoatchilik nazorati mexanizmlarini yanada kengaytirish nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqilmoqda. Jamoatchilik nazoratining ilgʻor xorijiy tajribaga asoslangan taʼsirchan shakllari, uni amalga oshirish mexanizmi va tartib-taomillarini takomillashtirishni koʻzda tutadigan qonun loyihasi ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
#Adliya_xabari

Toshkentda “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — erkin va farovon hayot garovi” mavzusida konferensiya boʻlib oʻtdi

Bugun, 3-dekabr kuni Toshkent davlat yuridik universitetida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ─ erkin va farovon hayot garovi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.

Tadbirda Oliy Majlis, Konstitutsiyaviy sud, vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda AQSh, Finlyandiya, Buyuk Britaniya va Polsha kabi rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi huquqshunos olimlari ishtirok etdi.

Konferensiyada soʻzga chiqqan adliya vaziri oʻrinbosari Sh. Rabiyev yangi tahrirdagi Konstitutsiyada davlat qurilishining yangi strategik maqsadi ─ ijtimoiy davlat qurish ekanligi belgilab berilgani, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari joriy etilganligi, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning mutlaqo yangi mexanizmlarini nazarda tutuvchi konstitutsiyaviy asoslar mustahkamlanganligi haqida toʻxtalib oʻtdi.

Tadbir davomida mahalliy va xorijiy olimlarning yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, shuningdek “Oʻzbekiston─2030” strategiyasi doirasida belgilangan tub islohotlar yuzasidan maʼruzalari tinglandi.

Xususan, soʻnggi yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa turli sohalarda amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar natijalarini mustahkamlashda Konstitutsiyaning oʻrni va rolini ilmiy jihatdan tadqiq etish muhimligi alohida taʼkidlandi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Huquqiy targʻibot aʼlochilari aniqlandi

Jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga munosib hissa qoʻshgan davlat organlari va tashkilotlarning bir guruh xodimlari hamda jamoatchilik faollari “Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur koʻkrak nishoni “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni asosida taʼsis etilgan.

Koʻkrak nishoni Konstitutsiya kuni arafasida tantanali ravishda oʻz egalariga topshiriladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Navoiydagi davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Navoiy shahar adliya boʻlimi davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi. Dastlab fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanishda yaratilgan qulayliklar koʻzdan kechirildi.

Vazir oʻrinbosari aholi uchun qulay va sifatli davlat xizmati koʻrsatilishi borasida markazga kelayotgan murojaatchilarning fikri bilan qiziqib, ular bilan muloqotda ham boʻldi.

Shuningdek, davlat xizmatlari markazida yoʻlga qoʻyilgan haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish, ID-karta hamda xorijga chiqish uchun “qizil” pasport rasmiylashtirish imkoniyatlarini oʻrgandi.

Markazda bir kunda 600—800 nafar fuqaroga davlat xizmati koʻrsatayotgan xodimlarning bilim koʻnikmalari, aqliy salohiyat, raqamlashtirilgan elektron tizimdan foydalanish, davlat xizmati koʻrsatish, muomala madaniyati boʻyicha kerakli tavsiyalar ham berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Viktorina

❓ Konstitutsiyaga koʻra, inson huquq va erkinliklari har kimga pasport olganidan boshlab tegishli boʻladi.

✅ Toʻgʻri
❌ Notoʻgʻri.

Shu va boshqa qiziqarli savollarga 2024-yil 4-dekabr kuni 13-30 “O‘zbekiston” radiokanalida o‘tkaziladigan viktorina dasturida javob bering va gʻolib bo‘ling.

Dasturda ishtirok etish uchun ☎️ 71-233-92-04 va 71-286-31-32 raqamlariga qo‘ngʻiroq qilishingiz mumkin.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan jamiyatdagi eng dolzarb muammolarni oʻzida aks ettirgan, hayotiy real voqealar asosida suratga olingan qisqa metrajli “Eʼtibor” filmini endi YouTubeʼda ham koʻrishingiz mumkin.

Maʼlumot uchun: “Eʼtibor” filmi “Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha 2024-2028-yillarga moʻljallangan milliy strategiya” doirasida psixotrop, tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari hamda yangi turdagi sintetik giyohvandlik moddalarining aylanishini oldini olish va barchani ogohlikka chaqirishni nazarda tutuvchi mediareja asosida suratga olingan.

Filmni tomosha qilish 👉 https://youtu.be/caw8AXO4-7M

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM