ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.51K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Bugun, 27-noyabr kuni Adliya vazirligida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun talablarini bajarilish holati hamda tizimda bu borada rahbarlarining shaxsiy javobgarligini yanada oshirishga qaratilgan o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbirda markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalari, hududiy adliya organlari va muassasalari, tuman (shahar) adliya bo‘limlarining xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda adliya organlari va muassasalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, erishilayotgan natijalar va sohani rivojlantirishga oid kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Boʻston shaharchasida yangidan rekonstruksiya qilingan sport majmuasi va madaniyat saroyi bilan tanishdi.

Bugun mazkur majmualar sanʼat va sportsevar aholi, ayniqsa yoshlar bilan gavjum. Turli sport toʻgaraklari faoliyati doirasida hudud yoshlarining boʻsh vaqtlari unumli tashkil etilmoqda.

Shu bilan birga, adliya vaziri yangidan rekonstruksiya qilinib, koʻrkam qiyofa kasb etgan adliya boshqarmasi binosida boʻlib, sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Tizim xodimlari bilan suhbatlashib mana shunday zamonaviy, barcha sharoitlarga ega boʻlgan binoda yanada kuch va shijoat bilan mehnat qilishlarini taʼkidladi. Galdagi vazifalar va rejalar muhokama qilindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Personallashtirish agentligi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuristlar malakasini oshirish markazi;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️Yuridik texnikumlar;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Xorazmda “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi


Adliya vaziri Akbar Toshqulov Xorazmga xizmat safarini “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishishdan boshladi. Xiva tumanining “Istiqlol” mahallasida tashkil etilgan “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida hududdagi jami 635 ta xonadonlar qamrab olingan.

Birinchi bosqichda muammolar oʻrganilgan boʻlsa, keyingi jarayonlarda ularni hal etish, birlamchi huquqiy koʻmak koʻrsatish, metodik yordam berish, manzilli va predmetli targʻibot tadbirlarini oʻtkazish borasida uyushqoqlik bilan amaliy ishlar olib borildi. Natijada 540 ta huquqiy muammolar aniqlanib, shundan 235 tasi ijobiy hal etilishiga erishildi.

Vazir shuningdek, Urganch shahrida faoliyat olib boruvchi “Tillo domor” xususiy kompaniya faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tadbirkorning faoliyatida vujudga kelayotgan huquqiy muammolari oʻrganildi, faoliyatini yanada yaxshilash yuzasidan takliflar va fikr mulohazalari tinglandi.

Navbatdagi manzil Shovot tumanidagi “K.Otaniyozov” mahallasi boʻldi. Akbar Toshqulov “mahalla yettiligi” bilan oʻtkazgan muloqotda adliya xodimlari “yettilik” bilan hamkorlikda fuqarolarni kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammolarini oʻrganish, ularga yaqindan koʻmaklashish, mavjud huquqiy muammolarni bartaraf etish choralari koʻrish masalalarini muhokama etdi. Ishtirokchilarning faoliyatni yanada yaxshilash yuzasidan takliflari, fikr va mulohazalari tinglandi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashdi

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM