ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.51K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

“Zarbdor”da keng qamrovli sayyor qabul oʻtkazildi


“Huquqiy mahalla” loyihasi konsepsiyasi doirasida Toʻraqoʻrgʻon tumanining “Zarbdor” mahallasida ilk bor kompleks ravishda ishlar boshlandi. Bugungi kunda mahallada 1 033 ta xonadonda 4,4 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi.

Elektron platforma soʻrovnomasi asosida aholining huquqiy bilim va muammolari manzilli tartibda oʻrganildi va natijada mavjud muammolarni mutaxassislar ishtirokida ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy yoʻnalishlarda hal etish maqsadida sayyor qabul oʻtkazildi. Unda adliya organlari bilan bir qatorda hududdagi turli davlat organlari va tashkilotlari ishtirok etdi.

Sayyor qabul va ijtimoiy-huquqiy tadbirlar doirasida 300 nafarga yaqin fuqarolar qamrab olindi. Xususan, 40 nafarga yaqin fuqaroning murojaatlari tinglandi. Shundan 22 tasi ish yurituviga olindi, 18 tasiga joyida tushuntirish berildi. Ish yurituviga olingan murojaatlardan 4 tasi hal etildi, shundan 2 tasi kadastr hujjatlari bilan bogʻliq, 2 tasi taʼlim krediti bilan bogʻliq.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Advokaturada kasbiy standartlarni taʼminlash boʻyicha seminar oʻtkazildi

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Jizzaxga xizmat safarini “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishishdan boshladi.

Zarbdor tumanining “Taraqqiyot” mahallasida tashkil etilgan “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida hududdagi jami 728 ta xonadonlar qamrab olinib, birinchi bosqichda muammolar oʻrganilgan boʻlsa, keyingi jarayonlarda ularni hal etish, birlamchi huquqiy koʻmak koʻrsatish, metodik yordam berish, manzilli va predmetli targʻibot tadbirlarini oʻtkazish borasida uyushqoqlik bilan amaliy ishlar olib borildi.

Olib borilgan saʼy-harakatlar davomida jami 2 687 ta huquqiy muammolar aniqlanib, shundan 2 053 tasi ijobiy hal etilishiga erishildi. Xususan, 642 ta xonadonning kadastr hujjatlarida kamchiliklari borligi aniqlanib, tegishli tashkilotlar koʻmagida hal etish choralari koʻrilmoqda. Ishchi guruh koʻmagi bilan 20 nafar fuqarolarning nogironligi belgilandi, 7 nafar ayollarning aliment pullari undirib berildi, 15 nafar fuqarolarning pensiya va nafarlari borasidagi kamchiliklari bartaraf etildi, 5 nafar fuqaro manfaatida yuridik faktni belgilash boʻyicha sudlarga daʼvo arizalari kiritildi. Shu bilan birga, meros ishi daftarlarga kiritish, kommunal, tadbirkorlik, turli imtiyozlarni qoʻllash borasida ham qator yordamlar koʻrsatildi.

Qisqa davr mobaynida amalga oshirilgan salmoqli ishlar sarhisobi boʻyicha yoʻnalishlar tomonidan taqdimotlar tayyorlandi. Zarbdor tajribasi asosida mazkur loyihani butun respublikamiz boʻylab amalga oshirish yuzasidan aniq rejalar va chora tadbirlar ishlab chiqilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_teleloyiha

⚡️Adliya vazirligining “YURIDIK KLINIKA” koʻrsatuvi boshlandi.

Mavzu — “Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida ta'tillar masalasi”.

Mavzu yuzasidan oʻz savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti yoki toʻgʻridan-toʻgʻri efir vaqtida 71-233-75-74 telefon raqamiga bogʻlanish orqali orqali yuborishingiz mumkin.

📹 https://youtu.be/s39j9rAlHV0

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Intellektual_mulk

Tadbirkorlarga intellektual mulk obyektlarini muhofaza va himoya qilish boʻyicha joyiga chiqqan holda amaliy yordam koʻrsatilmoqda

Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti va “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi xodimlari tomonidan Navoiy viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari va hunarmandlar ishtirokida tovar belgisiga ega boʻlishning afzalliklari toʻgʻrisida sayyor uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida intellektual mulk obyektlari xususan, tovar belgilari va geografik koʻrsatkichlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma topshirish boʻyicha master-klass oʻtkazildi.

“Navoiy ishonch gilamlari” MChJ hamda “Tiancheng stone” MChJ QK faoliyati bilan tanishildi va ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarda ishlatiladigan “NIG” hamda “ Tiancheng stone” jamlama koʻrinishdagi belgilarini milliy va xalqaro darajada tovar belgisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish uchun tavsiyalar berildi.

Shuningdek, intellektual mulk obyektlarini himoya qilish uchun tegishli davlat organlariga murojaat qilish, tovar belgilariga nisbatan huquqbuzarlik uchun javobgarlik choralari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_tanlov

⚡️“Huquq maktabi” tanlovida gʻolib boʻlib Iphone 16 Pro yutib oling!

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida “Huquq maktabi” mobil ilovasini ommalashtirish boʻyicha tanlov eʼlon qilindi!

❗️Diqqat: Adliya organlari va muassasalari xodimlari tanlovda ishtirok etishi mumkin emas.

1-yoʻnalish: “Huquq maktabi” mobil ilovasini tarqatish

❗️Siz yaqin doʻstlaringiz va tanishlaringizni “Huquq maktabi” mobil ilovasidan foydalanishga jalb qilishingiz kerak. Buning uchun:
▫️ avval ilovadan roʻyxatdan oʻtish lozim.
▫️ roʻyxatdan oʻtganingizdan soʻng sizga alohida referal havola va maxsus kod taqdim etiladi.
▫️ushbu havola va maxsus kodni sms yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali doʻstlaringizga yuborasiz.
▫️ kamida 20 nafar doʻstlaringiz havola orqali maxsus kodni kiritgan holda roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi kerak.

2-yoʻnalish: “Huquq maktabi” mobil ilovasidagi kurslarda ishtirok etish
▫️ilovadan roʻyxatdan oʻting
▫️soʻngra ilova orqali turli kurslarda qatnashib, “Oltin sertifikat”ga ega boʻling.

✔️Gʻoliblarni aniqlash

5-dekabr kuni har bir yoʻnalish boʻyicha talablarni bajargan ishtirokchilar orasidan tasodifiy tanlash yoʻli bilan gʻolib aniqlanadi.

✔️Sovrinlar
▫️ 2 ta Iphone 16 Pro (har bir yoʻnalish boʻyicha 1 tadan)

🗓 Tanlov muddati
Tanlov joriy yilning 4-dekabrigacha davom etadi.

📍Taqdirlash marosimi
Gʻoliblar 8-dekabr — Konstitutsiya kuni munosabati bilan taqdirlanadi.

⚠️ ESLATMA!
Bir shaxs ayni vaqda har ikkala yoʻnalish boʻyicha ham tanlovda ishtirok etishi mumkin! Har ikkala yoʻnalishda qatnashgan ayni bir shaxs har ikkala yoʻnalish boʻyicha ham gʻolib boʻlganida sovrinlarning 1 tasi beriladi, ikkinchi yoʻnalish uchun qayta tasodifiy tanlash oʻtkaziladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Bugun, 27-noyabr kuni Adliya vazirligida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun talablarini bajarilish holati hamda tizimda bu borada rahbarlarining shaxsiy javobgarligini yanada oshirishga qaratilgan o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbirda markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalari, hududiy adliya organlari va muassasalari, tuman (shahar) adliya bo‘limlarining xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda adliya organlari va muassasalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, erishilayotgan natijalar va sohani rivojlantirishga oid kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM