ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.51K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Bir_murojaat_izidan

Adliya aralashuvi bilan bir oilaning muammosi oʻz yechimini topdi

Mamlakatimizda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimi tubdan takomillashtirilib, fuqarolarning bu boradagi huquq va manfaatlari taʼminlab kelinmoqda.

Xususan, Maftuna Milibayeva Yangi Namangan tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimiga murojaat qilib, 1998-yilda tugʻilganligini, 26 yoshga yetgan boʻlsa-da hozirga qadar tugʻilganlik guvohnomasi olmaganligini, bu borada bir necha marotaba davlat idoralariga murojaat qilganligini, biroq murojaati ijobiy yechim topmaganligini bayon qilib, bu borada amaliy yordam berishni soʻragan.

Uning murojaatiga asosan, kerakli maʼlumotlarni olish maqsadida tashkilot va muassasalarga aloqa xati bilan murojaat qilindi. Barcha maʼlumotlar olinib, M.Milibayevaning tugʻilishi qayd etildi.

Tugilishi qayd etilib tugʻilganlik guvohnomasi berilgandan soʻng, fuqarolik pasporti olishda amaliy yordam koʻrsatildi. Unga fuqarolik pasportini olingandan keyin, 2018, 2020 va 2022-yil tugʻilgan farzandlari ham tugʻilishi qayd etilib, guvohnomalari berildi. Shu bilan bir oilaning 4 nafar aʼzosini yillar davomida qiynab kelayotgan muammoga barham berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_mahalla

“Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida aholining koʻp yillik huquqiy muammolari hal etilmoqda

Asrorbek Mamirovning 3 nafar singlisiga tugʻilganlik haqidagi guvohnoma oʻz vaqtida olinmagan. Singillardan biri 26 yoshda, biri 18, yana biri 16 yosh. Ular hujjatsizlik oqibatida na bogʻchaga bora olgan, na maktabda oʻqiy olgan.

Katta singil turmushga chiqishi kerak boʻlgan vaqtda yana shu hujjatsizlik pand berdi. Rasmiy nikohdan oʻtish uchun pasport kerak. Boʻlmasa nikohni qonuniy qayd etishning imkoni yoʻq. Shu muammolar qarshisida turgan Asrorning oilasiga “Huquqiy mahalla” loyihasidagi masʼullar yordamga keldi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Adliya xodimlari mahallalarda

Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan „Adliya kuni“ tadbirlari doirasida poytaxtning Shayxontohur tumani „Gulobod“ MFYda aholi uchun sayyor qabul oʻtkazildi.

Sayyor qabulda 30 ga yaqin fuqarolar ishtirok etishib, ulardan 10 ga yaqin murojaat kelib tushdi. Shundan 3 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirish berildi, 2 ta murojaat boʻyicha sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi. Qolgan murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.

Jumladan, meros rasmiylashtirilmagan va bugungi kunga qadar mulk huquqi eʼtirof etilmagan 6 nafar fuqaroning murojaati yuzasidan notarius tomonidan huquqiy tushintirish berilib, merosni rasmiylashtirish boyicha fuqarolarning arizalari qabul qilindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_mahalla

“Beshrabot” — “Huquqiy mahalla”

Adliya vazirligi tomonidan “Huquqiy mahalla” loyihasi amalga oshirilmoqda. Navoiy viloyatida ham bu boradagi ishlar avjida. Loyiha doirasida hududning Navbahor tumani “Beshrabot” mahallasi tanladi. Mahalla aholisi 3 ming nafardan ortiq, xonadonlar soni 692 ta, 30 yoshgacha boʻlganlar 1,5 ming nafarni tashkil etadi.

Adliya boshqarmasi jamoasi, ishchi guruh aʼzolari mahalla hududida fuqaro murojaatlarini oʻrganmoqda. Aholini qiynayotgan asosiy masalalar kadastr va shaxsga doir hujjatlarni rasmiylashtirish, bandlik, subsidiya olish, taʼlim krediti, uy-joy taʼmiri, moddiy yordam hamda oilaviy munosabatlar bilan bogʻliq.

Soha vakillari uyma-uy yurish jarayonida aholining ijtimoiy va huquqiy masalalariga yanada oydinlik kiritib, muammolarni alohida tartibda turkumladi. Shuningdek, huquqiy savolnoma ham oʻtkazildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Adliya vazirligi tashabbusi bilan Zarbdor tumanida “Adliya sayli” oʻtkazildi


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Oʻzbekiston delegatsiyasi Yaponiyada davlat tashkilotlari vakillari bilan qator uchrashuvlar oʻtkazdi

Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda mavjud byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish va aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini yaxshilash boʻyicha keng koʻlamli maʼmuriy islohotlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu sohadagi islohotlarni yanada takomillashtirish maqsadida Adliya vazirligi, Oliy sud va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti vakillaridan iborat delegatsiya Yaponiya tomonining taklifiga asosan xizmat safarida boʻlib qaytdi. Delegatsiya aʼzolari maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisidagi qonunchilikni amaliyotga toʻgʻri tatbiq etish, davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan boʻlgan munosabatlarida qonuniylik va shaffoflik taʼminlanishida davlat xizmatchilarining professional korpusini yaratish boyicha xorijiy tajriba bilan tanishdi.

Xususan, Yaponiya Adliya vazirligining Xalqaro hamkorlik va Maʼmuriy huquq departamentlari, Yaponiya Patent agentligi, Raqamlashtirish agentligi, Yaponiya Umumiy ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi, Nagoya universiteti, Huquqiy tadqiqotlar markazi hamda Nagoya shahar hokimligi vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.

Muloqotlar davomida Yaponiya davlat tashkilotlari tomonidan maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisidagi qonunchilik hamda ularning amaliyotda qoʻllanilishi, maʼmuriy aktlar ustidan shikoyat berish tartiblari, apellyatsiya kengashlari faoliyati, raqamlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_mahalla

“Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida adliya organlari xodimlari tomonidan Zarbdor tumanida faoliyat yurituvchi xotin-qizlar faollari uchun seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda xotin-qizlar faollarining sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar, ularning asosiy vazifa va funksiyalari tushuntirilib, mahallalarda ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish borasidagi keng koʻlamli islohotlar, “Energetika xavfsizligi” oyligiga oid hujjatlar mazmun-mohiyati yetkazildi.

Tadbir davomida ularning qiziqtirgan savollariga javoblar berilib, faoliyat sohasiga oid hujjat namunalari va 25 turdagi metodik qoʻllanmalar tarqatildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj | Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ayni damda Adliya vazirligining Intellektual mulk departamentida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarining III Milliy anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Akbar Toshqulov O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri lavozimiga ma`qullandi

Veb-sayt| Telegram |Facebook |  YouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Diqqat_tanlov

⚡️“Huquq maktabi” tanlovida gʻolib boʻlib Iphone 16 Pro yutib oling!

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida “Huquq maktabi” mobil ilovasini ommalashtirish boʻyicha tanlov eʼlon qilindi!

❗️Diqqat: Adliya organlari va muassasalari xodimlari tanlovda ishtirok etishi mumkin emas.

1-yoʻnalish: “Huquq maktabi” mobil ilovasini tarqatish

❗️Siz yaqin doʻstlaringiz va tanishlaringizni “Huquq maktabi” mobil ilovasidan foydalanishga jalb qilishingiz kerak. Buning uchun:
▫️ avval ilovadan roʻyxatdan oʻtish lozim.
▫️ roʻyxatdan oʻtganingizdan soʻng sizga alohida referal havola va maxsus kod taqdim etiladi.
▫️ushbu havola va maxsus kodni sms yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali doʻstlaringizga yuborasiz.
▫️ kamida 20 nafar doʻstlaringiz havola orqali maxsus kodni kiritgan holda roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi kerak.

2-yoʻnalish: “Huquq maktabi” mobil ilovasidagi kurslarda ishtirok etish
▫️ilovadan roʻyxatdan oʻting
▫️soʻngra ilova orqali turli kurslarda qatnashib, “Oltin sertifikat”ga ega boʻling.

✔️Gʻoliblarni aniqlash

5-dekabr kuni har bir yoʻnalish boʻyicha talablarni bajargan ishtirokchilar orasidan tasodifiy tanlash yoʻli bilan gʻolib aniqlanadi.

✔️Sovrinlar
▫️ 2 ta Iphone 16 Pro (har bir yoʻnalish boʻyicha 1 tadan)

🗓 Tanlov muddati
Tanlov joriy yilning 4-dekabrigacha davom etadi.

📍Taqdirlash marosimi
Gʻoliblar 8-dekabr — Konstitutsiya kuni munosabati bilan taqdirlanadi.

⚠️ ESLATMA!
Bir shaxs ayni vaqda har ikkala yoʻnalish boʻyicha ham tanlovda ishtirok etishi mumkin! Har ikkala yoʻnalishda qatnashgan ayni bir shaxs har ikkala yoʻnalish boʻyicha ham gʻolib boʻlganida sovrinlarning 1 tasi beriladi, ikkinchi yoʻnalish uchun qayta tasodifiy tanlash oʻtkaziladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Raqamli muhit sharoitida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazlari faoliyatini rivojlantirish

Adliya vazirligida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazlarining III Milliy anjumani boʻlib oʻtdi.

Keng qamrovda tashkil etilgan ushbu anjumanda vazirlik va hududlardagi intellektual mulk sohasi boʻyicha masʼul xodimlar, Oliy taʼlim hamda TIQQMlar yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan vakillar, ilmiy ishlanmalar mualliflari oflayn va onlayn tarzda ishtirok etdilar.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM