ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.51K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tashabbusi bilan Jizzax viloyati Zarbdor tumani "Taraqqiyot" mahallasida "Adliya sayli" tashkil etildi.

Tadbirda adliya vaziri oʻrinbosari Sherzod Rabiyev ishtirok etib, fuqarolarga amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar haqida maʼlumot berdi.

Sayl koʻngil ochar tarzda oʻtkazilib, aholiga turli masalalarda huquqiy tushuntirishlar va maslahatlar berildi, qonunchilikni tushuntirish boʻyicha adabiyotlar va boshqa huquqiy qoʻllanmalar, flayer, bukletlardan iborat stendlar, huquqiy burchaklar tashkil qilindi. Tadbir davomida huquqiy viktorinalar oʻtkazilib, yigʻilganlarning huquqiy bilimlari sinovdan oʻtkazildi va esdalik sovgʻalar topshirildi.

Fuqarolarga 26 ta davlat xizmatlari koʻrsatildi, 8 ta protsessual hujjat namunasi tayyorlab berildi, 40 nafarga yaqin fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi, 120 dan ortiq huquqiy targʻibot materiallari tarqatildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar

So‘z ota-onalarga: "Adliya ko‘magida o‘g‘lim o‘zini-o‘zi band qildi"

Ishtixon tuman adliya bo‘limi tomonidan otaliqqa olingan Javlonbek Obloqulovga o‘zi istagan payvandlash uskunasi topshirildi.

Otaliqqa olingan yoshlarning huquqiy muammolarini hal etishga qaratilgan ishlar Ishtixonda ham davom etmoqda. Ishtixon adliyasi tomonidan otaliqqa olingan 2400 nafardan ortiq yoshlarning 357 nafarini huquqiy muammolari bartaraf etilib, jarayon bugungi kunda ham to‘xtagani yo‘q.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qonunchilikni tizimlashtirish va tartibga solish ta’sirini baholash boshqarmasi bosh maslahatchisi, 3-darajali adliya maslahatchisi Go’zalxon Ergasheva bugun, 17-noyabr kuni 50 yoshni qarshiladi.

Adliya vazirligi sodiq va tajribali hamkasblarni doimo qadrlaydi va Go’zalxon Saidaminovna hayotidagi muhim sana bilan samimiy qutlaydi!

Go’zalxon Saidaminovna o‘z faoliyatini 1993-yilda Adliya vazirligi huzuridagi Adolat nashriyotidan boshlagan. Vazirlik markaziy apparatida esa 1998-yildan beri mehnat qilib, jamoaning jonkuyar va tajribali a’zosiga aylangan.

Adliya vazirligi jamoasi Go’zalxon Saidaminovna yubiley bilan tabriklaydi, mustahkam sog‘lik, uzoq va mazmunli umr, xonadoniga fayzu-baraka, oilaviy baxt va mas’uliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sana

🇺🇿18-noyabr — “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan kun.

Adliya vazirligi barchangizni ushbu kun bilan chin dildan tabriklaydi!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Bayroq soat nechada ko‘tariladi?


Batafsil 👉 videorolikda

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tanlov

📣📣 Jurnalist va blogerlar diqqatiga!

Adliya vazirligi tomonidan Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi post va maqola tayyorlagan ijodkorlar eʼtirof etiladi.

Bunda Konstitutsiyada belgilangan huquqlarni targʻib qiluvchi eng yaxshi ijodiy ishlar jamoatchilik faollari va ekspertlardan iborat komissiya tomonidan saralab olinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun 2024-yilning 1-yanvaridan 25-noyabriga qadar boʻlgan davr oraligʻida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boʻyicha tayyorlangan hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan yoki nashr etilgan maqola va blogpostlar mualliflar tomonidan Telegramdagi @adliya_axborot elektron manziliga yuboriladi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:
✔️ “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi maqola”.
✔️ “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi blogpost”.

🗓 Muddat: 2024-yil 25-noyabrgacha.

Saralab olingan ishlar mualliflari qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Bayroqdan qachon foydalanish mumkin emas?


Batafsil 👉videorolikda

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_mahalla

Adliya vazirligi tomonidan Jizzax viloyati Zarbdor tumani “Taraqqiyot” MFYda “Huquqiy mahalla” loyihasi amalga oshirilmoqda.


Loyiha doirasida fuqarolarning xonadonlariga uyma-uy tashrif buyurilib, ularning huquqiy muammolari oʻrganilmoqda va muammolarni yechishga qaratilgan amaliy choralar koʻrilmoqda.

Xususan, davlat xizmatlari koʻrsatilib, fuqarolarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, ularning huquqlariga oid muhim normalar haqida keng tushuntirish berib borilmoqda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev rahbarligida Toshkent shahar adliya boshqarmasi va tumanlardagi xodimlar ishtirokida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida navbatdagi koʻchat ekish tadbirlari oʻtkazildi.

Loyiha doirasida Yunusobod tumanining “Hasanboy” mahallasiga 150 ga yaqin mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sana

🇺🇿 Bugun “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan kun. Shu munosabat bilan Adliya vazirligida “Bayrog‘im — faxrim” fleshmobi o‘tkazildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_mahalla

Adliya vazirligi tashabbusi bilan start olgan “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida Jizzax viloyati Zarbdor tumani “Taraqqiyot” MFY tajribasi asosida amalga oshirilishi kerak boʻlgan muhim vazifalar boʻyicha Adliya vazirligi masʼul boshqarma boshliqlari tomonidan hududiy adliya boshqarmalari xodimlariga tegishli tushuntirish tashkil qilindi.

Unda har bir hududda “Huquqiy mahalla” loyihasini tashkil etish, loyiha doirasida mahallada manzilli huquqiy targʻibot tadbirlarini amalga oshirish, shu jumladan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami va nogironligi mavjud boʻlgan shaxslarga uyma-uy kirgan holda bepul huquqiy maslahatlar berib borish, sayyor qabullar va davlat xizmatlarini tashkil qilish, shuningdek, mahalla binosida “Adliya kutubxonasi” va “Adliya sayli” tadbirini oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar kelishib olindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Adliya organlarida “Konstitutsiya burchagi” tashkil etildi


Konstitutsiya xalqimiz xohish-irodasini ifoda etgan xalqchil hujjat. Unda belgilangan har bir modda inson shaʼni, qadr-qimmati, huquq va erkinliklari taʼminlanishi kafolatidir. Shuning uchun konstitutsion savodxonlik muhim ahamiyatga ega.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan barcha davlat xizmatlari markazlarida “Konstitutsiya burchagi” tashkil etildi.

Adliya organlariga tashrif buyurgan fuqarolar burchakdan oʻrin olgan qisqa axborot flayerlari, huquqiy adabiyotlar, yangi tahrirdagi Konstitutsiya bilan tanishishi, mutaxassislardan bu borada oʻzlarini qiziqtirgan savollariga, balki, huquqiy masalalarda javob olishi mumkin.

Suratda Qoʻshrabot tuman DXMdagi “Konstitutsiya burchagi”.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_tanlov

📣📣 Sovrinlarning umumiy qiymati 40 mln soʻmlik tanlov!

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi va TDYUning Maqsadli kapital (Endowment fund) jamoat fondi hamkorligida “Huquq bilimdonlari — Umummilliy Konstitutsiya imtihoni” oʻtkaziladi.

Tanlov shartlari bilan batafsil 👉bu yerda tanishing.

📎Tanlovda ishtirok etish uchun @huquqbilimdonibot Telegram botini ishga tushirishingiz lozim.

Gʻoliblar quyidagi miqdorda ragʻbatlantiriladi:
3️⃣-oʻrin 8 mln soʻm;
2️⃣-oʻrin 12 mln soʻm;
1️⃣-oʻrin 20 mln soʻm.

Imtihonda qatnashib bilimingizni sinovdan oʻtkazing va gʻolib boʻling!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 18-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda respublikada faoliyat yuritayotgan sudyalar bilan hamkorlikda "Intellektual mulkka oid nizolarni sudlarda ko‘rish amaliyoti" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Ushbu seminarda sohada kelib chiqqan nizolarni sudlarda, xususan, iqtisodiy sudlarda ko‘rib chiqish tartiblar, intellektual mulk obyektlarining ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonidagi o‘ziga xosliklar, tovar belgilarini taqqoslashdagi muhim jihatlar kabi mavzular yuzasidan fikrlar almashildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM