ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.51K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Fargʻonada huquq fani oʻqituvchilari va mediatorlar bilan uchrashdi


Adliya vaziri Akbar Toshqulov yoshlarning maʼnaviyati va tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uygʻotish masalalari yuzasidan Fargʻonada huquqshunoslik fani oʻqituvchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda huquq fanining oʻqitishdagi mavjud muammolar va ularning yechimi, huquq taʼlimini yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi. Oʻqituvchilar tomonidan maktablarda huquqshunoslik fanini chuqurroq oʻrgatish va oʻquvchilarning huquqiy ongini yanada oshirish boʻyicha takliflar berildi.

Shu kunning oʻzida adliya vaziri Fargʻona viloyatida faoliyat olib boruvchi professional mediatorlar bilan uchrashdi. Ishtirokchilar mediatsiya institutining bugungi holati hamda istiqboli, professional mediatorlarning faoliyatida uchrayotgan muammolar yuzasidan fikr almashdi.

Bugungi kunda Fargʻona viloyatida 125 nafar professional mediator faoliyat olib bormoqda. Mediatorlarning 102 nafari xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar, 13 nafari advokat va 10 nafari turli sohalarda faoliyat olib boruvchi fuqarolardan iboratdir.

Uchrashuv davomida mediatsiya sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni rivojlangan davlatlar qonunchiligi bilan uygʻunlashtirish boʻyicha takliflar bildirildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Topilmalar va yoʻqolgan ashyolarning elektron reyestri yuritiladi

Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli yoʻqotilib, topib olingan ashyolarni davlat xizmatlari markazlariga topshirish, saqlash, egalariga qaytarish yoki ularni davlat arxiv idoralariga topshirish, shuningdek topilmalar va yoʻqolgan ashyolar reyestrini yuritish boʻyicha koʻrsatilayotgan davlat xizmatini sifati yaxshilandi.

Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli yoʻqolgan va topib olingan ashyolarni qabul qilish, saqlash, egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Oʻzining yoki yaqin qarindoshlarining (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari) yoʻqolgan ashyolarini topish boʻyicha jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning vakillari Markazga shaxsan kelib yoki YIDXP orqali murojaat qilishlari mumkin.

🗓 Topilmalar markazda 6 oy davomida saqlanadi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi 28-son qarori.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan “Huquqiy mahalla” loyihasi yoʻlga qoʻyildi

Adliya organlari tomonidan fuqarolarning huquqiy muammolarini aniqlash va ularni amaliy hal etishga qaratilgan yangicha yondashuvlar qoʻllanilib kelinmoqda.

Xususan, Jizzax viloyati Zarbdor tumanining “Taraqqiyot” mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida fuqarolarning huquqiy muammolari oʻrganilib ularni bartaraf etishga qaratilgan amaliy choralar koʻrilmoqda.

Loyihadan koʻzlangan asosiy maqsad uyma-uy yurgan holda aholining huquqiy muammolarini savolnoma asosida manzilli oʻrganish va ularni bartaraf etish choralarini koʻrish, aholiga huquqiy yordam koʻrsatish hisoblanadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar

Guloyim Ochilova Qarshi shahridagi “Darvozatutak” mahallasida istiqomat qiladi. 2023-yil Qashqadaryo viloyat yuridik texnikumini bitirgan va hozirgi kunga qadar ishsiz edi. Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining koʻmagi bilan u Qarshi shahridagi FHDY boʻlimiga arxivarius lavozimiga ishga olindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Quvasoy shahridagi “Bunyodkor yoshlar” sanoat va tadbirkorlik zonasida boʻldi

Quvasoy shahrida 25 mln dollardan ortiq investitsiya kiritilgan 8 ta kichik sanoat zonalari ishlamoqda. Unda 50 ga yaqin yoshlar tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanmoqda.

Sanoat zonasidagi «Blue carbon» qoʻshma korxonasi yiliga 200 MVt quyosh panellari, 150 ming dona 30-40 turdagi 30-120 Vtgacha boʻlgan quyosh panelli koʻcha chiroqlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Unda 65 nafar yoshlar ishlamoqda.

Adliya vaziri “Pakana” MFYda joylashgan 2024-yilda ishga tushirilgan Oʻzbekiston-Xitoy “Blue carbon” MChJ qoʻshma korxonasida amalga oshirilayotgan ishlar va yaratilgan sharoitlar bilan tanishish jarayonida korxona masʼullariga tadbirkorlik subyektlari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar hamda ulardan foydalanish tartibi haqida tushuntirish berdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​#Adliya_xabari

Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazildi

Joriy yilning 13-noyabr kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni ochiqlik, shaffoflik va odillik prinsiplariga asosan o‘tkazildi.

Malaka imtihonida talabgorlarning davlat va jamiyat qurilishi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolik huquqi, notariat sohasi va vorislik huquqi bo‘yicha savodxonligi sinovdan o‘tkazildi. Imtihon suhbat asosida og‘zaki savol-javob tarzida bo‘lib o‘tdi.

Malaka imtihonida ishtirok etish uchun Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga hujjat topshirgan 33 nafar talabgorga ushbu malaka imtihonida ishtirok etishiga ruxsat berildi.

Malaka imtihoni natijasiga ko‘ra 16 nafar talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb topildi. Jumladan:

Andijon viloyatidan:

▫️Gʻulomjonov Axadjon Qobuljon o‘g‘li;
▫️Iminov Sirojiddin Abdulxoshim o‘g‘li;
▫️Sherbayev A’zamjon Arabjanovich;
 
Navoiy viloyatidan:
▫️Bozorov Baxtiyor Pulotovich;
 
Namangan viloyatidan:
▫️Mamadaliyev Akbarjon Axmadali o‘g‘li;
 
Samarqand viloyatidan:
▫️Bobomurodov Dilshod Pirmamatovich;
▫️Qurbonov Elbek Xamidovich;
▫️Zikirova Shahlo Xabibovna;
 
Toshkent shahridan:
▫️Abdullayeva Kamola Abduxalilovna;
▫️Jumanova Dilnoza Bozorovna;
▫️Karimova Nigina Mirzadjonovna;
▫️Kuchkarova Nafisa Baxtiyarovna;
▫️Mirshatova Shoira Qayumovna;
▫️Narzullayev Otabek Muxiddinovich;
 
Farg‘ona viloyatidan:
▫️Ismoilova Nilufar Xomidjonovna;
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasidan:
▫️Nazarov Oybek Shavaddinovich.

Malaka imtihoni joriy yilning 13-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining www.adliya.uz rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda yoritib borildi hamda malaka imtihoni jarayoni yozib olindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from HUQUQ TA'LIMI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Audio_podkast

🔖 DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANIDAN OLIMPIADA HAQIDA MAXSUS AUDIO-PODKAST!

👤 SPIKERLAR:

O.Boyquvatov – Adliya vazirligi bo‘lim boshlig‘i;
N.Hakimov – Respublika ta'lim markazi Ijtimoiy fanlar bo‘limi boshlig‘i;
O.Shernayev – Respublika ta'lim markazi Davlat va huquq asoslari fani metodisti

🗓 15.11.2024
⏰ 15:00

⭐ Kelajak huquqshunoslari, Sizni kutib qolamiz!

📎Savollarni izohlarda qoldiring!

Kanalga ulanish:
👉@huquq_talimi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Andijon viloyatida maktablarda tashkil etilgan “Huquq sinfi”lari faoliyati bilan tanishdi


Adliya vaziri Akbar Toshqulov Andijon viloyatiga xizmat safari davomida dastlab Xoʻjaobod tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tashkil etilgan “Huquq sinfi”da yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, oʻquvchilar bilan muloqot oʻtkazdi.

Yoshlarda ilm olishga intilish, mamlakatdagi islohotlarga daxldorlik hissini shakllantirish hamda huquqshunoslik kasbining jozibadorligi xususida soʻz yuritildi. Shuningdek, oʻquvchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga bevosita vazirdan javob olish imkoniyatiga ega boʻldi.

Navbatdagi manzil Xoʻjaobod tumanidagi “Mustahkam” mahallasida boʻldi. “Mahalla yettiligi” bilan uchrashuv davomida adliya boʻlimlari tomonidan MFY xodimlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar, shu jumladan, huquqiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish masalalari muhokama qilinib, ijobiy amaliyot taqdimoti oʻtkazildi.

Bunda “online mahalla” platformasi orqali adliya organlariga yuborilayotgan murojaatlarni oʻrganish va hal etish, mavjud tizimli huquqiy muammolarni bartaraf etish, aholiga sayyor tartibda sifatli huquqiy va davlat xizmatlari koʻrsatish, manzilli targʻibot tadbirlarini tashkil etish boʻyicha zarur tavsiyalar berildi.

Bu kabi uchrashuvlar Andijon viloyatining bir qator boshqa mahallalarida ham oʻtkazildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi va “Mohirdev” kompaniyasi oʻrtasida raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi

Oʻzbekiston Respublikasining Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasiga muvofiq, Adliya vazirligi va “Mohirdev” kompaniyasi “raqamli hukumat”ni rivojlantirishda sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalardan foydalanish, davlat xizmatlarini yanada samarali, shaffof va qulay qilish maqsadida hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan memorandum imzoladi.

Mazkur memorandum doirasida quyidagi yoʻnalishlarda loyiha va tashabbuslar amalga oshirilishi rejalashtirilgan:
➖Xodimlarning sunʼiy intellekt sohasidagi bilim va koʻnikmalarini oshirish, davlat xizmatchilari va boshqa mutaxassislarning malakasini oshirish. Bu orqali davlat organlarida zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish imkonini yaratiladi.
➖Raqamli xizmatlarni qulaylashtirish. Ushbu yoʻnalishda nutqni aniqlash va sintezlash, tabiiy tilga ishlov berish (LLM va NLP) texnologiyalari asosida qulay va intuitiv interfeyslar yaratish koʻzda tutilgan.
➖Aholi va tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida sunʼiy intellektga asoslangan chat-botlar joriy etish.

Shuningdek, Adliya vazirligi axborot tizimlarida toʻplangan huquqiy hujjatlar bazasini sunʼiy intellekt yordamida avtomatlashtirilgan holda tahlil qilish imkoniyatlari yaratiladi.

Mazkur hamkorlik natijasida davlat xizmatlari sifatini oshirish, aholining davlat xizmatlariga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlash, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish hamda mamlakatning raqamli transformatsiyasiga hissa qoʻshish koʻzda tutilgan.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM