ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.51K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

Mahallalarda harbiy hisobni yurituvchi sobiq xodimlarning 6 nafari adliya himoyasida oʻz haq-huquqini tikladi. Ish sudga koʻchguncha, sobiq xodimlar mehnatga haq toʻlashdagi huquqbuzarlikni anglab tuman adliya boʻlimiga murojaat qoldirgan.

Adliya idorasi mahallalarda harbiy hisobni yurituvchi sobiq xodimlarning manfaati himoyasida mahalla uyushmasi tuman boʻlimiga nisbatan sudga daʼvo arizasi kiritdi va ijobiy natijaga erishdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📣 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan 2024-yilning 13-14-noyabr kunlari xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazilishi munosabati bilan malaka imtihoni jarayoni soat 10-00 dan boshlab videotasvirga olinib, internet tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Fargʻonaga xizmat safarini yaqinda foydalanishga topshirilgan X.Sulaymonova nomidagi sud ekspertizasi markazi viloyat boʻlimining yangi binosi bilan tanishishdan boshladi.

Sud ekspertiza markazining viloyat boʻlimida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, ekspertiza turlari, takomillashtirilgan zamonaviy moddiy texnika bazasi hamda boʻlimda yangi tashkil etilgan odam DNKsi sud biologik ekspertiza laboratoriyasi bilan tanishildi.

Adliya vaziri ushbu boʻlim nafaqat sud ekspertlariga, balki jismoniy va yuridik shaxslarga, shuningdek, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatiga yaqindan yordam berishga koʻmaklashishini taʼkidladi.

Fuqarolarning buzilgan huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, jinoyatchilikni tez va toʻla fosh qilish hamda sud va tergov organlarining ortiqcha ovoragarchiligining oldini olish hamda sud-ekspertiza xulosalarini qisqa muddatlarda olishlariga xizmat qilishi borasida ham oʻz fikr va mulohazalarini bildirdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Prezident qarorlari hayotda va nazoratda


Adliya vaziri Akbar Toshqulov Fargʻona viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari davomida Fargʻona futbol akademiyasidagi qurilish va rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi. Ushbu akademiya “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori asosida qayta rekonstruksiya qilingan.

Adliya vaziri Prezident qarori doirasida akademiyada amalga oshirilayotgan ishlar, yangidan qurilgan sunʼiy qoplamali maydon va kapital taʼmirlangan oʻquv binosi, yotoqxona va sport zal bilan tanishdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

📣 Hurmatli fuqarolar! Ayni vaqtda Sergeli tumani FHDY boʻlimi binosida Internet tarmogʻida kuzatilgan nosozlik sabab aholiga xizmat koʻrsatishda vaqtinchalik uzilishlar boʻlishini maʼlum qilamiz.

Shu sababli FHDY boʻlimlari faoliyati fuqarolarning doimiy (vaqtincha) roʻyxatdan oʻtgan joyidan qatʼiy nazar, boshqa tumanlarda ham xizmat koʻrsatilishi belgilangan.

📍 Siz Toshkent shahridagi boshqa tuman FHDY boʻlimlariga murojaat qilishingiz mumkin. Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr soʻraymiz.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_reportaj

📹 Hujjatsiz qurilgan uylarni qonuniylashtirishning aniq tartib-tamoyillari haqida tushuntirish berildi

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Shaxsga doir maʼlumotlardan qonunga xilof ravishda foydalanish javobgarlikka sabab boʻladi

Soʻnggi vaqtlarda turli toʻlov operatorlari va ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorlar tomonidan aholiga xizmat koʻrsatish, shu jumladan davlat xizmatlari koʻrsatishda ularining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetlari orqali yordam koʻrsatish taklif qilinmoqda.

“Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonunda mulkdor va (yoki) operatorning, shuningdek uchinchi shaxsning shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish bilan bogʻliq boʻlgan xodimlari oʻziga ishonib topshirilgan yoki kasbiy, xizmat yoxud mehnat majburiyatlarini bajarishi sababli maʼlum boʻlib qolgan shaxsga doir maʼlumotlarning oshkor etilishiga yoʻl qoʻymasligi belgilangan.

Biroq, aksariyat hollarda tadbirkorlar va toʻlov operatorlari tomonidan aholiga koʻrsatilgan xizmatlar yakuni boʻyicha shaxsga doir maʼlumotlarning yigʻilishi hamda bu maʼlumotlar boshqa shaxslarga berilishi va natijada undan turli gʻaraz niyatlarda foydalanish holatlari kuzatilmoqda.

❗️Eslatib oʻtamiz, shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Hurmatli fuqarolar, shaxsga doir maʼlumotlaringizni ishlov berish uchun toʻlov operatorlariga yoki tadbirkorlarga berish orqali kelgusida ushbu maʼlumotlardan boshqa shaxslar tomonidan gʻarazli maqsadlarda foydalanish xavfi ortishi mumkinligini eslatib oʻtamiz.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulovning Fargʻona viloyatiga xizmat safari davom etmoqda. Navbatdagi manzil markazdan olis Beshariq tumanining “Rapqon” mahallasi boʻldi.


U yerda vazir “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi. Akbar Toshqulov “online mahalla” platformasi orqali adliya organlariga yuborilayotgan murojaatlar, mavjud muammolarni ijobiy hal etish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, bugunning dolzarb masalalaridan biri — aholi tomonidan noqonuniy egallab olingan yerlarni hujjatlashtirish borasida Kadastr agentligining tuman boʻlimi xodimlari bilan alohida suhbatlashildi. Adliya vaziri aholiga qonunning mazmun-mohiyatini xalqchil tilda tushuntirish hamda adolatli va samarali ijro etilishi yuzasidan fikr yuritdi.

Shuningdek, adliya vaziri Oʻzbekiston tumanining “Oxta tagob” MFYda “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi. Uchrashuvda tuman adliya boʻlimi boshligʻi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida axborot berildi.

Vazir mahalla hududida aholi bilan uyma-uy yurib muloqot qilish, ularning kayfiyati va muammolarini oʻrganish, yoshlar bilan manzilli ishlash bilan bogʻliq vazifalarga toʻxtalib oʻtdi. “Mahalla yettiligi”ning aholi muammolarini oʻrganish va hal etish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash, yoshlar bilan ishlash masalalari boʻyicha savollariga batafsil tushuntirishlar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
#Bir_murojaat_izidan

Muhammadxon ota 70 yoshida tugʻilganlik guvohnomasini oldi


👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM