#Adliya_xabari
Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) vakillari bilan uchrashdi.
Tomonlar samarali va barqaror siyosatlarni yaratishda hamkorlik qilish, maʼlumotlar va dalillarga asoslangan tartibga solish yondashuvlarini rivojlantirish, tartibga solish taʼsirini baholash mexanizmlarini takomillashtirish yoʻnalishidagi ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildilar.
Adliya vaziri oʻrinbosari mehmonlarni vazirlik tomonidan amalga oshirilgan ishlar va bu yoʻnalishdagi istiqbolli loyihalar bilan tanishtirdi. Taʼkidlanganidek, Prezident farmoniga binoan tashkil etilgan, 30 nafardan ortiq xodim faoliyat yuritadigan Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish taʼsirini baholash instituti tufayli Adliya vazirligining tahliliy salohiyati sezilarli darajada kuchaydi. Mazkur institut vazirlikni chuqur tahliliy va ilmiy-tadqiqot koʻmagi bilan taʼminlaydi, bu esa qabul qilinayotgan qarorlarning asosliligini oshiradi.
Uchrashuv doirasida IHTTning Oʻzbekistondagi davlat boshqaruvi boʻyicha sharhida taqdim etgan tavsiyalari va ularni amaliyotga joriy etish boʻyicha hamkorlik masalalari koʻrib chiqildi.
IHTT vakillari Adliya vazirligi tomonidan qonun ijodkorligi faoliyati samaradorligini oshirish va qonunchilik hujjatlari sifatini yaxshilash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning koʻlami va samaradorligini eʼtirof etdilar.
Kelgusidagi hamkorlik yoʻnalishlari muhokama qilinib, jumladan tartibga solish taʼsirini baholash sohasida IHTTning ekspertlari tomonidan koʻmak koʻrsatilishiga kelishib olindi.
📌 Kanalga ulanish

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
O‘zbekiston adliya vaziri Akbar Toshqulov Ashxobodda “Markaziy osiyoda fuqarosizlikka barham berish” mavzusida vazirlar konferensiyasida ishtirok etdi.
👉Batafsil

Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi boshligʻi Sh.Kuchkarov va tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi J.Uzakov 4—7-noyabr kunlari Toshkent viloyati va Toshkent shahardagi tuman (shahar) adliya boʻlimlari xodimlari bilan uchrashdi.
Muloqotlar davomida sohada mavjud tizimli muammolar va ularni bartaraf etishga oid belgilangan choralar, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik hamda unga qarshi kurashish, xodimlarining mehnat intizomi va odob-axloq qoidalariga rioya etishi, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga doir masalalar muhokama qilindi.
Bundan tashqari, mehnat jamoasining ishchanlik kayfiyati va ish jarayonidagi muammolarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda ish unumdorligini oshirishga doir chora-tadbirlar belgilab olindi.

Qonunchilik hujjatlari loyihalarining ta'sirini baholash bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Bugun, 8-noyabr kuni AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan hamkorlikda 30 dan ortiq vazirlik va idoralarning mas'ul xodimlari ishtirokida “Qonunchilik hujjatlarini tartibga solish ta'sirini baholash: islohotlarni amaliyotga tatbiq etish” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Tartibga solish ta'sirini baholash loyihalar bo‘yicha muammoni hal qilishga qaratilgan yechimlar va ular qabul qilinishi natijasida kelib chiqadigan ijobiy va salbiy oqibatlarni aniqlash va eng samarali usulni tanlash, amaldagi hujjatlar bo‘yicha ularning samaradorligini tahlil qilish maqsadida o‘tkaziladi.
Tadbirda “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta'minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni bilan qonunchilik hujjatlari loyihalari ta'sirini baholashning soddalashtirilgan va kengaytirilgan tartibi joriy qilinganligi, hamda, amaldagi qonunchilik hujjatlarining samaradorligini tahlil qilish va baholash tizimi takomillashtirilganligi ta'kidlab o'tildi.
Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi bilan hamkorlikda davlat organlarining tartibga solish ta'sirini baholashga mas'ul xodimlarining bilim va malakalarini oshirishga qaratilgan 10 ta moduldan iborat Tartibga solish ta'sirini baholash bo‘yicha o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan. Unda TSTBga oid barcha masalalar sodda va ravon tilda tushuntirib berilgan. Seminar doirasida ushbu qo‘llanmaning taqdimoti ham o‘tkazildi.