ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.51K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_tanlov

📣📣 Jurnalist va blogerlar diqqatiga!

Adliya vazirligi tomonidan Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi post va maqola tayyorlagan ijodkorlar eʼtirof etiladi.

Bunda Konstitutsiyada belgilangan huquqlarni targʻib qiluvchi eng yaxshi ijodiy ishlar jamoatchilik faollari va ekspertlardan iborat komissiya tomonidan saralab olinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun 2024-yilning 1-yanvaridan 25-noyabriga qadar boʻlgan davr oraligʻida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boʻyicha tayyorlangan hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan yoki nashr etilgan maqola va blogpostlar mualliflar tomonidan Telegramdagi @adliya_axborot elektron manziliga yuboriladi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:
✔️ “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi maqola”.
✔️ “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi blogpost”.

🗓 Muddat: 2024-yil 25-noyabrgacha.

Saralab olingan ishlar mualliflari qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar

Adliya vazirligi tomonidan yoshlar bilan ishlash, ularni qoʻllab-quvvatlash va hayotda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashish maqsadida maxsus loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ushbu ezgu ishlar bugun yoshlarni qanchalik ruhlantirmoqda? Yaratilayotgan imkoniyatlar va berilayotgan imtiyozlardan ular qanchalik mamnun?

Bu haqida batafsil 👉 videolavhada

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Personallashtirish agentligi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuristlar malakasini oshirish markazi;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️Yuridik texnikumlar;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj | Vazifa va ijro: aholiga huquqiy ko’mak ko’rsatilmoqda

📌 Kanalga ulanish
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Termiz tumanidagi Xalqaro savdo zonasida tashkil etilgan davlat xizmatlari filiali faoliyati bilan tanishdi


Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev Surxondaryo viloyatidagi amalga oshirgan xizmat safari davomida Termiz tumanidagi “Airitom Free Zone” xalqaro savdo zonasida loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar, xususan, tadbirkorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar bilan tanishdi hamda oʻzining fikr va mulohazalarini bildirdi.

Xalqaro savdo zonasida tashkil etilgan davlat xizmatlari filiali xodimlari bilan uchrashib, ularga davlat xizmatlari sonini oshirish hamda sifatini yaxshilash boʻyicha kerakli koʻrsatmalar berdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_tanlov

📣📣 Sovrinlarning umumiy qiymati 40 mln soʻmlik tanlov!

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi va TDYUning Maqsadli kapital (Endowment fund) jamoat fondi hamkorligida “Huquq bilimdonlari — Umummilliy Konstitutsiya imtihoni” oʻtkaziladi.

Tanlov shartlari bilan batafsil 👉bu yerda tanishing.

📎Tanlovda ishtirok etish uchun @huquqbilimdonibot Telegram botini ishga tushirishingiz lozim.

Gʻoliblar quyidagi miqdorda ragʻbatlantiriladi:
3️⃣-oʻrin 8 mln soʻm;
2️⃣-oʻrin 12 mln soʻm;
1️⃣-oʻrin 20 mln soʻm.

Imtihonda qatnashib bilimingizni sinovdan oʻtkazing va gʻolib boʻling!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Notariuslar litsenziyasi toʻxtatildi

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining qaroriga asosan, Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining tegishli qarori bilan:
▫️Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar J.Baxromov, Sh.Murtazayev;
▫️Samarqand tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius N.Abdullayevga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilish muddati 2024-yil 6-noyabrdan 1 oy muddatga toʻxtatildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Oʻzbekistonda davlat boshqaruvi boʻyicha sharhi koʻrib chiqildi

Bugun, 7-noyabr kuni Toshkentda Strategik islohotlar agentligi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (OECD) hamda Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) tomonidan yuqori darajadagi tadbir tashkil etildi. Unda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Oʻzbekistonda davlat boshqaruvi boʻyicha sharhining mamlakatda amalga oshirilayotgan davlat boshqaruvi islohotlarini qoʻllab-quvvatlash va mustahkamlashga qaratilgan yakuniy hisoboti koʻrib chiqildi.

Mazkur sharhda Oʻzbekistonning strategik rejalashtirish va siyosatni muvofiqlashtirish, nomarkazlashtirish (detsentralizatsiya) hamda tartibga solish siyosati va tartibga solish taʼsirini baholash (RIA) tizimi singari bir qator muhim masalalar oʻrin olgan.

Tadbirda adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov ishtirok etib, davlat boshqaruvi sohasida vazirlik tomonidan amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Noyabr oyi — "Energetika xavfsizligi oyligi" deb e'lon qilingan


Oylik doirasida quyidagilar rejalashtirilgan:

✔️ Yoqilg'i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini bartaraf etish va oldini olish;

✔️ Yoqilg'i-energiya resurslaridan samarali va oqilona foydalanish orqali iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish;

✔️Aholi orasida tezkor — profilaktik va huquqiy targ'ibot tadbirlarini o'tkazish.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Intellektual mulk sohasida mediatsiyani joriy etish yuzasidan xalqaro hamkorlik yoʻlga qoʻyilmoqda

Adliya vazirligi va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti vakillari oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi. Unda vazirlik xodimlari bilan bir qatorda Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Toshkent mediatsiya markazi masʼullari ham ishtirok etdi.

Asosiy maqsad — Oʻzbekiston intellektual mulk sohasida nizolarni mediatsiya usulida hal etish boʻyicha mustahkam tartib-taomillarni yoʻlga qoʻyishdir.

Uchrashuv davomida mahalliy mediatorlarning Butunjahon intellektual mulk tashkiloti akademiyasida malakasini oshirish, xorijiy ekspertlar ishtirokida oʻquv-treninglarini tashkil etish hamda sohaga oid ilgʻor xorijiy nashrlarni oʻzbek tiliga tarjima qilish kabi bir qator masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, Toshkent mediatsiya markazi hamda Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Arbitraj va mediatsiya markazi oʻrtasida intellektual mulk sohasida nizolarni mediatsiya usulida hal etish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan memorandum imzolashga kelishib olindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Millionlab fuqarolar kutgan qonun bugundan kuchga kirdi

Joriy yilning 8-noyabr kunidan boshlab «Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar
va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida»gi Qonun rasman kuchga kirdi.

Yaʼni, bugundan boshlab tasdiqlangan reja-jadval asosida mahallalarda kadastr xodimlari tomonidan xatlov ishlari boshlanadi.

🔖Ushbu jarayonlarga oid eng muhim 7 ta tavsiyalar:

1️⃣ shoshmashosharlik bilan kadastr yoki hokimiyatga murojaat qilmang;

2️⃣ hujjatsiz yerlarga nisbatan tegishli hujjatlarni pul evaziga turli yoʻllar bilan rasmiylashtirib berishni taklif etadigan “firibgarlar”ga aldanib qolmang, bu kabi holatga duch kelgan taqdiringizda huquqni muhofaza qiluvchi organlariga darhol xabar bering;

3️⃣ mahallalarda xatlov oʻtkazish boʻyicha reja-jadval bilan tanishib chiqing hamda sizning mahallangizda xatlov oʻtkaziladigan sana haqida xabardor boʻling;

🖥 Reja jadval bilan Kadastr agentligining rasmiy veb-sayti orqali https://kadastr.uz/uz/etirof-etish-reja-jadvali?region=1726&district=1726277 tanishishingiz mumkin.

4️⃣ xatlov oʻtkaziladigan kunlarda imkon qadar xonadoningizda boʻlishga harakat qiling hamda vakolatli tashkilotlarning xodimlariga joyiga chiqib oʻrganishda shart-sharoit yaratib bering;

5️⃣ maʼlumotlar jamoatchilikka eʼlon qilinganda ular bilan tanishib chiqing hamda eʼtirozingiz mavjud boʻlganda 1 oy muddatda tegishli tashkilotlarga shikoyat qiling;

6️⃣ yer va mulk soligʻi boʻyicha qarzdorligingiz mavjud boʻlsa, ularni toʻlash choralarini koʻring;

7️⃣ Sizga oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va binolarga nisbatan huquqlarni eʼtirof etish maqsadga muvofiq deb topilganligi toʻgʻrisida xabarnoma kelgandan soʻng, belgilangan muddatdan kechiktirmasdan bir martalik toʻlovlarni toʻlang.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) vakillari bilan uchrashdi.

Tomonlar samarali va barqaror siyosatlarni yaratishda hamkorlik qilish, maʼlumotlar va dalillarga asoslangan tartibga solish yondashuvlarini rivojlantirish, tartibga solish taʼsirini baholash mexanizmlarini takomillashtirish yoʻnalishidagi ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildilar.

Adliya vaziri oʻrinbosari mehmonlarni vazirlik tomonidan amalga oshirilgan ishlar va bu yoʻnalishdagi istiqbolli loyihalar bilan tanishtirdi. Taʼkidlanganidek, Prezident farmoniga binoan tashkil etilgan, 30 nafardan ortiq xodim faoliyat yuritadigan Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish taʼsirini baholash instituti tufayli Adliya vazirligining tahliliy salohiyati sezilarli darajada kuchaydi. Mazkur institut vazirlikni chuqur tahliliy va ilmiy-tadqiqot koʻmagi bilan taʼminlaydi, bu esa qabul qilinayotgan qarorlarning asosliligini oshiradi.

Uchrashuv doirasida IHTTning Oʻzbekistondagi davlat boshqaruvi boʻyicha sharhida taqdim etgan tavsiyalari va ularni amaliyotga joriy etish boʻyicha hamkorlik masalalari koʻrib chiqildi.

IHTT vakillari Adliya vazirligi tomonidan qonun ijodkorligi faoliyati samaradorligini oshirish va qonunchilik hujjatlari sifatini yaxshilash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning koʻlami va samaradorligini eʼtirof etdilar.

Kelgusidagi hamkorlik yoʻnalishlari muhokama qilinib, jumladan tartibga solish taʼsirini baholash sohasida IHTTning ekspertlari tomonidan koʻmak koʻrsatilishiga kelishib olindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM