ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.51K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi va Patent vakillari assotsiatsiyasi oʻrtasida hamkorlikni yanada kuchaytirish boʻyicha uchrashuv tashkil etildi.

Joriy yilning 4-noyabr kuni adliya vaziri oʻrinbosari M. Ikramov boshchiligida vazirlik masʼul xodimlari va Patent vakillari assotsiatsiyasi aʼzolari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv konstruktiv ruhda tashkil etilib, patent vakillarining intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza va himoya qilishdagi oʻrni, sohada mavjud muammolar hamda ularning yechimiga doir takliflar muhokama qilindi.

Jumladan, adliya vaziri oʻrinbosari M. Ikramov tomonidan soha rivojida patent vakilligi instituti muhim ahamiyat kasb etishi, bunga yorqin misol sifatida joriy yilda Adliya vazirligi Apellatsiya kengashi tomonidan 74 ta apellatsiyalar koʻrib chiqilgan boʻlsa, shulardan 63 tasi, yaʼni 85 foizi patent vakillari tomonidan kiritilganligi taʼkidlandi.

Shuningdek, Patent vakillari assotsiatsiyasi raisi M. Tursunova tomonidan “Sanoat mulki muhofazasi” portalini takomillashtirish hamda patent vakillarining kasbiy bilim va malakasini oshirish boʻyicha takliflar bildirildi.

Uchrashuv soʻngida vazirlik va Patent vakillari assotsiatsiyasi ekspertlari tarkibida boʻlgan ishchi guruh tashkil etish hamda mavjud muammolarni hal etishda hamkorlikda faoliyat olib borishga kelishib olindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

📣 Joriy yilning 5-noyabr kuni soat 16:00da Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay'at majlisi bo‘lib o‘tadi.

Video-konferens-aloqa shaklida o‘tkaziladigan yig‘ilishda 2024-yilning 9 oyi davomida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilinadi.

Unda vazirlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linma, “O‘zarxiv” va Personallashtirish agentligi, adliya organlari va muassasalari rahbarlari, shu jumladan tuman (shahar) adliya bo‘limlari mas'ul xodimlari ishtirok etadi.
_____________

#Важно

📣 5 ноября текущего года в 16:00 состоится очередное расширенное заседание коллегии Министерства юстиции.

На заседании, которое пройдет в формате видео-конференц-связи, будут обсуждены работа, проделанная органами и учреждениями юстиции за 9 месяцев 2024 года, и задачи на перспективу.

В нем примут участие руководители структурных подразделений центрального аппарата министерства, Агентства "Узархив" и Агентства персонализации, органов и учреждений юстиции, в том числе ответственные сотрудники районных (городских) отделов юстиции.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

Nega mahalla idorasi oʻz xodimlariga “otpuska” pullarini bermadi?

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi va viloyatdagi adliya organlari tomonidan 30 ming nafardan ortiq yoshlarning muammolari xatlovdan o‘tkazilib, ayni paytda ularga ijtimoiy, huquqiy ko‘mak ko‘rsatilishi davom etmoqda.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Nuqsonli tovarlar va iste'molchining huquqlari: almashtirish va hisob-kitob qilish tartibi


O‘zbekiston Respublikasining «Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunining 17-moddasi, nuqsonli tovar sotilganda iste'molchining huquqlarini tartibga soluvchi asosiy qoidalardan biridir.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

⚡️Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay'at majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

Video-konferens-aloqa shaklida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda 2024-yilning 9 oyi davomida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilinmoqda.

Yigʻilishda norma ijodkorligi, huquqiy va davlat xizmatlari koʻrsatish, murojaatlar bilan ishlash, ochiqlik siyosati va boshqa sohalar kesimida tahliliy maʼlumotlar keltirildi.

Xususan, 1 569 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazilib, tashabbus bilan 187 ta loyiha ishlab chiqildi. Joylarda 420 mingdan ziyod huquqiy targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Kelib tushgan 123 007 ta murojaatdan 78 foizi qonuniy hal etilib, fuqaro va tadbirkorlar manfaatida kiritilgan taʼsir choralari natijasida pul mablagʻi undirib berildi.

Hay'at majlisi davom etmoqda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

⚡️Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay'at majlisi davom etmoqda.

Unda 2024-yilning 9 oyi davomida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar sohalar kesimida tahlil qilinmoqda.

Taʼkidlanishcha, davlat organlarining 44 mingdan ziyod noqonuniy hujjatlari bekor qilinib, qoʻpol qonunbuzilishi holatlariga yoʻl qoʻygan 2 686 nafar aybdor shaxslar intizomiy hamda 8 093 nafar aybdor mansabdor shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholiga 8,4 milliondan ortiq xizmatlar koʻrsatilib, xizmat koʻrsatish jarayoni va bosqichlari soddalashtirilishi natijasida oʻrtacha xizmat koʻrsatish vaqti 5 daqiqani tashkil etmoqda.

Yuridik xizmat markazlari tomonidan davlat tashkilotlarining 6,3 milliondan ziyod hujjat loyihalari boʻyicha huquqiy xulosalar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM