#Adliya_xabari
O‘zbekiston davlat xizmatlarini raqamlashtirishni jadallashtirmoqda: Tojikistondagi forumda adliya vaziri o‘rinbosari sohadagi ustuvorliklar va yutuqlar haqida so‘zlab berdi
👉Batafsil
📌 Kanalga ulanish

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) “Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikni rivojlantirish” mintaqaviy dasturi tomonidan Qozogʻistonning Ostona shahrida “Maʼmuriy huquq va jarayon: hozirgi holati va kelajakdagi chaqiriqlar” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi.
Unda Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori Yesemurat Kanyazov ishtirok etmoqda.
Konferensiya maqsadi — “Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikni rivojlantirish” loyihasining yakunlarini sarhisob qilish, loyiha natijasining barqarorligini taʼminlash, Markaziy Osiyo davlatlarida maʼmuriy huquq sohasini rivojlantirish yuzasidan muhokamalar oʻtkazish.
Tadbirda Germaniya, Shveysariya, Avstriya, Moldova, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, Oʻzbekiston va boshqa davlatlardan davlat xizmatchilari, sudyalar, olimlar, xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.
Sessiyalar davomida Markaziy Osiyo mamlakatlarida huquqiy davlatchilikni rivojlantirish, maʼmuriy tartib-taomillarni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari, maʼmuriy huquq sohasida xalqaro tajribalar hamda maʼmuriy huquq normalarini qoʻllashning ayrim muammoli masalalari muhokama qilinadi.

Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi boshligʻi Sh.Kuchkarov va tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi J.Uzakovlar 30—31-oktabr kunlari Xorazm viloyat adliya boshqarmasi, tuman (shahar) adliya boʻlimlari va boshqa adliya muassasalari xodimlari bilan uchrashdi.
Muloqotlar davomida sohada mavjud tizimli muammolar va ularni bartaraf etishga oid belgilangan choralar, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik hamda unga qarshi kurashish, xodimlarining mehnat intizomi va odob-axloq qoidalariga rioya etishi, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga doir masalalar muhokama qilindi.
Bundan tashqari, mehnat jamoasining ishchanlik kayfiyati va ish jarayonidagi muammolarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda ish unumdorligini oshirishga doir chora-tadbirlar belgilab olindi.

#Mehr_ulash
👍 Adliya vazirligi: mehr ulashing va hayotlarni saqlab qoling
Bugun, 1-noyabr kuni Adliya vazirligi tashabbusi bilan Respublika qon quyish markazi bilan birgalikda “Mehr ulash” qon topshirish xayriya aksiyasi o‘tkazildi.
💡 Adliya vazirligi jamoasi “Donor sifatida mehr ulashing va hayotlarni saqlab qoling” chaqirig‘i bilan qolganlarni ham ushbu xayriya aksiyasida ishtirok etishlarini chorlaydi.
👉Batafsil
📌 Kanalga ulanish
Bugun, 1-noyabr kuni Adliya vazirligi tashabbusi bilan Respublika qon quyish markazi bilan birgalikda “Mehr ulash” qon topshirish xayriya aksiyasi o‘tkazildi.
👉Batafsil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_podkast
Ayollar dekretdan dekretgacha ishlaydimi?
“Ayollar koʻrsin!” huquqiy podkastining bu galgi sonida ishga qabul qilishda ayollar duch keladigan diskriminasiya, homilador va yosh bolali ayollar uchun imtiyozlar, norasmiy sektorda ayollar huquqlari, mehnat taʼtillari va majburiy mehnat kabi muhim mavzular haqida soʻz bordi.
Toʻliq video 👉 https://youtu.be/bAjZhX7FkgU
📌 Kanalga ulanish
Ayollar dekretdan dekretgacha ishlaydimi?
“Ayollar koʻrsin!” huquqiy podkastining bu galgi sonida ishga qabul qilishda ayollar duch keladigan diskriminasiya, homilador va yosh bolali ayollar uchun imtiyozlar, norasmiy sektorda ayollar huquqlari, mehnat taʼtillari va majburiy mehnat kabi muhim mavzular haqida soʻz bordi.
Toʻliq video 👉 https://youtu.be/bAjZhX7FkgU
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Adliya vazirligida oyning eng yaxshi xodimi aniqlandi
Adliya vazirligi Huquqiy axborot boshqarmasi bosh maslahatchisi Dilfuza Rustamovna Irgasheva 2024-yilning oktabr oyi uchun vazirlik tomonidan oyning eng yaxshi xodimi deb topildi.
Dilfuza Irgasheva mehnat faoliyatini 2008-yilda Adliya vazirligi huzuridagi “Inson va qonun” gazetasi tahririyatining boʻlim muxbiri sifatida boshlagan. 2008—2020-yillarda “Inson va qonun” gazetasi tahririyatining muxbiri, boʻlim muharriri, Huquq-tartibot idoralari bilan ishlash boʻlimi boshligʻi, adabiy muharriri, masʼul kotibi boʻlib ishlagan. 2020—2024-yillarda “Adolat” huquqiy axborot markazi Huquqiy targʻibot ishlarini amalga oshirish boʻlimi boshligʻi vazifasida faoliyat yuritgan.
2024-yilning avgust oyidan boshlab Adliya vazirligi Huquqiy axborot boshqarmasi Davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy axborot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi bosh maslahatchisi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.
Dilfuza Irgasheva huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash, huquqiy targʻibotni amalga oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targʻibot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish sohasida samarali faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, u real voqealarga asoslangan va 18-oktabr kuni premyerasi boʻlib oʻtgan “Matonat” filmi ijodkorlar guruhiga rahbarlik qilgan. Ushbu film Adliya vazirligi tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan “Madad” ijtimoiy-huquqiy loyihasi doirasida suratga olingan.
Vazirlik jamoasi Dilfuza Irgashevani ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.