ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.51K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Ахborot 24 | Sayyor qabulda aholi murojaatlari yechim topmoqda

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_sarhisob

“Bor-baraka, sotildi”:
2024-yil 9 oylikda Oʻzbekistonda sotilgan eng qimmat va eng raritet avtomobillar narxi

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

📣 Hurmatli fuqarolar! Ayni vaqtda Yakkasaroy tumani davlat xizmatlari markazi binosida elektr tarmog‘ida kuzatilgan nosozlik sababli fuqarolarga xizmat ko‘rsatishda vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishini ma‘lum qilamiz.

Siz Toshkent shahridagi boshqa tuman davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishingiz mumkin. Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari: kun davomida

🖥 Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Huquqiy bilimlar oyligi” doirasida “Yoshlar sayli” o‘tkazildi.

🖥 Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida ommaviy qabul o‘tkazildi.

🖥 Fargʻona viloyat adliya boshqarmasida Ichki ishlar vazirligi Farg‘ona akademik litseyi o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.

🖥 Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida matbuot anjumani o‘tkazildi.

🖥 Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i Olmazor tumani yoshlari bilan uchrashdi.

🖥 Ohangaron tumani adliya bo‘limi tomonidan 4-sonli umumtaʼlim maktabida “Huquq sinfi” tashkil etilib, o‘quvchilar uchun “Huquqiy savodxonlik va huquqiy madaniyatni oshirish” mavzusida darslar o‘tkazib kelinmoqda.

🖥 Nukus tumanidagi “Aqterek” mahallasida “Adliya kuni” doirasida yoshlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

🖥 Yunusobod tumani adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazi va FHDY bo‘limlarida yoshlar uchun “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Personallashtirish agentligi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuristlar malakasini oshirish markazi;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️Yuridik texnikumlar;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

Adliya vazirligi tomonidan ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan “Huquqiy koʻmak” aksiyasi doirasida hududiy adliya organlari tomonidan joylarda sayyor qabullar va uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.

Xususan, Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda band boʻlmagan, vaqtincha ishsiz ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslar uchun Buxoro shahar “Ishga marhamat” monomarkazida sayyor qabul hamda mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Qabul davomida fuqarolarga qonunchilikdagi mavjud imtiyozlar hamda saylov jarayoni haqida batafsil maʼlumotlar taqdim etildi, ularning murojaatlari qabul qilindi.

Aksiyada davlat xizmatlari markazi, FHDY boʻlimi va “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti vakillari ham ishtirok etib, sohaga oid tegishli huquqiy tushuntirishlar berdi.

Shuningdek, “Huquqiy koʻmak” aksiyasi doirasida Qorakoʻl tumani “Yangiturmush” MFY binosida ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslar va boshqa fuqarolar uchun sayyor qabul hamda “Adliya kuni” tadbiri tashkil etildi. Fuqarolarning huquqiy muammolari eshitilib, tegishli tushuntirishlar berildi. Ozodlikdan mahrum qilish joyidan qaytgan bir nafar shaxsning bandligi taʼminlandi, 10 ta murojaatlar koʻrib chiqish va hal etish uchun ish yurituvga qabul qilindi.

“Huquqiy koʻmak” aksiyasi doirasida Namangan tumani adliya boʻlimi monomarkaz bilan hamkorlikda ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslar ishtirokida mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar kundalik hayotlaridagi huquqiy masalalar boʻyicha mutaxassislardan tushuntirishlar oldi.

Aksiya doirasida Boyovut tumani adliya boʻlimi tomonidan “Sovotobod” mahallasida ommaviy sayyor qabuli tashkil etildi. Besh nafar fuqaroning murojaati joyida oʻz yechimini topdi, besh nafariga huquqiy tushuntirishlar berildi hamda oʻrganishni talab qiladigan 5 ta murojaat adliya bolimi ish yurituviga qabul qilindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga olganlarga subsidiya beriladi


Batafsil infografikada👆

Manba: VMQ-450-son, 05.09.2023-y.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj | Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda


Margʻilonlik Tohirjon ota Yusufaliyev pandemiya davrida oʻtkir bronxit kasalligidan aziyat chekkan. Yaqin kunlarga qadar bu kasallik asoratidan qiynalar edi. Erkin Vohidov nomidagi bogʻ hududida qurilgan vorkaut maydonchasida otaxonlar bilan sport mashgʻulotlarini boshlagach u butunlay sogʻayib ketdi.

“Mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish va sport maydonchalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarorining qabul qilinishi aholining barcha qatlamlari sport bilan shugʻullanishlari uchun oʻziga xos yana bir dadil qadam boʻldi. Jumladan, Fargʻona viloyatida mazkur qaror ijrosi yuzasidan qisqa fursatlarda amaliy ishlar boshlanib ketdi.

Batafsil 👉 lavhada

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_sarhisob

Oʻzbekistonda nechta advokat bor va ularning oʻrtacha yoshi nechada? (2024-yil sentabr holatiga koʻra)

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

📎Face-ID orqali hujjatlarsiz davlat xizmatlaridan foydalaning!

Adliya vazirligi barcha davlat xizmatlari markazlarida yuz qiyofasi orqali shaxsni avtomatik aniqlash tizimini yo‘lga qo‘ydi!

Hujjat ko‘rsatishga hojat yo‘q! Barcha kerakli ma'lumotlar avtomatik tarzda aniqlanadi!

💡Tezkor va qulay! Davlat xizmatlaridan foydalanish yanada yengil va tezkor bo‘ladi!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Mehnat intizomi: rag‘batlantirish va intizomiy jazo haqida muhim 7 savolga javob

Intizomiy jazoning amal qilish muddati bir yil, bir yil ichida xodimga yangi intizomiy jazo qo‘llanilmasa, u intizomiy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Intellektual_mulk

Huquqbuzar jarimaga tortildi

Yozuvchi Sobir Oʻnar muallifligidagi “Bibisora” asari (qissa va hikoyalar toʻplami) “Т.Z.” nashriyoti tomonidan ruxsatsiz nаshr etilganligi yuzasidan tegishli сhоrа koʻrish toʻgʻrisida Adliya vazirligiga murojaat kelib tushdi.

Murojaat yuzasidan “Т.Z.N” MChJning faoliyatida belgilangan tartibda tekshiruv oʻtkazildi. Tekshiruv natijalariga koʻra, “Т.Z.N” MChJga tegishli “Т.Z.” nashriyoti tomonidan “Bibisora” asari huquq egasi ruxsatisiz, tegishli shartnoma tuzmasdan nashr etilgan hamda 2000 adadda chop etib tarqatilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan adliya organlari tomonidan “ Т.Z.N” MChJ rahbari B.N.ga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma rasmiylashtirilib, koʻrib chiqish uchun Jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tuman sudiga yuborilgan va sudning qaroriga asosan unga MJtKning 1771-moddasi bilan 1 mln 700 ming soʻm jarima jazosi qoʻllanilgan.

Agarda sizning mualliflik huquqlaringiz buzilgan boʻlsa, Adliya vazirligiga murojaat qiling.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_sarhisob

NNTlar xorijdan qancha mablagʻ oladi: 2024-yil 9 oylik koʻrsatkichlari

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi boshligʻi Sh.Kuchkarov va tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi J.Uzakovlar 23—24-oktabr kunlari Buxoro viloyati tuman (shahar) adliya boʻlimlari xodimlari bilan uchrashdi.

Muloqotlar davomida sohada mavjud tizimli muammolar va ularni bartaraf etishga oid belgilangan choralar, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik hamda unga qarshi kurashish, xodimlarining mehnat intizomi va odob-axloq qoidalariga rioya etishi, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga doir masalalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, mehnat jamoasining ishchanlik kayfiyati va ish jarayonidagi muammolarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda ish unumdorligini oshirishga doir chora-tadbirlar belgilab olindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali

📎 "Saylov uchastkasi manzilini aniqlash" xizmatidan foydalanish tartibi haqida bilasizmi?

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga muvofiq, ovoz berish saylov kuni soat 8.00 dan 20.00 gacha o‘tkaziladi.

Ovoz berish vaqti va joyi to‘g‘risida uchastka saylov komissiyasi saylovchilarni saylovdan kamida o‘n kun oldin xabardor qiladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_sarhisob

Adliyada kimlar ishlaydi
: xodimlarning jinsi, yosh va ma'lumoti bo‘yicha tarkibiy ko‘rsatkichlar (2024-yil 9 oylik)

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

“Qogʻozsiz bir kun” respublika eko-aksiyasiga qoʻshiling!


Bugun, 25-oktabr kuni Oʻzbekistonda “Qogʻozsiz bir kun” respublika eko-aksiyasi oʻtkazilmoqda.

Bu nima uchun muhim? Qogʻozdan foydalanishni qisqartirish va undan voz kechish xarajatlarni, tabiiy resurslarga boʻlgan yuklamani, jumladan suv va elektr energiyasi isteʼmolini kamaytirish hamda chiqindilar miqdorini qisqartirishga imkon beradi. Umuman olganda, bunday amaliyot davlat organlari faoliyatini yanada barqaror, iqtisodiy samarali va ekologik xavfsiz qilishga yordam beradi.

Ofisda qogʻoz sarfini kamaytirish uchun nima qilish kerak?
✔️ Raqamli texnologiyalarga oʻting: hujjatlarni chop etish oʻrniga elektron xatlar joʻnating.
✔️Oqilona chop eting: faqat zarur boʻlganda bosing, ikki tomonlama chop etishdan foydalaning.
✔️Qayta ishlangan qogʻozdan foydalaning: ekologik toza qogʻoz mahsulotlarini tanlang.
✔️ Fayllarni onlayn ulashing: bulutli saqlash xizmatlari va hamkorlikda ishlash vositalaridan foydalaning.

Adliya organlarida joriy qilingan elektron tizimlar sababli 2024-yilning 9 oyi davomida oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 12,7 tonna ofis qogʻozi tejaldi.

Agar shu hajmdagi qogʻoz bilan yerni bir qavat qilib qoplaydigan boʻlsak, u taxminan 160 ming kvadrat metr maydonni, yaʼni 22 ta futbol maydonini yoki 127 ta olimpiya basseynini egallagan boʻlardi.

Oʻrtacha hisobda 1 tonna ofis qogʻozini ishlab chiqarish uchun daraxt turi va ishlab chiqarish texnologiyasiga qarab 17—20 ta daraxt kerak boʻlishi mumkin. Shu sababli, 12,7 tonna ofis qogʻozini tejash orqali taxminan 240 ta daraxtni saqlab qolishga erishildi.

Ofisda qogʻoz ishlatishni kamaytirish orqali ekologik kelajakka qadam qoʻyaylik!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM