ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.51K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

MDH adliya vazirlarining Toshkentdagi yig‘ilishi: mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash sari qadam

👉Batafsil
_____________

Заседание министров юстиции СНГ в Ташкенте: шаг к усилению регионального сотрудничества

👉Подробнее

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_munosabat

Notariuslar avtotransport vositasiga oid bitimlarni tasdiqlashda uning egasida yoʻl qoidalarini buzganlik uchun jarimalar mavjudligini tekshirmaydi

Ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim kanallarda fuqaro Gʻ.Jamilov murojaati eʼlon qilindi.

Uning mazmuni yuzasidan Adliya vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qarori bilan tasdiqlangan “Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning maʼmuriy reglamenti”ning 10-bandiga asosan, notariuslar Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi maʼlumotlar bazasi orqali qarzdorlik holati tekshirilishi lozim boʻlgan hollarda qarzdorlik aniqlangan boʻlsa, notarial harakatni rad etadi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-maydagi “Energiya resurslarini isteʼmol qilish, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari koʻrsatish, shuningdek, ijro ishini yuritish sohasida toʻlov intizomini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 379-son qarorida, mazkur qarorning 1-ilovasida koʻrsatilgan yirik bitimlar shaxslarning ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorligi mavjudligi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi maʼlumotlar bazasi orqali tekshirilganidan keyin amalga oshirilishi belgilangan.

Amaldagi qonunchilik hujjatlarida notariuslar tomonidan avtotransport vositasiga oid bitimlarni tasdiqlashda IIV YHXX organlari tomonidan qoʻllanilgan jarima mavjudligini tekshirish nazarda tutilmagan.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_birgamiz

MEN JAMIYATNING TOʻLAQONLI AʼZOSIMAN

Furqat tumanida istiqomat qiluvchi Shohista Raimova yetuk hunarmand. U toʻquvchilik, kashtachilik ishlarini onasidan oʻrgangan. Dastlab yengil toʻqiladigan buyumlar — sumkachalar, ayollar hamyoni, telefon uchun gʻiloflar toʻqigan.

Dadasi yoshligida chizgan rasmlardan nusxa koʻchirib, oʻzidagi iqtidorni rivojlantirgan Shohista vaqtini hunar oʻrganishga sarflamoqda.

Qoʻshnilarining aytishicha, Shohista toʻqigan qoʻgʻirchoqlarini sotmasdan bolalarga sovgʻa qiladi. Eʼtiborlisi, u hech qachon tushkunlikka tushmagan.

Batafsil 👉Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tayyorlagan lavhada.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mutaxassis_sharhi

MDH davlatlari oʻrtasida oʻzaro maʼlumot almashinuvi platformasi yaratiladi

Ushbu qarorga MDH ishtirokchi davlatlari Adliya vazirlari kengashining Toshkentda boʻlib oʻtgan 18-majlisida erishildi. Tizimning mohiyati, maqsadi va uni yaratilishi haqida Adliya vazirligi Raqamlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Kamol Almuradov axborot berdi:

— Hozirgi kunda MDH davlatlari oʻrtasida Kishinev va Minsk kelishuvlariga asosan FHDY maʼlumotlarini qogʻoz shaklida anʼanaviy pochta orqali almashinuvi yoʻlga qoʻyilgan.

MDH davlatlaridan anʼanaviy pochta xizmati orqali yuborilgan maʼlumotlar asosan bir–ikki oy muddatda Oʻzbekistonga yetib keladi va bir oy muddat davomida murojaat koʻrib chiqilib, tegishli javob xati yuboriladi. Javob xati ham murojaatchiga anʼanaviy pochta xizmati orqali bir–ikki oy muddatda yetkazib beriladi (maʼlumotlarning oʻrtacha almashinuv muddati 6 oygacha choʻzilib ketish holatlari mavjud).

Shuningdek, pochta xizmati orqali maʼlumotnomalar bilan birgalikda tugʻilganlik, nikoh, ajrim va oʻlim guvohnomalarining asl nusxalari qoʻshib yuboriladi. Ushbu hujjatlarning pochta xizmati orqali yetkazishda shikast yetkazilishi (yaroqsiz holda) yoki umuman yetib kelmaslik (yoʻqolib qolish) holatlari ham mavjud.

Oʻzbekiston Adliya vazirligi tomonidan MDH davlatlari oʻrtasida oʻzaro maʼlumot almashinuvi platformasini yaratish taklif etildi.

Ushbu axborot tizimni yaratishdan maqsad:
▫️ MDH davlatlari oʻrtasida oʻzaro maʼlumot almashinuvi platformasini yoʻlga qoʻyish orqali maʼlumotlarni elektron koʻrinishda shakllantirish (elektron koʻrinishdagi hujjatlarni oʻzaro tan olish orqali) hujjat almashinuv jarayonini raqamlashtirish orqali maʼlumotlar almashinuvini tezlashtirish (1—2 daqiqa);
▫️ Shakllanadigan maʼlumotni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash orqali ishonchliligini oshirish;
▫️ Maʼlumot almashinuvda konfidensialligini hamda xavfsizligini (shifrlash texnologiyalarini qoʻllagan holda) saqlab qolish.

Tizim qanday yaratiladi?
Har bir davlat serveriga axborot tizimining kloni oʻrnatiladi va boshqa davlatlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri maʼlumot almashinuvi yoʻlga qoʻyiladi (oʻrtada maʼlumot almashinuv va maʼlumotlarni saqlab, qayta ishlash boʻyicha markazlashgan server tashkil qilmasdan).

Maʼlumotlar almashinuvi toʻgʻridan-toʻgʻri tegishli davlatlarning maʼlumot almashinuv serverlari orqali ikki davlat oʻrtasida amalga oshiriladi. Hech bir davlat boshqa davlatlarning maʼlumotlariga koʻrish imkoniyati boʻlmaydi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida Toshkent davlat yuridik universitetida “Konstitutsionalizmning rivojlanish tendensiyalari: Oʻzbekiston va Finlyandiya tajribasi” mavzusida davra suhbati va seminar oʻtkazildi.
___________

В рамках Недели международных партнерских инициатив в Ташкентском государственном юридическом университете проведены круглый стол и семинар на тему «Тенденции развития конституционализма: опыт Узбекистана и Финляндии».

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Iqtibos

Yevgeniy Kovalenko, Belarus adliya vaziri:

— "Kadrlar hamma narsani hal qiladi" degan mashhur ibora adliya organlari faoliyatiga ham taalluqlidir. Adliya vazirliklari normativ-huquqiy hujjatlar va qaror loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi. Bu qonunchilik va boshqa hujjatlar loyihalariga taalluqli. Demak, mamlakatlarimiz fuqarolari va xo‘jalik yurituvchi subyektlari hayoti va faoliyatiga daxldor hujjatlar ustida ishlash adliya vazirliklarining muhim yuridik vazifasidir. Albatta, bu ish uchun malakali huquqshunos kadrlar zarur.

Shu yo‘nalishda MDH a’zo davlatlari o‘rtasida ham talabalar, ham mutaxassislar almashinuvi amalga oshirilmoqda. Sayyor shakldagi turli tadbirlar o‘tkazilmoqda, shuningdek, masofaviy aloqa vositalari, onlayn seminarlar va anjumanlar orqali tajriba almashilmoqda. Biz bir-birimizning eng istiqbolli tajribalarini o‘rganib, ularni o‘z milliy amaliyotimizga joriy etish choralarini ko‘rmoqdamiz.

_______________

Евгений Коваленко, министр юстиции Беларуси:

— Фраза «Кадры решают все» — это известное высказывание. Она применима и к сфере работы органов юстиции. Министерства юстиции проводят юридическую экспертизу проектов решений. Речь идет о проектах актов законодательства и других документах. Соответственно, работа над документами, по которым предстоит жить и действовать гражданам, хозяйствующим субъектам наших стран, — это важная часть юридической работы министерств юстиции. Конечно, для этой работы нужны квалифицированные юридические кадры.

В этом направлении между странами-участниками СНГ идет обмен как учащимися, так и специалистами. Проводятся различные мероприятия выездного формата и обмен опытом с помощью средств удаленного общения, онлайн-семинары и конференции. Мы изучаем самый перспективный опыт друг друга и принимаем меры по возможному внедрению в свою национальную практику.


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Iqtibos

Akbar Toshqulov, O‘zbekiston adliya vaziri:


— Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida 2027-yilni Huquqiy ma’rifat yili deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi qaror imzolandi.

Ushbu qarorni qabul qilishdan MDHga a’zo 8 ta davlat, shu jumladan Adliya vazirlari kengashi tarkibiga kirmaydigan Ozarbayjon va Qozog‘iston ham manfaatdorlik bildirdi. Bu esa Hamdo‘stlik hududida huquqiy ma’rifat sohasidagi hamkorlik o‘z chegaralarini kengaytirayotganini ko‘rsatmoqda. Ya’ni, Hamdo‘stlik makonida huquqiy ma’rifat sohasidagi hamkorlik o‘z chegaralarini kengaytirmoqda.

MDH Davlat rahbarlari kengashi qarorini ijro etish maqsadida adliya vazirliklari 2027-yilda Hamdo‘stlikda Huquqiy ma’rifat yilini tayyorlash va o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi loyihasini tayyorlashi hamda uni MDH Hukumat rahbarlari kengashi tasdig‘iga kiritishi lozim.

Shubhasizki, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha qator tadbirlarni birgalikda amalga oshirish qonunga hurmat asosida barqaror jamiyat shakllanishiga xizmat qiladi.

_____________

Акбар Ташкулов, министр юстиции Узбекистана:

— На прошедшем в Москве заседании Совета глав государств СНГ подписано решение «Об объявлении в Содружестве Независимых Государств 2027 года Годом правового просвещения».

Заинтересованность в принятии данного решения выразили 8 государств – участников СНГ, в том числе и те страны, которые не входят в состав Совета министров юстиции. Это Азербайджан и Казахстан. То есть это показывает, что сотрудничество в области правового просвещения на пространстве Содружества расширяет свои границы.

Для исполнения решения Совета глав государств СНГ министерствам юстиции предстоит подготовить проект Плана мероприятий по подготовке и проведению в Содружестве в 2027 году Года правового просвещения и внести его на утверждение Совета глав правительств СНГ.

Бесспорно, совместная реализация ряда мероприятий по повышению уровня правосознания и правовой культуры граждан будет способствовать формированию устойчивого общества, основанного на уважении закона.


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Iqtibos

Konstantin Chuychenko, Rossiya adliya vaziri:

— Fursatdan foydalanib, tadbirni ajoyib tarzda tashkil etgani va majlisda hukm surgan ishchan ruh uchun Oʻzbekiston tomoniga samimiy minnatdorchiligimni bildiraman. Biz bir qator muhim hujjatlarni, jumladan, huquqiy yordamni takomillashtirish va adliya sohasini raqamlashtirishga oid uchta hujjatni imzoladik.

Hozirgi kunda huquqiy yordam qogʻoz hujjatlar orqali amalga oshirilmoqda. Tabiiy ravishda, bu jarayon ancha vaqt talab etadi. Biroq, zamon ilgarilab bormoqda va adliya ham zamonaviy talablarga mos boʻlishi lozim. Shu sababli, oʻzaro hamkorligimizni raqamli formatga oʻtkazish masalalarni muhokama qilib, tegishli hujjatlar imzoladik.

Endi biz xat-xabarlar va soʻrovlarni elektron shaklda amalga oshiramiz. Bu, xususan, majburiy ijro sohasiga ham taalluqli boʻlib, sohamiz uchun gʻoyat muhim ahamiyat kasb etadi.

___________

Константин Чуйченко, министр юстиции России:

— Пользуясь случаем, благодарю узбекистанскую сторону за блестящую организацию мероприятия и за тот деловой настрой, который господствовал на заседании. Мы подписали ряд важных документов, в том числе три, посвященных совершенствованию правовой помощи и цифровизации сферы юстиции.

На сегодня правовая помощь осуществляется в так называемом документарном виде. Естественно, это занимает большой отрезок времени. Но время идет вперед, и юстиция должна идти в ногу со временем. Поэтому обсуждены и подписаны документы по переводу нашего взаимодействия в цифровой формат.

Будем осуществлять пересылку и запросы в электронном виде, в том числе это касается сферы принудительного исполнения, что также имеет первостепенное значение для нашей отрасли.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev IV Toshkent Aksilkorrupsiya forumida ishtirok etdi

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Madad_loyihasi

⚡️Bugun, 18-oktabr kuni Toshkentda “Matonat” filmining premyerasi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda davlat organlari rahbarlari, fuqarolik jamiyati, biznes, ilmiy va akademik doiralar, OAV vakillari, jamoat faollari, inflyuenserlar va blogerlar ishtirok etdi.

“Matonat” filmi real voqealarga asoslangan boʻlib, Adliya vazirligi tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan “Madad” ijtimoiy-huquqiy loyihasi doirasida suratga olingan.

Loyihada “Kambagʻallikdan farovonlik sari” tamoyili asosida kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan va nogironligi boʻlgan fuqarolarga huquqiy va moliyaviy amaliy koʻmak berish orqali ularning oʻz tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishiga erishish maqsad qilingan.

Bunda fuqarolarning oʻzi qiziqqan sohasiga mutaxassislar tomonidan oʻqitilib, malaka va qobiliyatini oshirish, ularning dunyo qarashini oʻzgartirish va kunlik daromadini oshirish orqali farovonlikka erishishi taʼminlanadi.

Surxondaryo viloyati Denov tumanidan Dilorom Yuldasheva ushbu loyihaning ilk ishtirokchilaridan. U “Matonat” filmining bosh qahramoni ham boʻldi.

❗️Filmni 19-oktabr kuni soat 18:00 dan boshlab YouTube’da tomosha qilishingiz mumkin. Havolasini ulashamiz, bizni kuzatib boring.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM