ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.51K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

🗓 Imkon. Matonat. 3 kun qoldi...

Bu shunchaki hayot xronikasi emas, balki qiyinchiliklarni yengib o‘tish va ruhiy kuchning chuqur, shaxsiy qissasidir.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

📢📢 Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan Toshkent shahri aholisining murojaatlarini o‘rganish maqsadida sayyor qabul o‘tkaziladi.

Sayyor qabul joriy yilning 18-oktabr kuni soat 15:00 da Yangihayot tuman adliya bo‘limi binosida (Qipchoq ko‘chasi, 1A-uy) hamda 19-oktabr kuni saot 11:00 da Chilonzor tuman adliya bo‘limi binosida (Bunyodkor shoh ko‘chasi, 50-uy) bo‘lib o‘tadi.

Poytaxtimiz aholisi ushbu sayyor qabulda o’zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaat qilishlari mumkin.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Toshkentda “Saylovlar demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va yangilangan Konstitutsiyani amalda tatbiq etishning yangi bosqichi sifatida” mavzusida ekspertlar muhokamasi bo‘lib o‘tdi

👉
Batafsil
______

👉Читать на русском

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Imkon_loyihasi

Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Imkon” ijtimoiy-huquqiy loyihasi yoʻlga qoʻyildi.

Surxondaryo viloyati Denov tumanidan Dilorom Yuldasheva ushbu loyihaning ilk ishtirokchilaridan. U real voqealarga asoslangan “Matonat” filmining bosh qahramoni ham boʻldi.

Bugun, 18-oktabr kuni Toshkentda “Imkon” loyihasining taqdimoti hamda “Matonat” filmining premyerasi boʻlib oʻtadi.

❗️Filmning to‘lig‘ini 19-oktabr kuni soat 18:00 dan boshlab loyihaning YouTube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruhi Samarqandda


Koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish masʼullarning quyi boʻgʻinlar faoliyatiga boʻlgan eʼtiboriga ham bogʻliq. Boisi, tizimning nechogʻlik samaradorligi hududlarda yaqqol namoyon boʻladi.

Xususan, Adliya vazirligining ishchi guruhi viloyatdagi FHDY organlari, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari, Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmalarida xizmat koʻrsatish sifati, raqamlashtirish jarayoni, bu borada amaliyotda uchrayotgan xato hamda kamchiliklar, tizimli muammolar, vakolatli idoralar bilan hamkorlik samaradorligi, bu borada tizim xodimlarining takliflarini oʻrganishmoqda.

Ishchi guruh vakillari Samarqand shahridagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi, Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi viloyat boshqarmasi, Samarqand tuman FHDYo boʻlimidagi mazkur holatni koʻzdan kechirishdi. Mavjud kamchiliklarni oʻrganib, ularni bartaraf qilish yuzasidan takliflar berishdi. Sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan fikr-mulohazalar, takliflarni tinglashdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

MDH adliya vazirlarining Toshkentdagi yig‘ilishi: mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash sari qadam

👉Batafsil
_____________

Заседание министров юстиции СНГ в Ташкенте: шаг к усилению регионального сотрудничества

👉Подробнее

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_munosabat

Notariuslar avtotransport vositasiga oid bitimlarni tasdiqlashda uning egasida yoʻl qoidalarini buzganlik uchun jarimalar mavjudligini tekshirmaydi

Ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim kanallarda fuqaro Gʻ.Jamilov murojaati eʼlon qilindi.

Uning mazmuni yuzasidan Adliya vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qarori bilan tasdiqlangan “Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning maʼmuriy reglamenti”ning 10-bandiga asosan, notariuslar Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi maʼlumotlar bazasi orqali qarzdorlik holati tekshirilishi lozim boʻlgan hollarda qarzdorlik aniqlangan boʻlsa, notarial harakatni rad etadi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-maydagi “Energiya resurslarini isteʼmol qilish, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari koʻrsatish, shuningdek, ijro ishini yuritish sohasida toʻlov intizomini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 379-son qarorida, mazkur qarorning 1-ilovasida koʻrsatilgan yirik bitimlar shaxslarning ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorligi mavjudligi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi maʼlumotlar bazasi orqali tekshirilganidan keyin amalga oshirilishi belgilangan.

Amaldagi qonunchilik hujjatlarida notariuslar tomonidan avtotransport vositasiga oid bitimlarni tasdiqlashda IIV YHXX organlari tomonidan qoʻllanilgan jarima mavjudligini tekshirish nazarda tutilmagan.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_birgamiz

MEN JAMIYATNING TOʻLAQONLI AʼZOSIMAN

Furqat tumanida istiqomat qiluvchi Shohista Raimova yetuk hunarmand. U toʻquvchilik, kashtachilik ishlarini onasidan oʻrgangan. Dastlab yengil toʻqiladigan buyumlar — sumkachalar, ayollar hamyoni, telefon uchun gʻiloflar toʻqigan.

Dadasi yoshligida chizgan rasmlardan nusxa koʻchirib, oʻzidagi iqtidorni rivojlantirgan Shohista vaqtini hunar oʻrganishga sarflamoqda.

Qoʻshnilarining aytishicha, Shohista toʻqigan qoʻgʻirchoqlarini sotmasdan bolalarga sovgʻa qiladi. Eʼtiborlisi, u hech qachon tushkunlikka tushmagan.

Batafsil 👉Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tayyorlagan lavhada.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM