ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.51K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Sherobod tuman adliya boʻlimi faoliyati bilan tanishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan tuman adliya boʻlimi va uning tarkibidagi barcha tuzilmalar birgalikda manzilli targʻibot tadbirlarini amalga oshirib kelmoqda.

Bu yoʻnalishda yana nimalarga eʼtibor qaratish kerakligi, uyma-uy yurish qamrovini oshirish borasida fikr almashildi. Vazir oʻrinbosari tomonidan bu borada aniq tavsiyalar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_statistika

📊 Joriy yil boshidan 30-sentabrga qadar 42 918 ta onlayn notarial harakat amalga oshirilgan.

Onlayn amalga oshirilgan Top-5 ta notarial harakat:
1️⃣ Voyaga yetmagan shaxslar uchun — ota-onalari yoki vasiylari (homiylari) fuqaroning xorijga chiqishiga rozilik arizasi — 18 517 ta
2️⃣ Er va xotinning umumiy mol-mulkni tasarruf etish boʻyicha bitim tuzishi uchun xotin (er)ning notarial tartibda tasdiqlangan rozilik arizasi — 9 256 ta
3️⃣ Avtomototransport vositasini oldi-sotdi va hadya shartnomasi — 4 106 ta
4️⃣ Avtomototransport ishonchnomasi — 2 745 ta
5️⃣Merosxo‘rning meros ulushidan voz kechish arizasi — 1 140 ta

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Sogʻliqni saqlash vazirligi ogohlantirildi

Qonunchilik hujjatlari talablariga koʻra dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilishida intellektual mulk huquqlariga qatʼiy rioya etilishi kerak.

Biroq Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida 2023-yilda 21 ta holatda, 2024 yilning oʻtgan davrida 16 ta holatda dori vositalari intellektual mulk huquqlariga rioya qilmagan holda davlat roʻyxatiga olinganligi aniqlandi.

Jumladan, isteʼmolchilarga yaxshi tanish boʻlgan “MAGNE B6”, “IMUDON”, “SMEKTA”, “DUSPATALIN”, “ELEVIT” kabi tovar belgilari ostida ishlab chiqariladigan dori vositalarining kontrafakt nusxalari “Magne B6”, “Nest Imudon”, “Smecta”, “Grand Imudon”, “MER DUSPATANIM”, “ELEMALVIT” koʻrinishida turli farmatsevtika korxonalari nomiga intellektual mulk huquqlariga rioya qilmagan holda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.

Shu sababli Sogʻliqni saqlash vazirligiga ogohnoma kiritilib, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni davlat roʻyxatdan oʻtkazilishida qonunchilik hujjatlari talablari buzilishini oldini olish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrish lozimligi, bunday holatlar takroran sodir etilganda qonunchilikda belgilangan jazo choralari qoʻllanilishi haqida ogohlantirildi.

Eslatib oʻtamiz, “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi hamda qalbakilashtirilgan va Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini ishlab chiqarish taqiqlanadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Sherobod tumanidagi quyosh fotoelektr stansiyasi va chorvachilik kompleksi faoliyati bilan tanishdi hamda tadbirkorlar bilan uchrashdi

Vazir oʻrinbosari X.Meliyev “Nur Sherabad Solar PV” MChJ quyosh fotoelektr stansiyasi ish jarayoni bilan yaqindan tanishar ekan, elektr energiyasini ishlab chiqish, chetga eksport qilish qanchalik muhim ekanligini alohida taʼkidladi. Shuningdek, “POMIR AGROMASTER” MChJ X/K chorvachilik kompleksi faoliyati bilan tanishdi.

Xizmat safari davomida vazir oʻrinbosari tadbirkorlik subyektlari uchun qonunchilikdagi mavjud imkoniyat va preferensiyalar xususida toʻxtalib, aynan chorvachilik yoʻnalishida ichki va tashqi bozor imkoniyatlari yuzasidan fikr bildirdi.

Bundan tashqari, mazkur hududdagi tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi. Jumladan, tadbirkorlar tomonidan yoʻllangan ayrim murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib alohida nazoratga olindi hamda ularga amaliy yordam koʻrsatilishi maʼlum qilindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_statistika

📈 Avtomototransport vositasini boshqarishga ishonchnomani rasmiylashtirish bilan bog‘liq notarial harakatlar 23 foizga oshgan.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifingi

Hozirgi kunda “Huquq maktabi“ mobil ilovasidan 2 ming nafarga yaqin foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Shoxidaxon Yuldasheva ma'lum qildi.

Adliya vazirligi mamlakat fuqarolariga o‘z huquqlarini yaxshiroq tushunish va himoya qilishda ko‘maklashish maqsadida “Huquq maktabi“ mobil ilovasini ishlab chiqdi.

IOS va Android platformalarida mavjud bo‘lgan ushbu ilova foydalanuvchilarga mehnat munosabatlari, oila huquqi, ijtimoiy himoya va fuqarolik jarayonlari kabi sohalarni qamrab olgan huquqiy ma'lumotlardan foydalanish imkonini beradi.

"Huquq maktabi” — bu aholining huquqiy savodxonligini oshirish va huquqni mustaqil o‘rganish imkoniyatini yaratish maqsadida ishlab chiqilgan innovatsion loyihadir.

Ilova foydalanuvchilarga materiallarni o‘zlari uchun qulay tezlikda o‘rganish imkonini beradi.

Foydalanuvchilarni rag‘batlantiruvchi tizim ham nazarda tutilgan: kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganliklari uchun ularga virtual “tangalar“ beriladi. Bu tangalarni Toshkent davlat yuridik universitetining sertifikatlarini va qimmatbaho sovg‘alarini olish uchun ishlatish mumkin.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Huquqiy Gap
⚡️“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish masalalari” mavzusida audio-podkast tashkil etiladi. 🎙Suhbat spikerlari: …
⚡️“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish masalalari” mavzusida audio-podkast davom etmoqda.

👉 Onlayn translyatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi elchisi Toyvo Klaar bilan uchrashdi

Bugun, 11-oktabr kuni adliya vaziri Akbar Toshqulov va Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi elchisi Toyvo Klaar oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Vazir uchrashuv davomida Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi izchil hamkorlik 30-yil davomida amalga oshirilib kelinayotganligini taʼkidlab, adliya va huquq sohasida amalga oshirilgan loyihalar va dasturlar haqida toʻxtalib otdi.

Jumladan, vazirlikning Yevropa Ittifoqi hamda BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikdagi “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” loyihasining birinchi fazasi doirasida aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimi takomillashtirilganligi va yangi imkoniyatlar yaratilayotganligi qayd etildi.

Oʻz navbatida, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari mazkur loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi va natijadorligi hamda fuqarolarning davlat xizmatlaridan foydalanish darajasini oshganligidan mamnunligini bildirdi.

Uchrashuv davomida Yevropa Ittifoqining maxsus imtiyozlar tizimi (GSP+) doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda ishga tushirilgan TWINNING dasturi doirasida “Normativ-huquqiy bazani tizimlashtirish va soddalashtirish” nomli loyihasi muhokama qilindi.

Shuningdek, A. Toshqulov xorij tomonini nodavlat, notijorat tashkilotlarni roʻyxatdan olish va moliyalashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar yuzasidan xabardor qildi.

Uchrashuv davomida tomonlar amaldagi loyihalar doirasida hamkorlikni jadallashtirishga hamda adliya va huquq sohasida oʻzaro hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Intervyu

“Yoshlar g‘oya emas pul izlayapti” – Sevara Nazarxon


Sevara Nazarxon “Ulug‘imsan Vatanim” uchun shoirdan eksklyuziv huquq olganmi, nima uchun ijodkor yoshlar orasida o‘g‘rilik va plagiat avj olib bormoqda, mualliflik huquqlari xorijda qanday?

Hudud24.uz xonandaning mashhur qo‘shiqlariga mashhur odamlar she'r yozib bergani kabi qiziq mavzularda O‘zbekiston Respublikasi Xalq artisti bilan suhbat qurdi.

To‘liq video 👉 https://youtu.be/cNViIiuHwrU

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Qonunchilik hujjatlari loyihalarni ishlab chiqishda elektron tizimlardan foydalanish bo‘yicha vazirlik va idoralarga uslubiy yordam ko‘rsatildi

11-oktabr kuni Adliya vazirligi tomonidan loyiha ishlab chiquvchi vazirlik va idoralar ishtirokida onlayn seminar tashkil qilindi. Tadbirda 270 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

Seminarda Adliya vazirligi tashabbusi asosida rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rgangan holda, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishishning yagona elektron tizimi ishga tushirilgani, qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda yangi tizim imkoniyatlari va afzalliklari tushuntirilib, undan foydalanish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, seminar davomida loyihalarni ishlab chiqish, kelishish, tartibga solish ta'sirini baholash, huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va qabul qiluvchi organlarga kiritish tartibi tushuntirildi. Vazirlik va idoralar vakillarining norma ijodkorligi jarayoni bilan bog‘liq savollariga Adliya vazirligi mutaxassislari atroflicha javob berishdi.

Mazkur tizimdan foydalanish natijasida norma ijodkorligi jarayoni to‘liq raqamlashtirilishiga erishiladi hamda ushbu jarayondagi qog‘oz sarfiga barham beriladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM