ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.51K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_statistika

📉 Avtotransport vositasini oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlash bilan bog‘liq notarial harakatlar 30 foizga kamaygan.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📈 Davlat xizmatlarining koʻlami kengaymoqda

Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatilayotgan xizmatlar soni yildan-yilga oshib bormoqda. Raqamlarga eʼtibor bering:
🔹 2022-yilda – 258 ta xizmat;
🔹 2023-yilda – 332 ta xizmat;
🔹 2024-yilning hozirgi davriga qadar – 382 ta xizmat turi.

Bu raqamlar davlat xizmatlari tizimining doimiy ravishda rivojlanib, fuqarolar uchun yanada koʻproq qulayliklar yaratayotganidan dalolat beradi.

Davlat xizmatlari endi koʻproq sohalarni qamrab olmoqda va tezkorlik, shaffoflikni taʼminlamoqda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy Gap
⚡️“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish masalalari” mavzusida audio-podkast tashkil etiladi.

🎙Suhbat spikerlari:

🔹O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mutaxassislari.

⏰Ovozli chat 11-oktabr kuni soat 16:00da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi.

📥Savollaringizni izohlarda qoldiring!

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiy_gap
#Adliya_xabari

“Normativ-huquqiy hujjatlarni qonunchilik tarmoqlari bo‘yicha tizimlashtirish” mavzusida seminar tashkil qilindi

Bugun, 10-oktabr kuni Adliya vazirligida qonunchilikni tizimlashtirish sohasi bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralarning vakillari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida qonunchilikni tizimlashtirishning maqsadi, ahamiyati, tartibi, bosqichlari, bunda e’tibor qaratish kerak bo‘lgan masalalar vazirlik va idoralarning vakillariga tushuntirildi hamda muhokama qilindi.

Shu bilan birga, qonunchilik sohalarini tizimlashtirish yuzasidan har bir sohaga Adliya vazirligining tajribali mutaxassislari biriktirildi hamda ular tomonidan har bir bosqichda vazirlik va idoralarga uslubiy yordam ko‘rsatilishi ma’lum qilindi.

Qonunchilikni tizimlashtirish natijasida qonunchilikdagi ziddiyatlar, noaniqliklar, takrorlanishlar va bo‘shliqlar bartaraf qilinadi, tarqoq qonunchilik hujjatlarini birlashtirilib, ulardan aholining foydalanishi yanada qulaylashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF–6218-son Farmoni bilan 2022–2025-yillarda jami 54 ta sohaga oid qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish belgilangan bo‘lib, bugunga qadar 32 ta sohani tizimlashtirish yuzasidan loyihalar ishlab chiqilib, qabul qiluvchi organlarga kiritilgan.


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Berlin federal yeri adliya senatori boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilindi

Bugun, 10-oktabr kuni adliya vaziri Akbar Toshqulov Berlin federal yeri adliya senatori Felor Badenberg boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda adliya va huquq sohasida hamkorlik aloqalari hamda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi tashabbuslar muhokama qilindi.

Adliya vaziri delegatsiya vakillariga so‘ngi yillarda adliya va huquq sohasida O‘zbekiston — Germaniya munosabatlarini yanada mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘zlab berdi.

Jumladan, uchrashuvda Adliya vazirligi Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning Toshkent shahridagi vakolatxonasi bilan uzoq yillardan buyon turli dastur va loyihalarni amalga oshirib kelayotganligi, xususan, GIZning “Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikni rivojlantirish” dasturi doirasida “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqilganligi alohida ta’kidlandi.

F.Badenberg O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi islohotlarni yuqori baholadi. Shu o‘rinda, hozirda dunyodagi yuz berayotgan turli tahdidlar, jumladan, diniy radikalizm, ekstremizm, kiberjinoyatlar soni oshib borayotganligi, ularga qarshi kurashda butun dunyo davlatlari muammolarga uchrayotganligini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida Germaniya Federativ Respublikasi Adliya vazirligi bilan huquqiy hamkorlik to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya loyihasi ishlab chiqilganligi hamda tez orada imzolanishi rejalashtirilayotganligi bildirildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifingi

📣 Bugun, 11-oktabr kuni AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Shoxidaxon Yuldasheva ishtirokida brifing boʻlib oʻtadi.

Mavzu: Aholining huquqiy savodxonligini oshirishda innovatsion usullardan foydalanish tajribasi.

⏳Vaqti: 15:00

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Sherobod tuman adliya boʻlimi faoliyati bilan tanishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan tuman adliya boʻlimi va uning tarkibidagi barcha tuzilmalar birgalikda manzilli targʻibot tadbirlarini amalga oshirib kelmoqda.

Bu yoʻnalishda yana nimalarga eʼtibor qaratish kerakligi, uyma-uy yurish qamrovini oshirish borasida fikr almashildi. Vazir oʻrinbosari tomonidan bu borada aniq tavsiyalar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_statistika

📊 Joriy yil boshidan 30-sentabrga qadar 42 918 ta onlayn notarial harakat amalga oshirilgan.

Onlayn amalga oshirilgan Top-5 ta notarial harakat:
1️⃣ Voyaga yetmagan shaxslar uchun — ota-onalari yoki vasiylari (homiylari) fuqaroning xorijga chiqishiga rozilik arizasi — 18 517 ta
2️⃣ Er va xotinning umumiy mol-mulkni tasarruf etish boʻyicha bitim tuzishi uchun xotin (er)ning notarial tartibda tasdiqlangan rozilik arizasi — 9 256 ta
3️⃣ Avtomototransport vositasini oldi-sotdi va hadya shartnomasi — 4 106 ta
4️⃣ Avtomototransport ishonchnomasi — 2 745 ta
5️⃣Merosxo‘rning meros ulushidan voz kechish arizasi — 1 140 ta

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM