ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.51K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida oyning eng yaxshi xodimi aniqlandi

Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti boshligʻi Baxrillo Gʻaybulloyevich Xasanov 2024-yilning sentabr oyi uchun vazirlik tomonidan oyning eng yaxshi xodimi deb topildi.

Baxrillo Xasanov mehnat faoliyatini 2001-yilda Adliya vazirligi Maʼmuriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi katta maslahatchisi sifatida boshlagan. 2001–2005-yillarda ushbu boshqarmada turli lavozimlarda ishlagan. 2005–2009-yillarda Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, boshqarma boshligʻi boʻlgan. Keyingi besh yil davomida Oliy Majlis Senati devoni Yuridik boʻlimi katta referenti lavozimida faoliyat yuritgan.

2014–2019-yillarda Adliya vazirligida turli boshqarmalarga rahbarlik qilgan. Undan soʻng uch yil Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi sifatida faoliyatini davom ettirgan.

2022–2024-yillarda Prezident Administratsiyasi Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchi boʻlinmalari Adliya va sud masalalari boʻyicha shuʼbasi bosh inspektori boʻlgan. 2024-yilning aprel oyidan boshlab Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti boshligʻi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

Baxrillo Xasanov intellektual mulk sohasini rivojlantirish istiqbollarini belgilash va bu boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni ishlab chiqish, ixtirolar, tovar belgilari, mualliflik huquqi va boshqa intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni huquqiy himoya qilish sohasida samarali faoliyat yuritmoqda.

Vazirlik jamoasi Baxrillo Gʻaybulloyevichni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_statistika

📈 Joriy yilning 3-choragida respublika bo‘ylab 179 425 ta nikoh qayd etilgan.

30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida nikohlari — 149 814 ta (Samarqand viloyatida eng ko‘p qayd etilgan).
50 yoshdan yuqori bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida nikohlar — 998 ta (Toshkent shahrida eng ko‘p qayd etilgan).

🔼104 509 nafar onalar 20 yoshgacha farzandli bo‘lgan.
▫️40 yoshdan keyin — 4 497 nafar onalar.
▫️45 yoshdan keyin — 58 nafar onalar.
▫️50 yoshdan keyin — 15 nafar onalar.

FHDY sohasi bilan bog‘liq boshqa ma'lumotlar 👉 infografikada

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_statistika

📉 Avtotransport vositasini oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlash bilan bog‘liq notarial harakatlar 30 foizga kamaygan.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📈 Davlat xizmatlarining koʻlami kengaymoqda

Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatilayotgan xizmatlar soni yildan-yilga oshib bormoqda. Raqamlarga eʼtibor bering:
🔹 2022-yilda – 258 ta xizmat;
🔹 2023-yilda – 332 ta xizmat;
🔹 2024-yilning hozirgi davriga qadar – 382 ta xizmat turi.

Bu raqamlar davlat xizmatlari tizimining doimiy ravishda rivojlanib, fuqarolar uchun yanada koʻproq qulayliklar yaratayotganidan dalolat beradi.

Davlat xizmatlari endi koʻproq sohalarni qamrab olmoqda va tezkorlik, shaffoflikni taʼminlamoqda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy Gap
⚡️“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish masalalari” mavzusida audio-podkast tashkil etiladi.

🎙Suhbat spikerlari:

🔹O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mutaxassislari.

⏰Ovozli chat 11-oktabr kuni soat 16:00da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi.

📥Savollaringizni izohlarda qoldiring!

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiy_gap
#Adliya_xabari

“Normativ-huquqiy hujjatlarni qonunchilik tarmoqlari bo‘yicha tizimlashtirish” mavzusida seminar tashkil qilindi

Bugun, 10-oktabr kuni Adliya vazirligida qonunchilikni tizimlashtirish sohasi bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralarning vakillari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida qonunchilikni tizimlashtirishning maqsadi, ahamiyati, tartibi, bosqichlari, bunda e’tibor qaratish kerak bo‘lgan masalalar vazirlik va idoralarning vakillariga tushuntirildi hamda muhokama qilindi.

Shu bilan birga, qonunchilik sohalarini tizimlashtirish yuzasidan har bir sohaga Adliya vazirligining tajribali mutaxassislari biriktirildi hamda ular tomonidan har bir bosqichda vazirlik va idoralarga uslubiy yordam ko‘rsatilishi ma’lum qilindi.

Qonunchilikni tizimlashtirish natijasida qonunchilikdagi ziddiyatlar, noaniqliklar, takrorlanishlar va bo‘shliqlar bartaraf qilinadi, tarqoq qonunchilik hujjatlarini birlashtirilib, ulardan aholining foydalanishi yanada qulaylashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF–6218-son Farmoni bilan 2022–2025-yillarda jami 54 ta sohaga oid qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish belgilangan bo‘lib, bugunga qadar 32 ta sohani tizimlashtirish yuzasidan loyihalar ishlab chiqilib, qabul qiluvchi organlarga kiritilgan.


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Berlin federal yeri adliya senatori boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilindi

Bugun, 10-oktabr kuni adliya vaziri Akbar Toshqulov Berlin federal yeri adliya senatori Felor Badenberg boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda adliya va huquq sohasida hamkorlik aloqalari hamda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi tashabbuslar muhokama qilindi.

Adliya vaziri delegatsiya vakillariga so‘ngi yillarda adliya va huquq sohasida O‘zbekiston — Germaniya munosabatlarini yanada mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘zlab berdi.

Jumladan, uchrashuvda Adliya vazirligi Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning Toshkent shahridagi vakolatxonasi bilan uzoq yillardan buyon turli dastur va loyihalarni amalga oshirib kelayotganligi, xususan, GIZning “Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikni rivojlantirish” dasturi doirasida “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqilganligi alohida ta’kidlandi.

F.Badenberg O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi islohotlarni yuqori baholadi. Shu o‘rinda, hozirda dunyodagi yuz berayotgan turli tahdidlar, jumladan, diniy radikalizm, ekstremizm, kiberjinoyatlar soni oshib borayotganligi, ularga qarshi kurashda butun dunyo davlatlari muammolarga uchrayotganligini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida Germaniya Federativ Respublikasi Adliya vazirligi bilan huquqiy hamkorlik to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya loyihasi ishlab chiqilganligi hamda tez orada imzolanishi rejalashtirilayotganligi bildirildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifingi

📣 Bugun, 11-oktabr kuni AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Shoxidaxon Yuldasheva ishtirokida brifing boʻlib oʻtadi.

Mavzu: Aholining huquqiy savodxonligini oshirishda innovatsion usullardan foydalanish tajribasi.

⏳Vaqti: 15:00

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Sherobod tuman adliya boʻlimi faoliyati bilan tanishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan tuman adliya boʻlimi va uning tarkibidagi barcha tuzilmalar birgalikda manzilli targʻibot tadbirlarini amalga oshirib kelmoqda.

Bu yoʻnalishda yana nimalarga eʼtibor qaratish kerakligi, uyma-uy yurish qamrovini oshirish borasida fikr almashildi. Vazir oʻrinbosari tomonidan bu borada aniq tavsiyalar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM