ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.51K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Men_bilgan_adliya

Sevara Nazarxon:
— Davlat xizmatlari markazlari xodimlari sabriga men hayronman. Har kuni ular aholining katta potoki bilan ishlaydi. Mijozlar har xil: yaxshi kayfiyat bilan keladiganlar bo‘ladi, qo‘pollikka yo‘l qo‘yadiganlar ham. Ammo xodimlar barchaga yaxshi muomala qilib, o‘z vazifasini bajarishga harakat qiladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Bolalarning ham murojaatlari o‘rganiladimi?

Batafsil 👉 videorolikda

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Navoiy viloyatida


Adliya vaziri Akbar Toshqulov Navoiy viloyatida boʻlib turibdi. Hududdagi dastlabki manzil viloyat yuridik texnikumi. Adliya vaziri oʻquv manzilida yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, oʻquvchilar bilan muloqot oʻtkazdi.

Bugungi kunda viloyat yuridik texnikumida 350 nafarga yaqin yoshlar tahsil olishmoqda. Oʻquvchilarga TDYU va yurisprudensiya yoʻnalishi mavjud boʻlgan oliy taʼlim muassasalariga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish, dual taʼlim imkoniyatlari taqdim etiladi.

Muloqot davomida yoshlarga shu haqida maʼlumot berilib, huquqshunoslik kasbining jozibadorligi, xalqaro huquq sohasi tushuntirildi hamda bilim olish va vaqtni toʻgʻri taqsimlash boʻyicha tavsiyalar berildi. Samimiy ruhda kechgan muloqot davomida yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar

Toshkent shahar adliya boshqarmasi yoshlar uchun Toshkent davlat yuridik universitetida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirini tashkil etdi.

“Tengdoshimga huquqiy yordam” aksiyasi doirasida o’tkazilgan tadbirda 30 nafardan ortiq yoshlar universitet sharoitlari va talabalarning dars jarayonlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo’ldi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi xodimlar uchun stressga qarshi kurashish bo‘yicha trening tashkil etdi

Butunjahon ruhiy salomatlik kuni munosabati bilan O‘zbekiston Adliya vazirligi xodimlarning stressni boshqarish usullari va ruhiy-hissiy farovonlikni saqlash bo‘yicha bilimlarini oshirishga qaratilgan trening o‘tkazdi. Tadbir samimiy va ochiq muhitda kechdi, bu esa ishtirokchilar va taklif etilgan psixolog o‘rtasida samimiy muloqot o‘rnatilishiga yordam berdi.

Treningning maqsadi xodimlarga hissiy yukni boshqarishni va zo‘riqishli ish sharoitida o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishni o‘rgatishdan iborat edi. Psixolog Parizoda Kuraxmedova stressning salbiy ta’siri ish unumdorligini pasaytirishi, salomatlikka zarar yetkazishi va ish joyidagi shaxslararo munosabatlarda muammolar keltirib chiqarishi mumkinligini tushuntirdi.

Mashg‘ulot davomida amaliy usullar: nafas olish mashqlari, bo‘shashish texnikalari va kognitiv-xulq-atvor terapiyasi usullari muhokama qilindi. Psixolog hissiy toliqishning dastlabki alomatlarini aniqlash va bartaraf etish yo‘llariga alohida e’tibor qaratdi hamda ish joyidagi bosim haddan tashqari kuchaygan hollarda hamkasblarga yoki mutaxassislarga yordam so‘rab murojaat qilish muhimligini ta’kidladi.

Bunday treninglarni tashkil etish — xodimlarning yuqori darajadagi ruhiy farovonligini ta’minlashga intilishni aks ettiruvchi yanada barqaror va g‘ayratli jamoa yaratish yo‘lidagi qadamdir.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

❗️ Nomingizga rasmiylashtirilgan kreditlar haqida ma'lumotlarni (o‘z kredit tarixingizni) onlayn tekshirib boring va firibgarlardan ogoh bo'ling

Batafsil 👉videorolikda

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Qonunchilikning taʼsirini baholash boʻyicha Finlandiyaning tajribasi oʻrganilmoqda

Joriy yilning 8—9-oktabr kunlari Adliya vazirligida “Qonunchilik hujjatlarining ijtimoiy sohaga taʼsirini baholash boʻyicha Finlandiya tajribasi” mavzusida seminar oʻtkazildi.

Ushbu seminar Finlandiyaning Xelsinki universitetining Huquq ustuvorligi markazi bilan hamkorlikda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi qonunchilik hujjatlarining ijtimoiy sohaga taʼsirini baholash boʻyicha amalga oshirilayotgan tajriba-sinov loyihasi doirasida tashkil etildi.

Seminarda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Agentlik huzuridagi Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish taʼsirini baholash instituti xodimlari xorijiy ekspertlar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlarining tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha Oʻzbekiston va Finlandiya tajribasini muhokama qilishdi.

Shuningdek, tadbirda qonunchilik hujjatlarining nogironligi boʻlgan shaxslarga taʼsirini aniqlash metodologiyasi, amalga oshirilgan tadqiqotlar, bu borada Finlandiya tajribasi toʻgʻrisida amaliy misollar koʻrib chiqildi.

Seminar natijalari boʻyicha Finlandiya tajribasi asosida nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan huquqlarni amalga oshirish bilan bogʻliq qonunchilik hujjatlarining taʼsirini baholash hamda ularning ijtimoiy sohaga taʼsirini baholash boʻyicha qoʻllanma ishlab chiqiladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov xizmat safari davomida Navoiy viloyat davlat arxivi faoliyati bilan tanishdi.

Viloyat arxivi va uning tuman (shahar) filiallari 1982-yilda tashkil etilgan. Hozirgi kunda davlat arxivida 1924—2019-yilliarga oid 300 ming saqlov birligiga yaqin hujjatlar saqlanmoqda.

Adliya vaziri hujjatlar saqlovi, mavjud sharoitlar, tizimda joriy etilgan yangiliklarning amalga oshirilish tartibi bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, soha vakillari bilan muloqotda boʻlib, muammo va kamchiliklarni joyida oʻrgandi hamda mas'ullar bilan sohani rivojlantirishga qaratigan takliflarni muhokama qildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_statistika

2024-yil 30-sentabr holatiga ko‘ra, 4 080 774 ta notarial harakat amalga oshirilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6 foiz kamdir.

Eng ko‘p notarial harakatlar amalga oshirilgan 5 ta hudud:

1️⃣ Toshkent shahri — 984 465 ta
2️⃣ Farg‘ona viloyati — 399 296 ta
3️⃣ Samarqand viloyati — 382 139 ta
4️⃣ Andijon viloyati — 346 518 ta
5️⃣ Toshkent viloyati — 262 629 ta

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Personallashtirish agentligi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuristlar malakasini oshirish markazi;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️Yuridik texnikumlar;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM