ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.51K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_tabrigi

Aziz ustoz va murabbiylar!

Sizlarni 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy qutlaymiz.

Mamlakat kelajagi, yosh avlod ta'lim-tarbiyasi yoʻlidagi sharafli va mas'uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar yor boʻlsin!

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

Pedagog maqomi va imtiyozlar: muhim 6 qoida
 

1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni. Hudud24.uz shu munosabat bilan pedagog va uning maqomi haqida ma'lumot berib o‘tadi.

👉 Batafsil

@adliyangiliklari
#Ehtirom

Adliya vazirligi tizimida bayramlar va alohida sanalar oldidan adliya organlarida koʻp yillar davomida mehnat qilgan, koʻplab shogirdlarni yetuk kadr sifatida yetkazib bergan ustoz faxriylar holidan xabar olish anʼanaga aylangan.

Chunki adolat yoʻli — sharafli, shu bilan birga sermashaqqat yoʻl, bu tanlov jasoratni, fidoiylik va sadoqatni talab etadi. Umrini fuqarolarga xizmat qilish, qonun va tartiblar ijrosini taʼminlashga bagʻishlagan insonlar mehnati hamisha el ardogʻida.

Oʻqituvchi va murabbiylar kuni oldidan ushbu anʼanani davom ettirgan holda vazirlik va hududiy adliya organlari tomonidan tizimida uzoq yillar davomida faoliyat yuritgan faxriy ustozlar holidan xabar olinib, ularga bayram sovgʻalari topshirildi. Soha faxriylari uchrashuvlar chogʻida yurtimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik soʻrab qoʻllarini duoga ochishdi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Buxoro viloyati adliya boshqarmasi tomonidan 1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan uch avlod uchrashuvi tashkil etildi.

Oʻziga xos muhitda va soʻlim ekobogʻda oʻtkazilgan tadbirda tizimda koʻp yillar ishlagan, oʻzining halol mehnati, ibratli hayoti, ijtimoiy faolligi bilan oʻrnak boʻlgan faxriylar, sohaning salohiyatli yosh xodimlari va talabalar ishtirok etdi. Muloqotda faxriylar oʻz hayot yoʻllaridan kelib chiqib yoshlarga kerakli tavsiyalar berishdi. Keksa avlod vakillari uchun bayram dasturxoni yozilib, ularga esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_faxriysi

Adliya faxriylari doim e’zozda!


68 yoshli Ravshanjon Qirg‘inov 18 yil hayotini adliya sohasiga bag‘ishlagan. Farg‘onada tizimga katta hissa qo‘shgan xodim, nafaqaga chiqqan so‘ng viloyatning Faxriylar kengashi raisi sifatida faoliyat yuritmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Samarqand shahar, Toyloq va Bulung‘ur tumanlarida bo‘ldi

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Samarqand viloyatiga xizmat safari davomida Samarqand shahar 5-son FHDY bo‘limi, Toyloq tuman adliya bo‘limida bo‘ldi. Xususan, adliya organlari ish faoliyati, jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayoni, sifatini ko‘zdan kechirdi. Mavjud imkoniyatlar hamda muammolarga e'tibor qaratdi.

Jumladan, tizim mas'ul xodimlari bilan fuqarolarning huquqiy muammolari bilan ishlash, qonun hujjatlari, “Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmonining joylardagi ijrosi, ushbu muhim hujjat doirasida fuqarolarga huquqiy ko‘mak ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami bilan tanishdi.

Toyloq tuman “Baxshitepa” mahalla binosida tashkil etilgan “Adliya kuni” loyihasi doirasidagi sayyor qabulga ulanib ketdi. Qabulda 48 nafar hudud aholisi 20 ga yaqin huquqiy muammolari bilan qatnashib, vazir o‘rinbosariga murojaat qildi. 7 ta murojaat qanoatlantirilib, 3 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, 9 tasi o‘rganib chiqish uchun nazoratga olindi.

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev  Samarqand viloyatiga xizmat safarini tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning huquqiy muammolarini o‘rganishga qaratdi. Xususan, Toyloq tumanidagi “PureMilky” korxonasida bo‘ldi.

2013-yilda tashkil topgan tabiiy sut va yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona rahbari Mehroj Akramov adliya vaziri o‘rinbosariga korxona faoliyatini tanishtirar ekan, soliq to‘lovlari, ish faoliyatida duch kelayotgan imtiyozlar bilan bog‘liq masalalar va ularning huquqiy yechimlari haqida ochiq muloqotda bo‘ldi.

@adliyangiliklari
#Eslatma

Adliya vazirligining Instagram, Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifalari hamda “Adliya yangiliklari” Telegram kanali rasmiy maqomga ega.

❗️Sahifalarning nomidagi maxsus belgi (✔️) orqali ularni oson ajratib olishingiz mumkin.

Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini va Telegram messenjeridagi kanallarini eslatib o‘tamiz:

📱 Telegram
@adliyangiliklari
@huquqiyaxborot
@huquqiyaxborot_lotin (lotin)
@pravoinf (rus)
@leginf (ingliz)

📱 Facebook
https://www.facebook.com/minjustuz

📱 Instagram
https://www.instagram.com/adliyanews

📱 Youtube
https://www.youtube.com/c/Adliya

📱 X (Twitter)
https://x.com/MinjustUzb

Axborotni ishonchli manbalardan oling!

🖥 Каналга уланиш
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Prezident qarorlari ijroda va nazoratda

Izlagan imkon topar: tadbirkor xotin-qizlar safi kengaymoqda 

🖥 Каналга уланиш
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

29 yoshli Shakarboy Ravshanov yosh bo‘lsa-da, hayotning achchiq sinovlariga erta duch keldi. Oilaviy muammolar sabab uning tug‘ilganligi vaqtida qayd etilmasdan qoldi va bu uning kelajak hayotiga katta to‘siqlarni yuzma-yuz qo‘ydi.

Ta’lim, ishga joylashish, boshqa huquq va imkoniyatlar eshigi uning uchun yopiq edi. Chunki unda tug‘ilganligini rasman tasdiqlovchi biror bir hujjat, hatto arxiv ma’lumotlar ham saqlanmagan. Tashkilotlar eshigi oldida sarson bo‘lgach u adliyaga murojaat qildi.

Payariq tuman adliya bo‘limi uning manfaatida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Payariq tumanlararo sudiga ariza kiritdi va sud adliya bo‘limining arizasini qanoatlantirdi. Tuman 1-son FHDY bo‘limi sud qarori asosida tug‘ilganlik guvohnomasi rasmiylashtirib berdi. Shakarboyga pasport olishda ham amaliy ko‘mak berildi. Bugungi kunda u yaxshi kasbni etagini tutgan.

🖥 Каналга уланиш
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar

Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish boʻyicha seminar tashkil etildi

“Yosh yuristlar” jamoat birlashmasi tomonidan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda “Yoshlar” oromgohida “tengdosh — tengdoshga” tamoyili asosida yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, ularda qonunlarga hurmat, mamlakat taqdiriga daxldorlik hamda vatanparvarlik hissini kuchaytirish, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida respublikaning barcha hududlaridan saralab olingan 40 nafardan ortiq yoshlar uchun seminar tashkil etildi.

Seminar davomida interaktiv usullardan foydalangan holda yoshlarning huquqiy bilim va koʻnikmalari oshirildi, huquqiy “Zakovat” oʻyini tashkil etildi, “Street Law”, huquqshunoslik kasbining ahamiyati, huquqshunoslar uchun zarur boʻlgan koʻnikmalar yuzasidan TDYU professor oʻqituvchilari tomonidan mahorat darslari oʻtkazildi.

Shuningdek, yoshlar oʻrtasida kichik guruhlarda interfaol usulda jamiyatda yuzaga kelayotgan turli huquqiy muammolarni bartaraf etish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.

Eslatib oʻtamiz, Adliya vazirligi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarini ijtimoiy sheriklik asosida qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish” mavzusida nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida davlat ijtimoiy buyurtmasini berish yuzasidan eʼlon qilingan tanlovda “Yosh yuristlar” jamoat birlashmasining “Oson huquq Camp” loyihasi gʻolib deb topilgan edi.

@adliyangiliklari
#Diqqat_muhim

📣 Adliya vazirligining davlat xizmatlari yoʻnalishidagi 1148 “ishonch telefoni” faoliyatida vaqtincha nosozliklar kuzatilmoqda.

Hozirda ushbu muammoni bartaraf etish boʻyicha tegishli mutaxassislar tomonidan choralar koʻrilmoqda.

Muammolar bartaraf etilishi bilan bu haqida maʼlum qilamiz.

🖥 Каналга уланиш
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM