#Adliya_xabari
Adliya vaziri “Mahalla huquqshunosi” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi
Adliya vaziri Akbar Toshqulovning Sirdaryo viloyatiga amalga oshirgan xizmat safarining navbatdagi manzili Guliston shahridagi “Namuna” mahallasi boʻldi. “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoniga asosan viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan bu yerda “mahalla huquqshunosi” xonasi tashkil etilgan.
Xona huquqiy adabiyotlar va zarur texnik vositalar bilan jihozlangan. Adliya vazirligining elektron huquqiy manbalariga QR-kod orqali toʻgʻridan-toʻgʻri ulanish imkoniyati yaratilgani “mahalla yettiligi”, aholining huquqiy savodxonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Mahalla huquqshunosi” loyihasi doirasida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislarining huquqiy bilim va koʻnikmalarini uzluksiz oshirib borishga qaratilgan qisqa muddatli bepul oʻquv kurslari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Adliya vaziri “Sirdaryo tajribasi” asosida farmon ijrosini tashkil etish yuzasidan Guliston shahar adliya boʻlimi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishdi.
Oʻrganish jarayonida aholini qiynab kelayotgan tizimli huquqiy muammolarni aniqlash va hal etish boʻyicha qonunchilikka takliflar ishlab chiqish, aholiga sayyor tartibda huquqiy va davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini oshirish, manzilli va maqsadli targʻibot tadbirlarini tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor qaratish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.
Bu kabi taqdimot va uchrashuvlar Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlarida ham oʻtkazildi.
Shuningdek, Akbar Toshqulov Oqoltin tumanidagi “Ahillik” mahallasida tashkil etilgan tikuv sexida ham boʻlib, tadbirkor hamda xotin-qizlar bilan muloqot qildi. Uchrashuv davomida xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, subsidiyalar va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa turlari haqida tushunchalar berildi.
@adliyangiliklari

#Qabul_2024_2025
📣 📣 Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga qabul davom etadi!
Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida o‘qish istagida bo‘lganlar uchun quyidagi imkoniyatlar yaratildi.
✔️ Oliy ta’lim tashkilotlariga kirish test sinovlarida "Yurisprudensiya" yo'nalishida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 25-sentabrga qadar my.uzbmb.uz saytida yuridik texnikumlarni tanlashi mumkin.
✔️ Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan уоki kirish imtihonlarida ishtirok etmagan, biroq Yuridik texnikumlarda sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagida bo‘lgan fuqarolar 2024-yil 25-sentabrga qadar Yuridik texnikumlarga ariza bilan murojaat qilishi lozim.

Bunda, abituriyentlar tomonidan ta’lim tilini o‘zgartirgan holda tanlovda ishtirok etishi mumkin
✔️ Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan уоki kirish imtihonlarida ishtirok etmagan, biroq Yuridik texnikumlarda sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagida bo‘lgan fuqarolar 2024-yil 25-sentabrga qadar Yuridik texnikumlarga ariza bilan murojaat qilishi lozim.
Ushbu fuqarolar Oliy ta’lim, fаn vа innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan yozma imtihоnlаr natijalariga ko‘ra to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin
@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zingizni qiynayotgan va qiziqtirgan har qanday huquqiy sohadagi savollarga malakali yuristlardan bepul maslahat oling.
Savol berish uchun https://advice.uz/uz/offices saytidagi "Huquqiy yordam kerakmi?" panelidan (tugmasidan) foydalaning.
@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Adliya vaziri Jizzaxda tizim yoshlari bilan uchrashdi
Adliya vaziri Akbar Toshqulov Jizzax viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari davomida tizim yoshlari bilan uchrashdi.
Hududda 74 nafar yoshlar faoliyat yuritadi, bu umumiy xodimlar sonining 30 foizidir. Ular adliya tizimining barcha yoʻnalishlarida samarali mehnat qilishmoqda, shu jumladan rahbarlik lavozimlarida.
Samimiy va doʻstona ruhda oʻtgan ochiq muloqotda yoshlarning takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi. Adliya vaziri tomonidan yoshlarga tavsiya va maslahatlar berildi.
Yoshlar adliya tizimda oʻz faoliyatini olib borayotganligidan, ularga qaratilgan eʼtibordan mamnun ekanliklarini, bunday ishonch hamda masʼuliyatni oqlash, aholiga sifatli huquqiy xizmatlar koʻrsatish, qonun ustuvorligini taʼminlash uchun sidqidildan mehnat qilishlarini aytib oʻtdi.
Shuningdek, adliya vaziri Jizzax viloyat davlat arxivida boʻlib, hujjatlarning saqlanish sharoitlari hamda tizimdagi yangiliklar, raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishdi.

Intellektual mulk departamenti nima ish qiladi?| Lokatsiya 1-son
San'atkorlarni chaqirmasa ham tekinga keladigan manzil. Xo‘sh ular nega keladi? Departament muammolarni hal qila olyaptimi? Kontrafakt mahsulotlarning yechimi qaerda? Yopiq eshiklar ortida nimalar bor? Sirlar to‘liq ochildi!
Batafsil 👉 https://youtu.be/r7XLJ_VN2sE

YouTube
Intellektual mulk departamenti nima ish qiladi?| Lokatsiya 1-son
Sanʼatkorlarni chaqirmasa ham tekinga keladigan manzil. Xoʻsh ular nega keladi? Departament muammolarni hal qila olyaptimi? Kontrafakt mahsulotlarning yechimi qayerda? Yopiq eshiklar ortida nimalar bor? Sirlar toʻliq ochildi!
Санъаткорларни чақирмаса ҳам…
Санъаткорларни чақирмаса ҳам…