ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.51K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Sirdaryoda

Ayni kunlarda Sirdaryo viloyatida xizmat safarida boʻlib turgan adliya vaziri Akbar Toshqulov “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini joylarga chiqqan holda oʻrganmoqda.

Xususan, adliya vaziri Sirdaryo tumani “Quyosh” mahallasidagi uchrashuvda mazkur farmon ijrosi yuzasidan tuman adliya boʻlimi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, “mahalla yettiligi” bilan suhbatlashib, aholining huquqiy muammolarini oʻrganish, tizimli muammolarni aniqlash va bartaraf etishda oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan zarur koʻrsatma va tavsiyalar berdi. Bu kabi taqdimot va uchrashuvlar Sayxunobod va Guliston tumanlarida ham oʻtkazildi.

Adliya vaziri A.Toshqulov Sayxunobod tuman hokimi K.Mullajanov bilan birgalikda “Ittifoq” mahallasida istiqomat qiluvchi 72 yoshli Risolat Gʻulomova xonadonida boʻlib, “Sayxunobod tajribasi” asosida tomorqa va xonadonlardagi imkoniyatlardan foydalanish, aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tuman adliya boʻlimi koʻmagi bilan yoshlar turli toʻgaraklarga jalb etilgan. “Olgʻabos” mahallasida tashkil etilgan oʻquv markazida yoshlar ingliz tilini oʻrganishmoqda. A.Toshqulov sayxunobodlik yoshlar bilan uchrashib, viloyatdagi 11 ta davlat umumtaʼlim maktablarida “Huquq sinfi” va huquq fanlarini chuqurlashtirilgan holda oʻqitish tashkil qilingani, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida yangi oʻquv yilidan turli huquqiy tanlovlar oʻtkazilishi belgilanganligi taʼkidladi. Shuningdek, vazir “Ziyo ulash” aksiyasi doirasida “Guliston” mahallasida tashkil qilingan kutubxonada boʻldi.

Bundan tashqari, adliya vaziri Guliston tuman va shahar adliya boʻlimlari yangi binosining qurilish-taʼmirlash ishlari holati bilan tanishdi hamda yangi binolarda, eng avvalo, aholi uchun keng qulayliklar yaratilishi yuzasidan masʼullarga koʻrsatmalar berdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning 15-2-moddasiga muvofiq Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining 2024-yil 13-sentabrdagi 206-um-son buyrugʻiga asosan:

▫️Uchkoʻprik tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius M.Axmadaliyevga (litsenziya FA 0049, 21.04.2020-y.);

▫️Dangʻara tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius X.Xolmatovga (litsenziya FA 0086, 24.09.2021-y.);

▫️Beshariq tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius R.Xudayqulovga (litsenziya FA 0089, 04.11.2021-y.);

▫️Beshariq tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Sh.Qoraboyevga (litsenziya L 6642108, 18.07.2023-y.);

▫️Bagʻdod tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius D.Xoldarovga (litsenziya FA 0098, 22.09.2022-y.) berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilish muddati va notariuslik maqomi joriy yilning 14-sentabr kunidan 1 oy muddatga toʻxtatildi.

@adliyangiliklari
ADLIYA YANGILIKLARI
#Muhim ❗️Hurmatli fuqarolar, ayni paytda Samarqand shahrida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatilayotganligi sabab Samarqand viloyat adliya boshqarmasida elektr ta'minotida muammolar yuzaga kelgan. Davlat xizmatlari markazlari boshqarmaning markazlashgan…
⚡️Avvalroq elektr taʼminotidagi uzilishlar sabab Samarqand viloyatidagi davlat xizmatlari markazlarida xizmat koʻrsatish vaqtincha toʻxtatilgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur nosozlik qisqa fursatda bartaraf qilinib, barcha markazlarda xizmat koʻrsatish boshlandi.

Noqulaylik uchun uzr soʻraymiz!

Izoh: Suratda Payariq tuman davlat xizmatlari markazi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

📣📣 OAV vakillari uchun onlayn trening

Milliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan OAV vakillari uchun manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan maxsus o‘quv treninglar o‘tkaziladi.

🗓 Sanasi va vaqti: 20-sentabr, 15:00 da

ZOOM orqali ulanish 👉 https://us06web.zoom.us/j/4575572417?pwd=Wdyq49VMZTg0kY4Pr5wOPLNb7XeGrD.1
Konferensiya ID: 457 557 2417
Kirish kodi: 1111

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Sirdaryoga xizmat safari davomida viloyat adliya boshqarmasi binosida tashkil etilgan situatsion markaz faoliyati hamda “Yoshlar balansi” elektron dasturi bilan tanishdi.

Situatsion markazda tuman (shahar) adliya boʻlimlarida mavjud barcha elektron qurilmalar, davlat xizmatlari koʻrsatilishi, adliya binolariga oʻrnatilgan quyosh panellarining energiya ishlab chiqarish faoliyati, shuningdek, avtomobillar harakatini real vaqt rejimida nazorat qilish imkoni mavjud.

“Yoshlar balansi” elektron dasturi esa yoshlar bilan ishlash tizimini elektronlashtirish maqsadida yaratilgan boʻlib, dasturga adliya boshqarmasi tomonidan yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, sohaga oid muammolarini hal etish hamda ularning bandligi va boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar kiritib boriladi. Ushbu tajribani keng ommalashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan huquqiy axborotni tarqatish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, aholi va yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish borasida yangicha yondashuv asosida “Huquqiy taksofon” joriy qilindi.

Unda badiiy va yuridik adabiyotlar, qonunchilikka oid yangiliklar sodda va xalqchil tilda bayon etilgan targʻibot materiallari – buklet, flayer va infografikalar oʻrin egallagan. “Huquqiy taksofon” viloyat hamda barcha tuman va shahar markazlarida joylashtirilishi rejalashtirilgan. Adliya vaziri A.Toshqulov Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasining ushbu tajribasi bilan ham tanishdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Avstriya elchisi bilan uchrashdi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari