ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.52K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_va_yoshlar

Fargʻonada adliya koʻmagi bilan 22 mingdan ortiq yoshlarning sharoitlari yaxshilanmoqda


Ozodbek Tojimatov Oltiariq tumanining “Yangiturmush” mahallasida onasi bilan birga istiqomat qiladi. U qoʻli gul mashina ustasi. Biroq u avtoulovlarni taʼmirlashda kerak boʻladigan texnik vositalarga ehtiyoji bor. Adliya vakillari uning ehtiyojidan kelib chiqib zarur boʻlgan texnik toʻplamga ega boʻlishda amaliy yordam berdi.

Quvasoy shahrining “Huvaydo” mahallasida yashovchi Bahriddin Omonaliyev amakisi bilan birga istiqomat qiladi. U yuk mashinalarni taʼmirlashni oʻrganish uchun qoʻshnisiga shogirdlikka tushgan. Faqat uning bir ehtiyoji — payvandlash apparatiga ega boʻlish edi. Mahalladagi yoshlar yetakchisi orqali u bu ehtiyojini adliya boshqarmasi vakillari yetkazdi. Koʻp oʻtmay “adliyachilar” tomonidan unga zarur boʻlgan vositalar homiylik mablagʻlari asosida olib berildi.

Quvasoylik Umidjon Odilov yoshligidan metalldan buyum va turli shakllar yasaydi. Yaqinda payvandchilik kasbiga ham oʻqib olgan. U mana shu hunari orqali moddiy ehtiyojlarini qoplash va halol kasb qilish niyatida. Faqat sharoiti tufayli payvandlash uskunasini olishga biroz oʻylanib turgan edi. Mahalla yetakchisining maslahati bilan u adliya vakillariga murojaat qildi va unga payvandlash uskunasi homiylik asosida olib berildi.

Quvasoylik Ilhom Oʻktamov yaqinda migrantlikdan qaytdi. Musofirchilikning ogʻir kunlarini boshidan kechirgan Ilhomjon quyosh panellarini oʻrnatish va taʼmirlash bilan shugʻullanmoqchi. Mahalla yetakchisining tavsiyasi bilan unga shuruplash uskunasi taqdim etildi.

Ayni kunlarda 4-sektor hududlaridagi minglab yoshlarning bandligini taʼminlash, ularning muammolarini oʻrganish yuzasidan jadal suratlarda xayrli ishlar davom etmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Qoraqalpogʻistonda xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius litsenziyasining amal qilishi muddati vaqticha toʻxtatildi


Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 13-sentabr kungi 11-son majlis qarori va Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 16-sentabrdagi buyrugʻi bilan
▫️Shumanay tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius K.Kadirov (QR0021, 22.04.2020-jil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilish muddati 13-sentabr kunidan eʼtiboran 15 kun muddatga toʻxtatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Huquqiy bilim jamiyatning har bir aʼzosida boʻlsin: Qoraqalpogʻistondagi “Adliya sayli”dan eksklyuziv

Adliya vazirligi tomonidan tez-tez tashkil etilayotgan, mamlakatimizning turli hududlarida odamlarga huquqini anglatish mezoniga asoslangan tadbirlar doirasida, Adliya vazirligi tashabbusi bilan 18-sentabr kuni Nukus shahridagi monomarkazda oʻtkazilgan “Adliya sayli” huquqiy aksiyasida ham aholining katta qatlami qamrab olindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Ayollarning qanday mehnat huquqlari bor, imtiyozlar-chi?

Ayolga tug‘ruqqacha 70 kalendar kun hamda tug‘ruqdan keyin 56 kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoxud 2 yoki undan ortiq bola tug‘ilgan taqdirda 70 kalendar kun) homiladorlik va tug‘ish ta'tili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘lanadi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Muhim

❗️Hurmatli fuqarolar, ayni paytda Samarqand shahrida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatilayotganligi sabab Samarqand viloyat adliya boshqarmasida elektr ta'minotida muammolar yuzaga kelgan. Davlat xizmatlari markazlari boshqarmaning markazlashgan Internet tizimiga ulangani bois markazlarda xizmatlar  vaqtincha ko‘rsatilmaydi.

Nosozlikni bartaraf qilish ishlari olib borilmoqda. Tez orada ushbu uzilishlar bartaraf etilib, bu haqida qo‘shimcha xabar beriladi.

Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Sirdaryoda

Ayni kunlarda Sirdaryo viloyatida xizmat safarida boʻlib turgan adliya vaziri Akbar Toshqulov “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini joylarga chiqqan holda oʻrganmoqda.

Xususan, adliya vaziri Sirdaryo tumani “Quyosh” mahallasidagi uchrashuvda mazkur farmon ijrosi yuzasidan tuman adliya boʻlimi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, “mahalla yettiligi” bilan suhbatlashib, aholining huquqiy muammolarini oʻrganish, tizimli muammolarni aniqlash va bartaraf etishda oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan zarur koʻrsatma va tavsiyalar berdi. Bu kabi taqdimot va uchrashuvlar Sayxunobod va Guliston tumanlarida ham oʻtkazildi.

Adliya vaziri A.Toshqulov Sayxunobod tuman hokimi K.Mullajanov bilan birgalikda “Ittifoq” mahallasida istiqomat qiluvchi 72 yoshli Risolat Gʻulomova xonadonida boʻlib, “Sayxunobod tajribasi” asosida tomorqa va xonadonlardagi imkoniyatlardan foydalanish, aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tuman adliya boʻlimi koʻmagi bilan yoshlar turli toʻgaraklarga jalb etilgan. “Olgʻabos” mahallasida tashkil etilgan oʻquv markazida yoshlar ingliz tilini oʻrganishmoqda. A.Toshqulov sayxunobodlik yoshlar bilan uchrashib, viloyatdagi 11 ta davlat umumtaʼlim maktablarida “Huquq sinfi” va huquq fanlarini chuqurlashtirilgan holda oʻqitish tashkil qilingani, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida yangi oʻquv yilidan turli huquqiy tanlovlar oʻtkazilishi belgilanganligi taʼkidladi. Shuningdek, vazir “Ziyo ulash” aksiyasi doirasida “Guliston” mahallasida tashkil qilingan kutubxonada boʻldi.

Bundan tashqari, adliya vaziri Guliston tuman va shahar adliya boʻlimlari yangi binosining qurilish-taʼmirlash ishlari holati bilan tanishdi hamda yangi binolarda, eng avvalo, aholi uchun keng qulayliklar yaratilishi yuzasidan masʼullarga koʻrsatmalar berdi.

@adliyangiliklari