ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.51K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Forwarded from Intellektual mulk yangiliklari (Anasxon Xamdamov)
“Imudon” dori vositasining kontrafakt nusxasini ishlab chiqargan korxona moliyaviy jarimaga tortildi.
 
Adliya vazirligiga “Abbott Products Operations AG” kompaniyasi oʻziga tegishli “IMUDON” dorivositasining kontrafakt nusxasi sotilayotganligi toʻgʻrisida murojaat qildi.

Murojaatga asosan belgilangan tartibda “A” MChJda tekshiruv oʻtkazilganda “Abbott Products Operations AG kompaniyasining “IMUDON” dorivositasiga adashtirib yuborish darajasida o’xshash bo’lgan “Nest IMUDON” nomi ostida kontrafakt dori vositasi ishlab chiqarilayotganligi aniqlandi.

Taʼkidlab oʻtish joizki “A” MChJ ilgari ham“Magne B6” dori vositasining kontrafakt nusxasini ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullanganligi uchun korxona rahbari S.F. maʼmuriy javobgarlikkatortilgan edi.

Biroq, korxona rahbari S.F. tegishli xulosa qilmasdan noqonuniy harakatlarni sodir etib kelgan. Natijada, “A” MChJga 68 mln soʻm moliyaviy jarima qoʻllanildi.

Maʼlumot uchun, “Tovar belgilari, xizmatkoʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlaritoʻgʻrisida”gi Qonunga koʻra tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan oʻxshash boʻlgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, oʻrovlarida qonunga zid ravishda foydalanilganda ular kontrafakt deb hisoblanadi.

Kanalga ulanish: 👇🏻
@adliyaimd
#Adliya_xabari

Hozirgi kunda huquqiy hujjatlari yoʻq yoki toʻliq boʻlmagan, yer uchastkasidan uzoq yillar davomida foydalanib kelayotgan yoki yerga boʻlgan huquqlarni rasmiylashtirish masalasi yer egasiga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra oxiriga yetmagan yer uchastkalari mavjud. Qolaversa, amaldagi qonunchilikda ushbu yerlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish uchun huquqiy asos ham, vakolatli organ ham belgilanmagan.

“Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonunning qabul qilinishi bu boradagi muammolarning huquqiy yechimi boʻldi.

Adliya vazirligi va Kadastr agentligi masʼullaridan iborat ishchi guruh ishtirokida Samarqand viloyatining Toyloq, Ishtixon tumanlari, Samarqand va Kattaqoʻrgʻon shaharlari hokimliklarida 17 ta tashkilot vakillari uchun seminarlar tashkil etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Muhim

📣 Qoraqalpogʻistonda “Adliya sayili” huquqiy aksiyasi oʻtkaziladi

Adliya vazirligi tomonidan xalqimiz orasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan anʼanaviy “Adliya sayili” huquqiy aksiyasi oʻtkazib kelinadi.

Navbatdagi huquqiy aksiya 18-sentabr kuni Nukus shahrida oʻtkazilmoqda.

Tadbirda fuqarolarga barcha sohalar boʻyicha bepul huquqiy maslahatlar berish maqsadida davlat organlari, sudlar, huquqni muhofaza qilish organlari, advokatlar, notariuslar, nodavlat notijorat tashkilotlari qatnashadi.

📎SAYIL DAVOMIDA
▫️sovrinli viktorinalar;
▫️sport musobaqalari;
▫️madaniyat xodimlarning konsert dasturi;
▫️nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar yarmarkasi;
▫️sayyor qabul;
▫️mehnat yarmarkasi;
▫️harbiy chiqishlar;
▫️aholiga tibbiy xizmat;
▫️psixolog maslahati va boshqa tadbirlar oʻtkaziladi.

❗️Manzil: Nukus shahri “Monomarkaz” binosi

Adliya vazirligi barchani ushbu tadbirda faol qatnashishga chaqirib qoladi.

🗓 Sana va vaqt: 18-sentabr, 10:00 dan

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_birgamiz

Xorazmda
nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarning VI Respublika savdo yarmarkasi o‘tkaziladi

Ushbu tadbir Adliya vazirligi tomonidan 2018-yildan buyon O‘zbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda amalga oshirib kelinayotgan “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

⏰ Vaqti va sanasi: 21—22-sentabr kunlari, 09.00 dan 17.00 gacha.

📍 Manzil: Xorazm viloyati, Xiva shahri, Ichan qal’a majmuasi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

“Sogʻlom avlod uchun”ordeni sohibiga ushlab qolingan nafaqa pullari qaytarildi

Isomiddin ota Qoʻchqorov Navoiyda birinchilardan boʻlib “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlagan. Oʻsha kezlarda mazkur orden sohiblariga qonunchilikka koʻra uy-joy kommunal xizmatlar haqi sifatida kompensatsiya toʻlab kelingan.

Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Xatirchi tuman boʻlimi Isomiddin otaga pul mablagʻlari 2015- yildan shu kunga qadar ortiqcha toʻlangan deb hisoblab, oylik pensiya toʻloviga 50% miqdorida chegirma qoʻyish yaʼni ushlab qolish boʻyicha qaror chiqardi.

Adliya organlari tomonidan uyma-uy yurish jarayonida fuqaroning mazkur masalasi aniqlanib, ish yurituviga qabul qilindi.

Oʻrganishlar natijasida otaxonga ushlab qolingan pul mablagʻlari qaytarilib, nafaqani chegirma qilish boʻyicha chiqarilgan qaror bekor qilindi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Bugun, 17-sentabr kuni adliya vaziri Akbar Toshqulov Toshkent viloyatida boʻlib, “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini joyida oʻrganmoqda.

Xususan, xizmat safari davomida adliya vaziri Toshkent tumanidagi “Beruniy” mahallasidagi uchrashuvda “mahalla yettiligi” xodimlari va adliya hamkorligini kuchaytirish, hududda jinoyat va turli koʻrinishdagi huquqbuzarliklarni oldini olish hamda fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish kabi masalalarga alohida toʻxtalib oʻtdi.

“Mahalla yettiligi”ga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazish, shuningdek ular tomonidan “Online-mahalla” platformasiga kiritilgan aholining kundalik hayotidagi huquqiy masalalarga oid muammolarini hal etib borish, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam koʻrsatilishini taʼminlash borasida koʻrsatmalar berildi.

Toshkent tumanidagi 18-sonli umumtaʼlim maktabida vazir maxsus elektron platforma orqali huquq fani oʻqituvchilarining kasbiy bilim va koʻnikmalarini uzluksiz oshirib borish hamda ularni metodik taʼminlash tizimi yoʻlga qoʻyilishi borasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Navbatdagi manzil Zangiota tuman davlat xizmatlari markazi boʻldi. Akbar Toshqulov bevosita fuqarolar bilan ishlash jarayonlarini kuzatdi. Zangiota tumanida 173 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Markazda bir kunda 400–450 nafar fuqarolar tashrif buyursa, ularga 550–600 yaqin davlat xizmatlari koʻrsatilmoqda.

Vazir xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning ish sharoitlari, ish jarayonidagi muammolar va takliflarni oʻrgandi. Shuningdek, yuridik xizmat koʻrsatish markazi xodimlari, “Madad” NNT, xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyati bilan ham tanishib, tizim faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Bugun, 17-sentabr kuni Adliya vazirligida Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan “Murojaatlar bilan ishlash samaradorligini taʼminlash: nazariya va amaliyot” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari