ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.75K videos
39 files
9.51K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Samarqand notariat sohasidagi jahon yetakchilari uchrashuviga mezbonlik qildi

10 va 11-sentabr kunlari Samarqand yana xalqaro hamjamiyatning diqqat markazida boʻldi.

Bu yerda huquq sohasidagi ikkita muhim voqea boʻlib oʻtdi: Xalqaro notariuslar ittifoqi Osiyo ishlari komissiyasining 14-yalpi yigʻilishi hamda Oʻzbekiston Notarial palatasi tomonidan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Merosni rasmiylashtirishning oʻziga xos xususiyatlari” mavzusidagi 4-xalqaro konferensiya.

Tadbirlarda dunyoning 30 ga yaqin mamlakatidan, jumladan Markaziy Osiyo respublikalari, Xitoy, Turkiya, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Portugaliya, Gruziya, Armaniston, Benin, Vengriya, Meksika, Moʻgʻulistondan yuzdan ortiq xorijiy ekspertlar — notarial birlashmalar rahbarlari va notariuslar ishtirok etdi.

Ushbu tadbirlar Oʻzbekiston notariat tizimi yutuqlarini xalqaro miqyosda namoyish etish uchun muhim maydon boʻldi. Notariatni modernizatsiya qilish, xizmatlar sifatini yaxshilash va innovatsion texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan islohotlar natijalari haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish imkonini berdi.

@adliyangiliklari
#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Personallashtirish agentligi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuristlar malakasini oshirish markazi;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️Yuridik texnikumlar;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Qishloq shifokorlarining 136 mln soʻmlik ustama pullari undirib berildi


Qarshi tumani "Poshton" va "Hilol" OSHPda umumiy amaliyot shifokorlari tuman adliya boʻlimiga ustama pullari toʻlab berilmayotganligidan shikoyat qilib murojaat qilishdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Qoraqalpogʻistonga amalga oshirgan xizmat safari doirasida Chimboy va Taxtakoʻpir tumanlarida aholi va tadbirkorlar bilan muloqotlar oʻtkazdi hamda adliya boʻlimlari faoliyati bilan tanishdi.

Jumladan, Chimboy tumanidagi hunarmand A.Turekeyevning qoʻl mehnati asosida yaratilgan qoraqalpoqlarning milliy qora uylarini qurish ustaxonasida boʻlib, tadbirkorning elektr energiyasi bilan bogʻliq muammosini tingladi va masʼullarga oʻrganish yuzasidan shu yerning oʻzida tegishli topshiriqlar berdi.

Shuningdek, tuman adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi, FHDY boʻlimi va yuridik xizmat koʻrsatish markazi tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligi oʻrganilib, xodimlarning ish faoliyatidagi muammo va takliflari muhokama qilindi.

“Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi Chimboy tumani misolida tahlil qilinib, masʼullarga kerakli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

Vazir oʻrinbosari xizmat safari davomida Taxtakoʻpir tumanining “Bel tou” OFY “mahalla yettiligi” bilan uchrashib, “online mahalla” platformasida aholi murojaatlari bilan ishlash, ularni hal etish yuzasidan oʻzining tavsiyalarini berdi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xon_atlas_festivali

"Xon atlas" festivali doirasida adliya xodimalari milliy liboslarda

Milliy liboslarda xalqimiz urf-odatlari, didi, estetik qarashlari, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyon etish maqsadida o‘tkazilayotgan mazkur festival doirasida Adliya vazirligi va organlari xodimalari ishga rasmiy va odatiy kiyimda emas, balki milliy adras va atlas matolaridan tikilgan liboslarda kelishdi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Obyektiv

Tanish-bilish o‘tmaydi! Jarayon “O‘zbekkosmos” nazoratida

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga va unda qurilgan bino-inshootlarga mulk va ijara huquqini berish qanday bosqichlarda amalga oshiriladi? Bu borada, “O‘zbekkosmos” agentligiga qanday vazifalar yuklatilyapti, muddatlar haqida nimalarni bilish kerak? Mulk yoki ijara huquqini e'tirof etishning avtomatlashgan tizimi, bir martalik to‘lovlar. «Obyektiv»ning tahliliy-huquqiy nigohi yangi qonunning bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga qaratildi.

To‘liq video: 👉 https://youtu.be/4UIV6kGwM0E?si=IAEKRhPZ7YFIJHtd

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Maʼmuriy tartib-taomillarga oid qoʻllanma taqdimoti boʻlib oʻtdi


Bugun, 13-sentabr kuni Adliya vazirligida “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonunning ayrim prinsiplariga doir tushuntirishlar boʻyicha ishlab chiqilgan qoʻllanma taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Yaponiya Adliya vazirligi masʼullari hamda Oʻzbekistonning 20 dan ortiq davlat idoralarining vakillari ishtirok etdi.

Qoʻllanma maʼmuriy tartib-taomillarning “qonuniylik”, “mutanosiblik”, “teng huquqlilik”, “ishonchning himoya qilinishi”, “maʼmuriy ixtiyoriylikning (diskresion vakolatning) qonuniyligi” va “tinglanish imkoniyatining mavjudligi” kabi jami 6 ta prinsiplariga tushuntirishlarni, Oʻzbekiston va Yaponiya qonunchiligini qoʻllashga oid hayotiy misollarni oʻz ichiga oladi.

Qoʻllanma fuqarolarga, maʼmuriy huquqni qoʻllovchi mansabdor shaxslarga, oʻquvchi va talabalarga, umuman olganda aholining barcha qatlami uchun moʻljallangan boʻlib, sodda va xalqchil tilda bayon etilgan.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida oyning eng yaxshi xodimi aniqlandi

Adliya vazirligi Raqamlashtirish boshqarmasi boʻlim boshligʻi Usmon Ashirmatovich Baratov 2024-yilning avgust oyi uchun vazirlik tomonidan oyning eng yaxshi xodimi deb topildi.

Usmon Baratov Adliya vazirligi tizimidagi oʻz faoliyatini 2018-yilda Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida kompyuter tarmoqlari boʻyicha muhandis sifatida boshlagan. 2023-yildan boshlab esa boʻlim boshligʻi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

Usmon Baratov Adliya vazirligi faoliyatini raqamlashtirish sohasida oʻzining salmoqli hissasini qoʻshib kelmoqda. Xususan, mahallalarda onlayn davlat xizmatlaridan sodda va qulay tarzda foydalanish imkonini beruvchi interaktiv kiosklarni oʻrnatish boʻyicha ishlarni amalga oshirishda, davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimida katta hajmli maʼlumotlarni tahlil qilish dasturi (Qlik Sense) yaratilishida, boshqarmalarning raqamli pasporti va faoliyat arxitekturasini ishlab chiqishda, davlat xizmatlarini koʻrsatilishida Face-ID texnologiyasini joriy etishda sezilarli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Vazirlik jamoasi Usmon Baratovni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari: kun davomida

🖥 Boʻston tumanida ishsiz yoshlarni bandligini taʼminlash maqsadida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi hamda “Adliya va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi.

🖥 Parkent tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan “Boʻston” mahallasida aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolari aniqlanib, Mahalla.adliya.uz platformasiga kiritildi.

🖥 Oqoltin tumanida boʻlib oʻtgan sayyor qabulda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Jahongir Zohidov fuqarolar murojaatlarini oʻrganib, huquqiy tushuntirishlar berdi, ayrim murojaatlar boshqarma ish yurituviga olindi.

🖥 Samarqand tuman adliya boʻlimi tomonidan “Shoʻrboicha” mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.

🖥 Namanganda oʻtkazilgan “Yoshlar-huquqiy sayli” tadbirlarida 2 ming nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.

🖥 “Tengdoshimga huquqiy yordam” loyihasi doirasida Baxmal va Gʻallaorol tumanlarida targʻibot tadbirlari tashkil etildi.

🖥 Surxondaryo viloyatida Prezidentning oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan hujjatlar ijrosi yuzasidan monitoring oʻtkazildi.

🖥 Yangiqoʻrgʻon tuman yuridik xizmat koʻrsatish markazi tomonidan tibbiyot xodimlariga 69 mln soʻmdan ortiq ish haqi pullari undirib berildi.

🖥 Shahrisabz shahar adliya boʻlimi aralashuvi bilan asossiz ishdan boʻshatilgan xodim ishga tiklandi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mutaxassis_sharhi

Qonunchilikka kiritilgan o'zgartirishlarga ko'ra, baholovchi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻtkaziladigan tekshirishlarda va boshqa tadbirlarda faqat baholovchi tashkilot hamda ushbu organlar oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida ekspert sifatida ham ishtirok etishi mumkinligini.

👉Batafsil

@adliyangiliklari