ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.52K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Qozogʻistonning Ostona shahrida boʻlib oʻtgan Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) aʼzo davlatlar adliya vazirlari Kengashining birinchi yigʻilishida ishtirok etdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Stipendiatlarga guvohnomalar topshirildi

Xabar berganimizdek, Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining 72 nafar iqtidorli oʻquvchisi hamda Toshkent davlat yuridik universitetining 8 nafar talabasi Adliya vazirligi stipendiyasi bilan taqdirlangan.

Ularga taʼlim muassasalarida 2024/2025-oʻquv yilidagi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi stipendiyasi sovrindori boʻlganligini tasdiqlovchi guvohnomalar tantanali ravishda topshirildi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur stipendiya “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni ijrosi yuzasidan Toshkent davlat yuridik universiteti va Adliya vazirligining yuridik texnikumlarining akademik oʻzlashtirish koʻrsatkichi eng yuqori boʻlgan talabalari va oʻquvchilarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida adliya vaziri tomonidan 2021-yilda taʼsis etilgan.

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

❓Energotejamkor vositalar bilan yiliga QANCHA MABLAG‘INGIZ TEJALISHINI hisoblab ko‘rganmisiz?

Batafsil 👉 infografikalarimizda

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi mas'ullari bolalar onkologiyasiga oid huquqiy masalalarni o‘rgandi

Adliya vazirligi mas'ul xodimlari vazir o‘rinbosari Xudoyor Meliyev boshchiligida Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘lib, u yerdagi holat bilan tanishdi.

O‘zbekistonda yiliga 26 mingdan ziyod odamda xavfli o‘sma kasalligi aniqlansa, buning 3,5 foizi bolalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bunday bolalarning saratondan omon qolish ko‘rsatkichini 60 foizga yetkazish, saratonni erta bosqichda aniqlashni 65 foizga yetkazish maqsad qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi qarori bilan Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzurida Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi tashkil etilgan bo‘lib, 2022-yil fevral oyida ishga tushirilgan. Markaz 300 o‘rinli bo‘lib, unda gemotologiya, onkologiya, kimyo terapiyasi kabi bo‘limlar mavjud.

Shuningdek, markazda davolanayotgan bolalarning uzluksiz ta'lim olishini ta'minlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bilan o‘ziga xos kollaboratsiya usulida “Mehrli maktab” nomli maxsus ta'lim bo‘limi ham tashkil etilgan.

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Markazning kuzatuv kengashi a'zosi sifatida bosh shifokor, markaz xodimlari va bemorlarning ota-onalari bilan muloqotga kirishib, markaz faoliyati, davolanayotganlarning huquqiy muammolari hamda davlat xizmatlari ko‘rsatishga oid masalalarni o‘rgandi.

Muloqot so‘ngida Adliya vazirligi hamda Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi o‘rtasida kelgusida yaqindan hamkorlik qilish va Adliya vazirligi tomonidan Markazga huquqiy hamda ijtimoiy masalalarda vakolat doirasida ko‘mak berishga kelishib olindi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Bugun Samarqandda Oʻzbekiston Notarial palatasi tashabbusi bilan “Merosni rasmiylashtirishning oʻziga xos xususiyatlari” mavzusida 4-xalqaro konferensiya oʻz ishini boshladi.

Tadbirda dunyoning 30 ga yaqin mamlakatidan, jumladan Markaziy Osiyo respublikalari, Xitoy, Turkiya, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Portugaliya, Gruziya, Armaniston, Benin, Vengriya, Meksika, Moʻgʻuliston va boshqa davlatlardan xorijiy ekspertlar — notarial birlashmalar rahbarlari va notariuslar ishtirok etmoqda.

Ishtirokchilarga turli mamlakatlarda meros huquqining oʻziga xos jihatlarini chuqur muhokama qilish, tajriba almashish va murakkab huquqiy masalalarni hal qilishda qoʻshma yondashuvlarni ishlab chiqish imkoniyatini berishi kutilmoqda.

Konferensiyada Oʻzbekiston adliya vaziri Akbar Toshqulov soʻzga chiqib, mamlakatimizda ushbu yoʻnalishda amalga oshirilgan islohotlar haqida toʻxtalib oʻtdi.

Taʼkidlangandek, avval qogʻoz shaklda yuritilgan 80 milliondan ortiq fuqarolik holati dalolatnomalari raqamli formatga keltirildi. Xuddi shunday rasmiylashtirilgan barcha vasiyatnomalar va tugallanmagan meros ishlari ham “Notarius” axborot tizimi elektron bazasi yaratildi.

Tizimda meros ishi ochilganligini tekshirish, agarda meros ishi ochilmagan boʻlsa meros ishini ochish, shuningdek, vasiyatnoma mavjudligini tizim orqali tekshirish imkoniyati yaratildi.

Meros ishlarini rasmiylashtirishda oʻlim holati, merosxoʻrlarning tugʻilganlik va nikoh tuzilganligi kabi maʼlumotlarni notariuslar tomonidan mustaqil ravishda elektron shaklda tizim orqali olinishi yoʻlga qoʻyildi. Merosxoʻrlar doirasini aniqlab beruvchi elektron shajara dasturi yaratildi.

Adliya vaziri, shuningdek, merosni rasmiylashtirish yoʻnalishida yaqin istiqboldagi rejalar haqida axborot berdi. Xususan, yangi Fuqarolik kodeksining loyihasida merosni qabul qilishda merosxo‘rlarga merosni qabul qilish muddatlarini joriy etish va umumiy birgalikdagi mulk bo‘lganda merosni rasmiylashtirish qoidalarini qayta ko‘rib chiqish kabi masalalar ilgari surilmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari: kun davomida

🖥 Shayxontohur tumanida oʻtkazilgan „Adliya kuni“ tadbirlari doirasida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

🖥 Termiz shahrida “Adliya sayli” boʻlib oʻtdi.

🖥 Boʻston tuman adliya boʻlimining tashabbusi bilan yoshlarni bandligini taʼminlash maqsadida “Mehnat yarmarkasi” oʻtkazildi.

🖥 Boʻka tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan “Xoʻjaqoʻrgʻon” mahallasida “Adliya kuni” doirasida targʻibot tadbirlari tashkil etilib, sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.

🖥 Zafarobod tumanidagi bir guruh yoshlarning tarixiy qadamjolarga sayohati tashkil etildi.

🖥 “Xotin-qizlarga huquqiy koʻmak” aksiyasi doirasida Samarqand viloyatidagi adliya organlari tomonidan 70 dan ortiq ommaviy sayyor qabullar tashkil etildi.

🖥 Navoiy shahrida “Adliya sayli” tashkil etildi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_teleloyiha

⚡️Adliya vazirligi va “Oʻzbekiston” telekanali tomonidan oʻzaro hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan “YURIDIK KLINIKA” koʻrsatuvi boshlandi. Koʻrsatuv “Oʻzbekiston” telekanali orqali jonli efirga uzatilmoqda.

Mavzu: Energiya tejamkorligi va muqobil energiya resurslari

Mavzu yuzasidan oʻz savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti yoki toʻgʻridan-toʻgʻri efir vaqtida 71-233-75-74 telefon raqamiga bogʻlanish orqali orqali yuborishingiz mumkin.

📹 https://www.youtube.com/watch?v=Wbwe9MSuAf4

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM