ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.52K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Unda vazirlik rahbariyati, adliya organi va muassasalarining rahbarlari hamda markaziy apparat xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida adliya vaziri Akbar Toshqulov barchani qutlugʻ ayyom bilan samimiy tabrikladi. Mustaqillikning 33 yilligi munosabati bilan adliya tizimi xodimlaridan bir guruhi mukofotlanganligi eʼtirof etildi.

Shuningdek, Adliya vazirligi tizimida oʻz samarali mehnati bilan yagona huquqiy siyosatni amalga oshirishga qoʻshib kelayotgan hissasi uchun bir guruh xodimlar ragʻbatlantirildi va Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

@adliyangiliklari
#Mustaqillik_solnomasi

❗️Mustaqillik: shonli 33 yil, 2019-yilda amalga oshirilgan ayrim muhim ishlar.


Batafsil 👉 infografikada

@adliyangiliklari
#Muhim

❗️Soliq qoʻmitasi axborot tizimlarida profilaktika oʻtkazilishi sababli 30-avgust kuni soat 22:00 dan 3-sentabr kuni soat 18:00 gacha yuridik va jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish, tugatish va elektron raqamli imzo berish xizmatlarni koʻrsatishda uzilishlar kuzatiladi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Vazir o‘rinbosari Prezident qaror va farmonlarining Samarqand viloyatidagi ijrosini oʻrgandi

Adliya vaziri oʻrinbosari Sherzod Rabiyev Samarqand viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari davomida Samarqand viloyati yuridik texnikumi negizida tashkil etilgan Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseyida boʻldi.

Litsey yangi oʻquv yilida ilk bor 156 nafar oʻquvchini qabul qildi. Vazir oʻrinbosari bu yerdagi sharoitlarni, shu jumladan, oʻquv xonalari, yuridik klinika, oʻquvchilar turar joyi, oshxona, axborot resurs markazidagi imkoniyatlar koʻlamini koʻzdan kechirdi. Mavjud muammo va kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf qilish boʻyicha tavsiyalar berildi.

Kun davomida vazir oʻrinbosari Samarqand shahar davlat xizmatlari markazida boʻlib, xizmat koʻrsatish sifati, jarayonni koʻzdan kechirdi. Ushbu markaz eng koʻp xizmat koʻrsatish boʻyicha viloyatda birinchilikda turadi. Mavjud imkoniyatlarni yanada takomillashtirish, fuqarolar xizmatlardan qulay, soddalashtirilgan tartibda foydalanishlari uchun yangicha texnologiyalarni joriy etish boʻyicha tavsiyalar va koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, Sh. Rabiyev Prezident qaror va farmonlarining viloyatdagi ijrosini oʻrgandi. Jumladan, kunning birinchi yarmida vazir oʻrinbosari Samarqand shahrining “Kimyogarlar” qoʻrgʻonida faoliyat yuritayotgan 50 oʻrinli asosan saraton kasalligining oxirgi, ogʻir bosqichini boshdan oʻtkazayotgan bemorlar davolanadigan viloyat hududlararo xospisga bordi. Ushbu maskan masʼullari bilan muloqotda boʻlib, “2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam koʻrsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori boʻyicha muassasada bemorlar uchun barcha belgilangan sharoitlar, imkoniyatlar yaratilganligini oʻrgandi.

Adliya vaziri oʻrinbosari “Oqdaryo” mahallasida boʻlib, “yettilik” bilan muloqot oʻtkazdi. Mahalla raislarining huquqiy bilim va koʻnikmalarini uzluksiz oshirib borishga qaratilgan qisqa muddatli bepul oʻquv kurslari tashkil etish, huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan ayrim ishlarda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha topshiriqlar, “fuqaro – mahalla – adliya” tamoyili asosidagi ishlarni yanada jonlantirish boʻyicha tavsiyalar berdi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Intervyu

Paynetʼni sudga bermoqchiman — aktrisa Raʼno Shodiyeva

Ogʻir dardni yenggan oʻzbek Gunafshasi 3 yildan soʻng ilk bor intervyu berdi. U yana filmlarda koʻrinish beradimi? Aktrisa uning yuzidan noqonuniy foydalanayotgan tijoratchilarni nima uchun sudga bermoqchi? Turk ijodkorlarining shartnomasiga nega imzo qoʻymagan?

Ushbu savollarga “Qaroqchi”ning navbatdagi sonida, ijodkor bilan eksklyuziv suhbatda javob olasiz.

Toʻliq video: 👉 https://youtu.be/Pcq6HAaexB4?si=6pu5zG0hD47M1Qni

@adliyangiliklari
#Mustaqillik_solnomasi

❗️Mustaqillik: shonli 33 yil, 2020-yilda amalga oshirilgan ayrim muhim ishlar.


Batafsil 👉 infografikada

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi muborak boʻlsin!

@adliyangiliklari