#Adliya_xabari
Andijonlik tadbirkorlar va yoshlar bilan muloqot oʻtkazildi
Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev tomonidan Andijon tumanidagi “Andijon sanoat xabi”da 40 ga yaqin tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazilib, ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi. Oʻrganib chiqish talab etiladigan ayrim murojaatlar ish yurituvga qabul qilinib, nazoratga olindi.
Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan takliflar asosida kadastr va soliq sohasida uchrayotgan ayrim muammolar yuzasidan vakolatli organlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim boʻlgan kelgusidagi reja va tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, Qoʻrgʻontepa tumani, “Uchqun” MFY binosida adliya organlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazilib, ishga joylashtirish, ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari, tibbiyot, kommunal soha, davlat xizmatlari va mulkiy huquqlarga oid 30 dan ortiq murojaatlar masʼullar bilan birgalikda koʻrib chiqildi.
Vazir oʻrinbosari tomonidan ayrim yoshlarning ota-onalari bilan suhbatlashilib, oʻqishga qabul qilingan 9 nafar yoshlarning ota-onalariga tuman hokimligi bilan birgalikda tashakkurnomalar topshirildi.
@adliyangiliklari

Fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi
👉Batafsil

Adliya vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Unda vazirlik rahbariyati, adliya organi va muassasalarining rahbarlari hamda markaziy apparat xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida adliya vaziri Akbar Toshqulov barchani qutlugʻ ayyom bilan samimiy tabrikladi. Mustaqillikning 33 yilligi munosabati bilan adliya tizimi xodimlaridan bir guruhi mukofotlanganligi eʼtirof etildi.
Shuningdek, Adliya vazirligi tizimida oʻz samarali mehnati bilan yagona huquqiy siyosatni amalga oshirishga qoʻshib kelayotgan hissasi uchun bir guruh xodimlar ragʻbatlantirildi va Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

#Mustaqillik_solnomasi
Batafsil 👉 infografikada
@adliyangiliklari
❗️Mustaqillik: shonli 33 yil, 2019-yilda amalga oshirilgan ayrim muhim ishlar.
Batafsil 👉 infografikada
@adliyangiliklari
#Muhim
❗️ Soliq qoʻmitasi axborot tizimlarida profilaktika oʻtkazilishi sababli 30-avgust kuni soat 22:00 dan 3-sentabr kuni soat 18:00 gacha yuridik va jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish, tugatish va elektron raqamli imzo berish xizmatlarni koʻrsatishda uzilishlar kuzatiladi.
@adliyangiliklari
@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Vazir o‘rinbosari Prezident qaror va farmonlarining Samarqand viloyatidagi ijrosini oʻrgandi
Adliya vaziri oʻrinbosari Sherzod Rabiyev Samarqand viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari davomida Samarqand viloyati yuridik texnikumi negizida tashkil etilgan Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseyida boʻldi.
Litsey yangi oʻquv yilida ilk bor 156 nafar oʻquvchini qabul qildi. Vazir oʻrinbosari bu yerdagi sharoitlarni, shu jumladan, oʻquv xonalari, yuridik klinika, oʻquvchilar turar joyi, oshxona, axborot resurs markazidagi imkoniyatlar koʻlamini koʻzdan kechirdi. Mavjud muammo va kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf qilish boʻyicha tavsiyalar berildi.
Kun davomida vazir oʻrinbosari Samarqand shahar davlat xizmatlari markazida boʻlib, xizmat koʻrsatish sifati, jarayonni koʻzdan kechirdi. Ushbu markaz eng koʻp xizmat koʻrsatish boʻyicha viloyatda birinchilikda turadi. Mavjud imkoniyatlarni yanada takomillashtirish, fuqarolar xizmatlardan qulay, soddalashtirilgan tartibda foydalanishlari uchun yangicha texnologiyalarni joriy etish boʻyicha tavsiyalar va koʻrsatmalar berildi.
Shuningdek, Sh. Rabiyev Prezident qaror va farmonlarining viloyatdagi ijrosini oʻrgandi. Jumladan, kunning birinchi yarmida vazir oʻrinbosari Samarqand shahrining “Kimyogarlar” qoʻrgʻonida faoliyat yuritayotgan 50 oʻrinli asosan saraton kasalligining oxirgi, ogʻir bosqichini boshdan oʻtkazayotgan bemorlar davolanadigan viloyat hududlararo xospisga bordi. Ushbu maskan masʼullari bilan muloqotda boʻlib, “2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam koʻrsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori boʻyicha muassasada bemorlar uchun barcha belgilangan sharoitlar, imkoniyatlar yaratilganligini oʻrgandi.
Adliya vaziri oʻrinbosari “Oqdaryo” mahallasida boʻlib, “yettilik” bilan muloqot oʻtkazdi. Mahalla raislarining huquqiy bilim va koʻnikmalarini uzluksiz oshirib borishga qaratilgan qisqa muddatli bepul oʻquv kurslari tashkil etish, huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan ayrim ishlarda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha topshiriqlar, “fuqaro – mahalla – adliya” tamoyili asosidagi ishlarni yanada jonlantirish boʻyicha tavsiyalar berdi.