ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.52K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Andijonlik tadbirkorlar va yoshlar bilan muloqot oʻtkazildi

Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev tomonidan Andijon tumanidagi “Andijon sanoat xabi”da 40 ga yaqin tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazilib, ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi. Oʻrganib chiqish talab etiladigan ayrim murojaatlar ish yurituvga qabul qilinib, nazoratga olindi.

Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan takliflar asosida kadastr va soliq sohasida uchrayotgan ayrim muammolar yuzasidan vakolatli organlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim boʻlgan kelgusidagi reja va tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek, Qoʻrgʻontepa tumani, “Uchqun” MFY binosida adliya organlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazilib, ishga joylashtirish, ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari, tibbiyot, kommunal soha, davlat xizmatlari va mulkiy huquqlarga oid 30 dan ortiq murojaatlar masʼullar bilan birgalikda koʻrib chiqildi.

Vazir oʻrinbosari tomonidan ayrim yoshlarning ota-onalari bilan suhbatlashilib, oʻqishga qabul qilingan 9 nafar yoshlarning ota-onalariga tuman hokimligi bilan birgalikda tashakkurnomalar topshirildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Unda vazirlik rahbariyati, adliya organi va muassasalarining rahbarlari hamda markaziy apparat xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida adliya vaziri Akbar Toshqulov barchani qutlugʻ ayyom bilan samimiy tabrikladi. Mustaqillikning 33 yilligi munosabati bilan adliya tizimi xodimlaridan bir guruhi mukofotlanganligi eʼtirof etildi.

Shuningdek, Adliya vazirligi tizimida oʻz samarali mehnati bilan yagona huquqiy siyosatni amalga oshirishga qoʻshib kelayotgan hissasi uchun bir guruh xodimlar ragʻbatlantirildi va Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

@adliyangiliklari
#Mustaqillik_solnomasi

❗️Mustaqillik: shonli 33 yil, 2019-yilda amalga oshirilgan ayrim muhim ishlar.


Batafsil 👉 infografikada

@adliyangiliklari
#Muhim

❗️Soliq qoʻmitasi axborot tizimlarida profilaktika oʻtkazilishi sababli 30-avgust kuni soat 22:00 dan 3-sentabr kuni soat 18:00 gacha yuridik va jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish, tugatish va elektron raqamli imzo berish xizmatlarni koʻrsatishda uzilishlar kuzatiladi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM